Pedagogik texnalogiyaning samaradorligi




Download 85,5 Kb.
bet3/10
Sana14.05.2024
Hajmi85,5 Kb.
#231706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogik texnologiya Jahona2

1.1 .Pedagogik texnalogiyaning samaradorligi
O’tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizga eski usullardan voz kechib ta’limning har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa, «2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» esa qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, davlat talablari, yangi o’quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda, zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi.
Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir.
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir.
Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.
Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov)
Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.Pedagogik texnologiya” atamasi – bu inglizcha “an educational technology” – ta’lim texnologiyasi iborasining tarjimasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya tushunchasi oxirgi paytlarda o‘qitish nazariyasida yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aynan “texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.
1.Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar to‘plamidir (izohli lug‘at).
2. Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini amalga oshirishning texnikasidir (V.P. Bespalko).
3. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).
4. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).
Bugungi kunda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda zamonaviy axborot texnologiyalari keng imkoniyatlar yaratmoqda. Innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy uslublar ta’limning sifat va samaradorligini oshirib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur innovatsiyalarning samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning to‘g‘ri tashkil etilganligiga bog‘liqdir.
O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi kuchli va izchil siyosat, bir tomondan, jahon ta’lim standartlarining yuksak darajasiga erishishga qaratilgan, ikkinchi tomondan esa xalqimizning ma’naviy-madaniy qadriyatlari va o‘ziga xosligini hisobga oladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta’lim sohalarini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish belgilangan. O‘z navbatida, 2019-yilning “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishi Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi hamda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga katta turtki beradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo‘lib fikrlashdan iborat bo‘lib, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
O‘qituvchi va o‘quvchining maqsadi bo‘yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va o‘quvchiga bog‘liq.Bundan tashqari, o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitini, eng asosiysi, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kutilgan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak. O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
O‘qitish jarayonida o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni sezish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedagogga o‘zi tanlangan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Zamonaviy metodlar, o‘qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga hamda mutaxassislarga kerakli bo‘lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Bunday o‘qitish usullarini tashkil etish uchun pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi inobatga olinishi lozim.
Pedagogning innovatsion faoliyati – bu o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirishdir. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.

Download 85,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnalogiyaning samaradorligi

Download 85,5 Kb.