Bajardi:­­ Narzullayeva jahona guruh-22/2 Kurs ishi rahbari: Ishmetova Shaxnoza




Download 85,5 Kb.
bet4/10
Sana14.05.2024
Hajmi85,5 Kb.
#231706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogik texnologiya Jahona2

1.2 Sifatli talim turlari
Sifatli ta'limning ma'nosi -pedagogik va rivojlanish nuqtai nazaridan to'g'ri bo'lgan va o'quvchini jamiyatning faol va samarali a'zosi bo'lib tarbiyalashdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish va ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid ko’plab chora-tadbirlar loyihasi muhokama qilinib kelmoqda. Jumladan, Samarqand tumani Kengashida mazkur masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Zebuniso Shodiyevaning nutqi bunga misol bo’ladi. Aytish joizki, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartish o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratilishi, pedagog xodimlarning sifat tarkibini yaxshilashga xizmat qiladi. Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgani ham bejiz emas. Davlatimiz rahbari alohida eʼtirof etganlaridek, taʼlimdagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq. Haqiqatdan ham maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qoʻyish talab etiladi.Davlatimiz rahbari har bir yigʻilishida qayta-qayta taʼkidlaganidek, maktab taʼlimi boʻyicha ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganish, xususan Finlyandiya taʼlim tizimining oʻziga xos xususiyatlari hamda muvaffaqiyatlarini oʻrganish, taʼlim sifatini oshirish, maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqatgina yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish boʻyicha aniq vazifalar belgilab bergan edi. Taʼkidlash joizki, Taʼlim inspeksiyasi tomonidan barcha taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Uzluksiz taʼlim” konsepsiyalari loyihasida koʻplab mamlakatlar qatorida Finlyandiya tajribasidan ham foydalanish maqsad qilib olingan.Finlyandiya taʼlim sohasida yuqori natijalarga erishgan davlatlar sirasiga kiradi. Tadqiqotchilar finlar erishgan muvaffaqiyat omillarini uch guruhga ajratadi: oʻqituvchilar salohiyati, taʼlim sohasidagi davlat siyosati va fin madaniyati,-dedi maktabning oliy toifali tarbiya va huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Mavluda joʻrayevna .-Finlyandiya taʼlim tizimi negizi “Har qanday oʻquvchi yuqori natijagaerishishi mumkin, har qanday maktab u qayerda joylashganidan qatʼiy nazar sifatli taʼlim berishi kerak” degan tamoyilga asoslanadi. Asosiy eʼtibortaʼlim jarayonida iqtidorli oʻquvchilarga emas, balki oʻzlashtirishda orqada qolayotgan oʻquvchilarga qaratiladi. Bizning maktabimizda ham bugungi kunda fin taʼlim tizimidagi metodlarni dars jarayonida keng qoʻllash ishlari samarali davom etmoqda.Ta’lim sifatini rivojlantirish, faqatgina bitta muammo emas balki, u ko’plab omillarni rivojlantirishdagi natijasi sanaladi. Masalan: o’qituvchi va uning metodlari, ta’lim mazmuni, ta’lim muhiti, maktab boshqaruvi va siyosati, ota-onalarning ishtiroki va boshqalar. Ta’lim sifatini oshirish uchun dastavval ta’lim beruvchi bilimli, ilg’or va yaxshi tayorlangan bo’lishi bilan birga doimiy kasbiy rivojlanish hamda o’sishga harakat qilishi hamda ta’lim beruvchi bu kasbni imkoniyati yoki omadi tufayli emas balki, o’z xohishi va istagi bilan tanlashi kelajakda ushbu kasbning yetuk mutaxassisi bo’lishlik imkonini beradi. Yana bir muhim jihat shundaki, sevimli o’qituvchi bo’lish va ta’imni samarali olib borish ko’p jihatdan o’qitish texnologiyalari, qiziqarli o’yinlar hamdainteraktiv metodlarga bog’liq. O’qituvchi ta’lim berish jarayonida ta’lim oluvchilarni hayotiy tajriba va namuna asosida ularni muamoni yechish, tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratishi ta’lim samaradorligini yanada oshishiga olib boradi.Ta'lim va psixologiya o'zaro bog'liqdir. Psixologlardan biri shunday deydi:-“ta'lim psixologiyasini bilmagan holda o'qituvchi qanday dars berishi mumkinligini tushunmayman”.Chunki ta’lim berayotgan shaxs ta’lim oluvchini psixologik xususiyatlarini va uni xarakteri haqida anglmasa, bilmasa yoki uni his qilmasa ta’lim berish jarayonida o’quvchi bilan turli nizolar va tushunmovchiliklar keltirib chiqishiga sabab bo’ladi. Psixologiya ta'lim ruhini o'zgartirdi va u sinfda o'rganishga yangi ma'no bag'ishlaydi. Psixologiya ta'limga har bir bola turli xil aqliy qobiliyatga ega va har xil sur'atda o'rganadigan individual farqlar nazariyasini beradi.
So'nggi yillarda mamlakatimizda umumiy o’rta ta'limi sohasida ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o’quvchilarda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, o’qituvchilar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Shuningdek, ta'lim muassasalarida tashkil etilayotgan o’quv, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish orqali kelajagimiz bunyodkorlari bo’lgan yosh avlodni vatanga sadoqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlariga daxldor, mamlakatimizning ertangi kuniga nisbatan qat'iy ishonch ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Zero, agar moddiy boyliklar va iqtisodiyot jamiyatning vujudi bo'lsa, ma'naviyat uning ruhi, aql-zakovati va qalbidir.

Download 85,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bajardi:­­ Narzullayeva jahona guruh-22/2 Kurs ishi rahbari: Ishmetova Shaxnoza

Download 85,5 Kb.