Boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalarning samaradorligi




Download 85,5 Kb.
bet6/10
Sana14.05.2024
Hajmi85,5 Kb.
#231706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogik texnologiya Jahona2

2.1.Boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalarning samaradorligi
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini oson o'zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O'qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko'pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog'chadan so'ng maktabning dastlabki davrlari muhim o'rin tutadi. Shu bois, boshlang'ich ta'lim davri ta'lim jarayonidagi eng ma'suliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o'stirishga qaratilgan har bir mashg'ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Shuning uchun bu davrda, avvalo, ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Chunki, bu muddat bolaning o'yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya'ni o'quv faoliyatiga o'tganligi bilan harakterlanadi. Bolaning o'quv faoliyatini rivojlantirishda turli o'yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o'yin orqali o'z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o'zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta'lim jarayonida qo'llanadigan didaktik o'yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o'yinlar ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta'lim jarayonida o'quvchilar faolligini, o'qish motivlarini rivojlantiradi. O'qish motivlari ta'lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o'rin tutadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o'qish darslari jarayonida erkin va mustaqil qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o'quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o'rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish ko'nikmalari shakllanadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta'limning mazmunini belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma'naviy fazilatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta'limning natijasi va o'zlashtirish darajasini aniqlash, ularni obektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta'lim berishda pedagogik texnologiyalardan to'g'ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta'lim sohasidagi yangiliklarni o'rganish, amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun ta'lim samaradorligi pedagog va o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog'liq. O'zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy 1rivojlantirishning o'zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta'lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o'z ta'sirini ko'rsatayotganligi barchamizga ma'lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasn emas. Pedagoglar o'z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo'lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalar asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta'lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an'anaviy o'qitish usullaridan ko'ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'zda tutilganidek, pedagogik va axborot texnologoyalari, komputerlashtirish va komputer tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta'minlash rivojlanib bormoqda.Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang'ich ta'lim shubhasiz mustahkam poydevor yo'lini o'taydi. Boshlang'ich ta'lim standartida o'quvchilarning o'qish malakalarining sifatlari va ijodiy fikrlay olishlari, o'z-o'zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o'zlashtirishlari, husnixat bilan savodli yozish ko'nikmalarini egallashlari alohida qayd etilgan.Yurtimizda ta'lim mazmuniga alohida e'tibor qaratib, DTS o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o'tkazilmoqda, pedagogik texnologiyalar asosida o'quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang'ich sinfda "o'qish" fani o'quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrlarini yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikmasi va malakalarga xizmat qiladi. Sinfda o'qish darslariga qo'yilgan vazifalar:
1. O'qish malakasini takomillashtirish. O'quvchilarda yaxshilik darajasi sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg'otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o'rgatish, ya'ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.2
3. O'quvchilarda atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O'quvchilar nutqi ( asosan,og'zaki nutqi) ni va tafakkurini o'stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarining mazmuni:
1. Ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ulardan o'rinli foydalanish - ta'lim samarasini ta'minlashga yordam beradi.
2. Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyat doirasini aniq belgilab beradi.
3. O'qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O'qitish usullari ta'lim jarayonidagi o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini qanday bo'lishini, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
O'qitish usullari har ikkala faoliyatning:
a) o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish;
b) o'quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish faoliyatida qo'llanadigan yo'llarni o'z ichiga oladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o'qish darslari jarayonida erkin va mustaqil qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o'quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o'rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish ko'nikmalari shakllanadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta'limning mazmunini belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma'naviy fazilatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta'limning natijasi va o'zlashtirish darajasini aniqlash, ularni obektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta'lim berishda pedagogik texnologiyalardan to'g'ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta'lim sohasidagi yangiliklarni o'rganish, amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun ta'lim samaradorligi pedagog va o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog'liq.Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish 3amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o’quvchilarning o’quvva ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayoniningsamaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida kattatajriba qo’llangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Asosiy maqsad: Respublikamizning ta’lim muassasalarida faoliyatko’rsatayotgan yosh istiqbolli pedagog xodimlarga zamonaviy pedagogic texnologiyalar va interfaol usullarni o’rgatish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarinio’quv-tarbiya jarayoniga qo’llay olishlariga erishish, shuningdek, ularga pedagogik mahurat sirlarini ochib berish, pedagogik va axborot texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda pedagog- o’qituvchilarning kasbiy malakasi va mahoratini oshirishga amaliy yordam ko’rsatish. Demak, “Ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar” ni qo’llashdan maqsad: -bo’lajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shartsharoitga, asosan ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va vositalarni tanlashga o’rgatishdan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning vazifasi: -bo’lajak o’qituvchilarga pedagogik texnologiya, rivojlangan mamlakatlar ilg’or pedagogik texnologiyasi. Talabalarga nazariy bilim berishda: -pedagogik jarayonni loyihalash: -ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmunini va optimal metodlarini qo’llash Ko’nikma va malakalarini shakllantirish: -pedagogik diagnostika qobiliyatini o’stirishdan iborat. O’quvchi shaxsi, uning mustaqil bilish faoliyati ta’lim jarayonida rivojlanib borishi tufayli ta’lim metodlarini takomillashtirishga ehtiyoj tug’iladi. Shu tariqa ta’lim jarayonini mazmunan umumlashtirish kontseptsiyasi, muammoli ta’lim, aqliy faoliyatni bosqichlab shakllantirish nazariyasi, ta’limda hamkorlik faoliyati, kabi g’oyalar yuzaga keladi. Bu hol avtoritar pedagogika o’z o’rnini hamkorlik pedagogikasiga berishini taqozo etadi.
Endi o’qituvchi o’quvchining rahnamosi, eng yaqin odami, hamdardi. SHuning uchun ham ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda. Ta’limda interfaol metod- bu o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida ta’limni o’zlashtirish munosabatlarini yanada kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Pedagogik texnologiya ta’lim tizimida mazmunan unga tegishli bo’lgan dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali qurollar va texnik vositalarni umumlashtirish jarayonidir. O’quvchilarda hissiyot dinamikasini maqsadga muvofiq ravishda yo’naltiruvchi milliy g’oyani o’zlashtirishga undovchi turli adabiy kechalar, uchrashuvlar tashkil qilish, u yoki bu davrdagi ishtirokchilar faolligini oshirishga xizmat qiluvchi barcha ta’limiy va tarbiyaviy metodlardan oqilona foydalanish bilim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. O’quvchilarni boshlang’ich sinflardanoq interfaol pedagogik texnologiyalarning ular yoshiga mos elementlarini qo’llab darslarni tashkil etish o’quv jarayonini faollashtirish va jadallashtirishda katta ijobiy natijalar berayotganini ko’rsatadi. Interfaol pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning afzalliklari shundan iboratki, bunday darslar tizimi tafakkurni charxlaydigan, Vatanga cheksiz muhabbat, sadoqatni, fuqarolik axloqi va demokratik madaniyatni shakllantiruvchi fan asosi bo’lib xizmat qiladi. Fanlarni o’qitishda “Guruhlar bilan ishlash”, “Munozara”, “Muammoli o’qitish”, “Aqliy hujum” kabi metodlar, shuningdek jadvallar bilan ishlash, mustaqil fikrni ifodalaydigan yozma ishlar, insholar yozish o’quvchilar faolligini oshiradi. Bu metodlar asosida olib borilgan ana shunday darslar vaqt tejamkorligi bilan birga, yangi bilimlarni o’quvchiga yetkazib beradi, shuning bilan birga bolani o’ylantiradigan, chuqur mushohadaga undaydigan, butun diqqat e’tiborini o’ziga jalb qila oladigan, muammoli vaziyatlar, bahs-tortishuvlarda to’g’ri xulosalar bilan vaziyatdan chiroyli chiqib keta oladigan va olgan bilimlarini boshqa mavzular bilan bog’lab, umumlashtiradigan sharoitga ega bo’ladi. O’quv jarayonida o’quvchilar faolligini oshiruvchi o’qitish metodlaridan biri “Kichik guruhlarda ishlash” metodidir. Bunda o’quvchilar kichik guruhlrga bo’linib ishlaydilar va bu jarayonda har bir guruh bir-biridan o’rganishga, o’rganganlarini o’z salohiyatlari doirasida baholashga, turli vaziyatlarda bilimlarni qadrlab, xulosa chiqarishlariga imkon yaratiladi. Ushbu metodni quyidagicha qo’llash mumkin:
1. Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi.
2. Kerakli asos yaratiladi.
O’quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak (ta’limning bu metodida rangli, lavhali suratlar, mavzuga oid 5-6 daqiqalik ekranlashtirilgan hujjatli filmlar namoyish etilib, qaltis vaziyatlarda “SHu holatda men nima qila olar edim?”, “Nima qilmoq to’g’ri bo’lardi?” kabi).
3. Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar 5-6 ishtirokchidan iborat guruhlar tuziladi. Aniq ko’rsatma, topshiriq bo’yicha ishga kirishiladi.
4. O’qituvchi har bir guruh faoliyatini qo’llab-quvvatlab, yo’naltirib turadi.
5. Dars yakuni muhokama qilinadi, o’quvchilar baholanadi, rag’batlantiriladi. Munozara metodida esa har bir o’quvchi muammoli masala ustida ishlaydi. Guruh qatnashchilarining har bir a’zosi o’z fikrini erkin aytish imkoniyati sharoiti yaratib berilishi kerak. So’ng qatnashchilar bildirgan fikr va munosabatlar guruhlashtirilib, tahlil qilinadi. “Aqliy hujum” biror muammoni yechishda ishtirokchilar tomonidan bildiriladigan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Bu metod orqali shaxsni ijodiy-texnik qobiliyatini o’stirish, rivojlantirish, ularning o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish mumkin. Buning uchun ishtirokchilarga, haqiqatdan yiroq bo’lgan takliflarni qabul qilsalar ham, ijodiy yondoshishlari uchun yordam beriladi; hamma fikr va takliflar, ular qanchalik g’ayrioddiy tuyulmasin, yozib boriladi; vaqt belgilanadi, bir-birlari bilan ishlab chiqqan takliflar o’rtoqlashadi. Bu metodni qo’llash rivojlangan davlatlarda yaxshi natijalar bergan. O’quv jarayonida insonparvarlik tamoyiliga mos eng ilg’or zamonaviy texnologiyalar, ya’ni izlanish, ishchan o’yinlar, “Guruhli bahs” kabi metodlarlardan mohirlik bilan foydalanish o’z samarasini beradi. Masalan, adabiyot darslarida ijodiy o’qish metodi tarkibida o’qituvchining ifodali o’qishi, o’quvchilarning ifodali o’qishi, taqqoslash, badiiy idrok etish usullari qo’llaniladi va u evristik suhbat bilan aloqada olib boriladi. Reproduktiv metod esa o’qituvchining axboroti, bilimlarni o’quvchilarga yetkazishda muammoli vaziyatlar yaratib, ularni 4ijodkorlikka, mustaqil fikrlashga yo’naltirishda yuqori natija beradi. Bunda o’quvchilar asarlarni tahlil etishda induktiv va deduktiv metod, ya’ni oddiydan murakkabga va aksincha, murakkab vaziyatlardan oddiyga qarab boriladi.Eng avvalo, o’qituvchi o’quvchilarning qiziqishlarini oshirish uchun darslarning mazmun va sifatiga e’tibor beradi. Buning uchun bolalarni fikrlashga, ularni faollashtirishga harakat qiladi. O’quvchini tayyor bilim qabul qiluvchi emas, balki sinfda o’quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish uchun munozara qilishga yo’llaydi. Ta'lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tish, so'nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda mashg'ulotlar o'tkazish, mutaxasislik bo'yicha, masalan kimyo sohasidagi so'nggi innovatsiyalar haqida ma'lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o'tish talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo'ladi.O'qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron doska va hokazo) foydalanishi, interfaol metodlar asosida dars o'tishi ham mumkin.
O'qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko'p bo'lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta'limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e'tirof etish lozim. Har bir o'qituvchi ta'limda individual ravishda yangilik kiritishi mumkin. O'z fanining 5mazmun-mohiyati, mavzulari, shu sohadagi yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida yangi ma'lumotlarni o'rgangan holda o'qitish jarayonida ularni qo'llab, misollar keltirib, ta'limda yangi metodni yaratishi, hamda shu asosida dars o'tishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o'qituvchi o'z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat qiladi.
Ma'lumki, har qanday texnologiya ta'limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta'lim tamoyillariga asoslanadi va ta'lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo'nalishlarda kasbiy ko'nikmalarni hosil qilishga yo'naltiriladi. Ta'lim jarayonining faol sub'ektlari o'qituvchi va o'quvchilar bo'lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asoslari) bo'yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.
O'qituvchining faol, samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan ta'lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta'lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalari ta'lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o'qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o'quv materiali o'zlashtirishga sharoit yaratadi, ta'lim-tarbiyasi butun mashg'ulot davomida o'quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadini ko'zda tutadi, o'quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya talablarini o'quv yoki ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, etarli darajada tushunarli bo'lmagan yoki aniq natijani ko'zlanmagan topshiriqlar mashg'ulotning samarasiz yakunlanishiga olib kelishi mumkin.Innovatsion usullarda dars o'tish jarayonini, ya'ni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni boshlang'ich ta'lim davridan boshlab tashkillashtirish ta'lim tizimida yuqori samara beradi. Bu degani, boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning poydevori hisoblanadi. Ana shu poydevorni mustahkam tarzda bunyod etish kelgusi davrlardagi ta'lim jarayonlarining o'tilishida ham qulayli yaratgan bo'ladi. O'z-o'zidan kelib chiqadiki, boshlang'ich ta'limdan boshlab tashkil etilgan pedagogik texnologiyalar ta'limning keyingi davrlarida tshkil etilishida birinchi bosqich vazifasini o'taydi.Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-h6unarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi.Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo`lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Pedagogik texnologiya – o`quvchini mustaqil o`qishga, bilim olishga, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Metodika –  o`qituvchining bilimi, ko`nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog`liq bo`lib, ma’lum shaxs o`qituvchi uchun qulay bo`lgan o`qitish usullari va yo`llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Pedagogika fani ma’lum o`quv fanlarini o`qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o`qitish metodikalari tushunchasu bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko`proq prossesual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo`naltiruvchi tomonlari ko`proq ifodalanadi.Texnologiya metodikalardan o`zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg`unligi, ko`plab “agar”lar(agar o`qituvchi iste’dodli, agar bolalar qobiliyatli bo`lsa, agar yaxshi ota-onalar bo`lsa….) yo`qligi bilan farq qiladi.Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo`lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo`llash mumkinligi bilan juda ham individual bo`lgan metoddan farq qiladi.
Metod –  biror harakatni amalga oshirish yo`li, usuli yoki ko`rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo`li deb, bajarilishi talab etilayotgan faoliyat uchun qo`llash mumkin bo`lgan bir nechta yo`ldan oldindan ko`zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo`lga aytiladi.
Harakatni amalga oshirish usuli deb, tanlangan ma’lum yo`ldan foydalangan holda oldindan ko`zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo`llaniladigan harakat usullariga aytiladi.
Hozircha metodlar, metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha sifatida idrok qilinmoqda.Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirilib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba’zan metodika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba’zan esa aksincha
Pedagogik texnologiya o`quv jarayoni (ya’ni o`qituvchining o`quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko`p darajada bog`langan.

Download 85,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalarning samaradorligi

Download 85,5 Kb.