Dars samaradorligini oshirishda ilg’or pedagoglar




Download 85,5 Kb.
bet9/10
Sana14.05.2024
Hajmi85,5 Kb.
#231706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogik texnologiya Jahona2

2.3 Dars samaradorligini oshirishda ilg’or pedagoglar
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda. Aytish joizki, hozirda ta’lim texnologiyasi tushunchasini keng ma’noda tushunish mumkin, ham pedagogik fan sohasi sifatida, ham ma’lum o‘qitish texnologiyasi sifatida. Texnologiya-tuzilma, didaktik maqsadlar, ya’ni vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo‘naltirishni nazarda tutadi. Bu jarayon boshlang’ich sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog‘liq. Bu shunday kechadiki, bir o`qituvchi to`rt yil mobaynida o`quvchilarni ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘iniga olib chiqadi. Boshlang’ich sinflarda joriy etilgan yangi pedagogik texnologiya,dastlab turli fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan samarali foydalanish, tashabbuskorlik muhitini hosil qilish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshiradi. Bajarilayotgan barcha ishlar bolani ezgulikka yo`naltirishi va bilimni chuqur egallashiga qaratilishi zarur.Bu esa o`qituvchining pedagogik mahoratiga har tomonlama bog‘liq. Buyuk alloma, inson ruhiyatining muhandisi Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida shunday fikr bayon qiladi: “O‘qituvchining barcha xattiharakatlari ezgulikdan iborat bo‘lmog‘i kerak”. Bugungi kunda ta’lim tizimini to‘g‘ri yo‘naltirish dolzarb muammodir. Bu jarayon bola ruhiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada ruhshunos olimlar turli fikrlar bildiradi. Ular bolani ortiqcha yukdan ozod qilish, saboqlarni me’yorlash, nazariy bilimlarni hammasini amaliy mashg‘ulotlar zamiriga singdirishga e’tibor berish, o‘yin-mashg‘ulot turlarini ko‘paytirish orqali samaradorlikka erishish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Haqiqatdan ham o`yin bolaga orom, qoniqish baxsh etadi. Masalan, kompyuter ,internet hozirgi kunda ta’lim tizimida keng o‘rin egallagani aniq. Bu bola faoliyatida o‘z aksini topmoqda. Bundan tashqari bolalarga sayr-sayohatlar tashkil etib berish orqali allomalarimiz, xalq qahramonlari hayoti-faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zbek xalqining jahon xalqlari qatoridagi o‘rnini va nufuzini anglashga sharoit yaratmoqdamiz.Bola tafakkurini har tamonlama rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirishda sayr-sayohat darslari keng www.pedagoglar.uz 44-son 3–to’plam may 2023 Sahifa: 119 ko`lamda olib borish kerak. Chunki bolaning bilish, yangiliklarni qabul qilish doirasi keng bo`ladi, undan to‘g‘ri samarali foydalanish esa o‘qituvchining vazifasidir. Yangi pedagogik texnologiya bola faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib, avvalo uning sog‘ligini muhofaza qilishni, unda turfa fazilatlarni shakllantirish uchun amaliy yondashuv rejalarini tuzishni, bu rejalarda bolani quvnoqlikka, topqirlikka undovchi vositalar jamlanishini, hozirjavoblikka, sermulohazalikka, to‘g‘ri raqobat qila olishga yoki faraz qila olishi qobilyatini rivojlantirishga, ijodiy tafakkur, qilish, tadbirkor bo‘lishga undovchi qator nazariy va amaliy ishlar majmuasini barqaror etishni nazarda tutadi. Ma’lumki, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, 12erkin va teran fikrlashga, o‘z fikrlarini ravon ifodalashga o‘rgatishning zamonaviy usullaridan foydalanishning o‘rni beqiyosdir.
Bolalarning barkamol avlod bo‘lib etishishida so‘zlashishi madaniyati, to‘g‘ri va mantiqli gapira olish qobiliyati bo‘lmog‘i lozim. Bugungi kunda amalga oshirayotgan islohatlarimizning markazida o‘quvchining ta’lim jarayonining sub’ekti – faol ishtirokchiga aylantirish yotadi. Bunga albatta interfaol usullarni (zamonaviy o‘qitish usullarini) pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali erishiladi. Interfaol usullar bu - o‘quvchi va o‘qituvchi hamda o‘quvchilar aro o‘zaro birgalikdagi harakatdir.Interfaol usullaridagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlarda ish yuritish, an’anaviy usullardan voz kechish emas. Balki,mazmunni o‘zaro faollikda hal eta olishdir.
O‘qituvchi o`quvchilarga mavzu mohiyatini turli o‘yinlar asosida tushuntirib berishi mumkin.Masalan, “Baliq skileti” “Aqliy hujum”, “Munozara”, “Qor bo‘ron” metodi, “Asalari galasi” metodi “Sindikat” metodi kabi bir qancha metodlarni misol keltirish mumkin. “Kichik guruhlarda ishlash” Kichik guruhlarda ishlash o‘quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfda o‘rganishga imkoni tug‘iladi, boshqalar fikrini qadrlashga o‘rgatadi. Qor bo‘ron metodi.Ikkiga ajratilgan guruh o‘quvchilari bir www.pedagoglar.uz 44-son 3–to’plam may 2023 Sahifa: 120 muammo yuzasidan eng ko‘p to‘g‘ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to‘g‘ri javob yumaloqlangan qor ko‘rinishida o‘sha guruh hisobiga yozib qo‘yiladi; to‘plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar baholanadi. Pedagogik vazifa sifatida o‘yin turli vazifalarni: tarbiya vositasi, ta’lim berish, metod vazifasini, shuningdek, bolalarni o‘qitish usullari vazifasini bajaradi. Didaktik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari shundaki, bularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’limga aloqador masalalar o‘yin qoidalari niqobi ostida o‘tadi
Pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi varatildi. O'qitishnmg yangi pedagogik texnologiyalarga asoslanishi talabalarga an’anaviy usullardan farqli o'laroq, bilim berishning yangicha yondashuvini anglatadi. Pedagogik texnologiyalarni rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayomga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi - talabada o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ta’limning barcha bosqichlanga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talabaning dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o'quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaiiy mashg‘ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan lboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning dars jarayonida qo‘llanilishi, talabalarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarim oshirishga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Ta’limning bugungi vazifasi talabalarni kun sayin oshib borayotgan axborot - ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o'rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkomyati va sharoitini yaratib berish zarur. Talabalar tomonidan bilimlarni o'zlashtirishni hozirgi kun nuqtayi nazardan olib qaraydigan boisak, talablarni kuchaytirish, mavzu bo'yicha auditoriyada hamda mustaqil tayyorgarlik ko‘rishga majbur qiladigan yoTlarru izlash har bir pedagogning oldida turgan muhim vazifalaridandir. An’anaviy shaklda o‘tilgan mashg'ulotdan so'ng talaba oddiy o'qituvchi aytib bergan yoki yozdirgan mavzusi bo'yicha tayyorlamb keladi. Internetdan qo'shimcha manbalar, boshqa tadbirlar bilan taqqoslash, tahlil qilish kabi ishlarni bajarmaydi. Uning tayyorgarlik darajasi shu qog'ozda yozilgan birlkki bethk o'qituvchi «yozdirgan» mavzu qobig'ida qoladi. Bugungi 17 kunda esa ta’lim tizsmida - o‘qish hamda o‘qitishga talab juda jiddiy qo‘yilganligi bilan ajralib turadi.
Talaba-yoshlarning bilimliligi jamiyatning 13salohiyatini belgilashga ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim borasida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, АКТ, chet ti liar ini o‘zlashtirish, me’yoriy hujjatlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan ishlash (yoki o‘qitish) butun dunyoda keng yoyilgan. Bu o'qitish uslubi talabani (o‘qituvchini ham) izlanishga, darsni faollashtirishga, fikrlashga va tafakkurim oshirishga, tadbirlarni tashkil etish asoslarini yaxshi o‘zlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalariga ega boiish, mavzu va vazifani chuqur o‘zlashtirishga undaydi. Aymqsa, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga boigan qiziqish, e’tibor kundan kunga ko‘chayib bormoqda. Bunday bo‘lishini sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’hmda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Tadbirda qo‘llanilayotgan har bir janr ma’lum bir g‘oyani ilgari surib, insonlar ongiga ta’sir qilishi lozim. Bunda g‘oyaviy talqin masalasiga jiddiy e’tibor berish kerak boiadi.
Chunki, sahnaga chiqib aytilgan har bir so‘z tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘i ta’sir qiladi va natijada u xulosalar chiqara boshlaydi. Bunda tanlangan asar tarbiyaviy ahannyati bilan tomoshabinni o‘ylantirishi kerak. Tomoshabin e’tiboriga havola etilayotgan voqelikdan u to‘g‘ri xulosalar chiqarishini ta’minlash -bu bizning zimmamizdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi Tomoshabinda «nima degan savolga o‘rin qoldirmaslik kerak. G‘oyaviy talqinga nisbatan to‘g‘ri yondashish, qo‘yilayotgan, sahnalashtirilayotgan asarning qimmatini oshiradi Har qanday sohada tarbiyaviy faoliyat, tarbiyuviv larayon sezilib turishi lozim. Tarbiya — insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki, odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi. Tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodmng, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o'sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak». Demak, bundan xulosa shuki, tarbiyaga faqatgina shaxsga qaratilgan, uning ma’naviy, axloqiy, estetik jihatdan yetuklik darajasinigina emas, balki uni keng ma’rioda ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi sifatida ham qaralishini taqozo etadi. Tarbiya jarayoni - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo'naltirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o‘zimng pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir, Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi -har tomonlama va uyg‘un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir.
Madaniy tadbirlar ham tarbiya jarayonining muhim bo'lakiaridan hisoblanib, asosiy maqsad qilib, barkamol avlod tarbiyasini birinchi navbatga qo‘yishi lozim. Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaiiy pedagogik jarayondir yoki boshqacha qilib aytganda insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta’minlash yo'lidagi chora-tadbirlar yig'indisi, desak ham bo'ladi. 19 «Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye, matbuot va boshqalarm ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim 14va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi, biroq har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bogiiq holdagina mavjud boiadi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Shuning uchun ham «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratib bo‘ltnaydi - bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi»dir. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta’limtarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi boMishi lozim», - deb uqtiradi Respublikamizmng Birinchi Prezidenti Islom Karimov. Demak, tarbiya - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo'naltirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o'zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir
Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tomonlama va uyg'un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir Tarbiya jarayoni - tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat. Tadbirlar bo'yicha so'z borganda, tarbiyaviy tadbirlar degan tushunchaga duch kelamiz. Ta’lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar - tarbiya jarayonining bir bo‘lagidir. Tarbiya mavzusi katta, keng qamrovli mavzu. Bu mavzu alohida o'rgamshga molik. Uning tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlarning manbalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish uslublari, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, ularni tashkil qilishning asosiy qoidalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish, pedagogik ta’sir etish usullari, pedagogik texnologiyalarni qo’llash va boshqalarni o'rganish, chuqur bilish, amalda qoilash juda muhimdir. Turli mavzuda tashkil etiladigan tadbirlar, masalan, «Ichkilik va giyohvandlikka qarshi kurash», «Jinoyatchilikka qarshi kurash», «Diniy eksterimizm» mavzulariga bag‘ishlangan, gigiyena yoki reproduktiv salomatlik bo'yicha davra suhbatlari, TTJda va ijarada yashovchilar bilan ishlash kabi mavzu va rejalar madaniy tadbirlar tashkilotchilarining asosiy ishlaridan hisoblamb, yoshlar tarbiyasi, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik, mehr-oqibat kabi tushunchalarni kengaytirishga xizmat qilishi lozim.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, «Aslida ta’hm-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo'q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o'rtaga qo'yayotgan yangi-yangi talablarga ko'ra mustaqil ravishda o'zgarib-yangilanib boraveradi»’ Respubhkamizda «Ta’lim to‘g'risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur» va «Davlat ta’lim standart»lari talablariga mos keladigan yangi ta’lim texnologiyalarini yaratish dolzarb muammoga aylandi. An’anaviy ta’lim tizimidan farqli ravishda, pedagogik texnologiyalar ta’limdagi boshqa mnovatsiyalar bilan kirishib va rivojlamb keta olishi ilg'or davlatlar tajribasida allaqachon o'z isbotini topgan.
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borilgan darslar samarali natija berib, o‘quvchilarni bevosita o‘qishga boigan qiziqishini oshiradi. Xuddi shu maqsadlardan kelib chiqib, talabalarni mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion - pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o'zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo'llanmalar, CD, video, proyektor, tarqatma matenallar, elektron materiallar hamda kompyuter dasturlaridan foydalamladi. Yakka darslarda ham talabalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularga mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatda «texnologiya» atamasining qo'llanilishi boshlanganligi pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildinlayotgan mulohazalar birmuncha yuqori ilmiy darajaga ko'tarilmoqda. Pedagogik texnologiya - hozirgi zamondagi didaktika va pedagogika taraqqiyotining mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo'lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo'nalishlari bo'yicha amaliy vazifalarm yanada yuqoriroq darajada amalga oshirish yo'lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajnba, interfaol metodlar talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta’minlaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim jarayonida yuzaga kelgan muammolarni aniqlash, muammoni hal etish usullarini shakllantirish, unga doir qaror qabul qilish hamda tanlab olingan qarorni amalga oshirish va uni baholash imkonini yaratib, tizimning alohida tarkibiy qismlaridagina emas, yaxlitlikda butun jarayonga doir muammolarni samarali hal etish imkonini beradi. Yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Kelajakda ta’lim taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch sifatida innovatsion ta’lim o‘qituvchi faoliyatini yangilash, ta’lim-tarbiya jarayonini maqbul jihatdan qurishga, o‘quvchi yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
biz yuqorida boshlang‘ich sinf sinflarda fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar haqida fikr yuritdik. Pedagogik texnologiyalardan foydalangan holdagi didaktik o‘yinlar fanga qiziqtirishni shakllantirishning unumli vositalaridan biridir. Shu bilan birga didaktik o‘yin o`quvchilarning aqliy faolligini tarbiyalashning asosiy vositasidir.turli ta’lim metodlari bolalarda bilish, mustaqil fikr yuritish malakasini rivojlantiradi, qiziqish uyg‘otadi.O‘yin holatidagi darsni tashkil etish shunga olib keladiki, o‘quvchi o‘yinga qiziqib o‘zi bilmagan holda ma’lum bilim va malakalar , ko‘nikmalarni egallaydi.Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitishda va tarbiyalashda juda muhim ahamiyat kasb etadi.Yuqori natijalarga erishish uchun o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi zarur.Shu o‘rinda Konfutsiyning quyidagi fikrini keltirmoqchimiz, “O‘zini kamol toptira olmagan inson o‘zgalar kamolotini ta’minlay olmaydi”. O’quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan keng ko`lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta’sirlar o`tkaziladi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’limning zamonaviy talablar asosida rivojlanishi hamda ta’lim sifatining yuqori bo’lishiga yordam beradi.Ulardan ta’limda samarali va yuqori pedagogik innovatsiyalar bilan ishlagan holda o’quv dars jarayonlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 85,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars samaradorligini oshirishda ilg’or pedagoglar

Download 85,5 Kb.