|
Pedagogik texnologiyaning dars samaradorligiga tasiri
|
bet | 8/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 85,5 Kb. | | #231706 |
Bog'liq Pedagogik texnologiya Jahona22.2 Pedagogik texnologiyaning dars samaradorligiga tasiri
Tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan ayrim pedagogik texnologiyalar tavsifi. Pedagogika fani darslarida siz tarbiyaviy ishlarda qo‘llaniladigan usul va vosita, shakl haqida hamda ularning turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Endi, tarbiyaviy ishlar tizimida pedagogik texnologiya elementlarining tutgan o‘rnini aniqlashga harakat qilamiz. Tarbiyaviy ishlardagi pedagogik texnologiyaning asosiy element (komponent)lari quyidagicha bo‘ladi: tarbiya usullari va uslublari; tarbiya vositalari; tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari; o‘quvchilarning uyushmalari. Bularni maktab tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar sitfatida quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin4: Bolalarda ijtimoiy ongni shakllantiruvchi texnologiyalar (pedagogik ta’sir etish, suhbat va hikoya o‘tkazish, namuna ko‘rsatish).
Bolalar faoliyati jarayonida ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish texnologiyalari (mashq orqali o‘rgatish, o‘yinlarni tashkil qilish, talab qilish, topshiriq berish, musobaqalardan foydalanish). Bolalarni o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish texnologiyalari (o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga xizmat va b.). Bolalarni tarbiyalashda rag‘batlantirish va jazolash usullaridan foydalanish texnologiyalari (rag‘batlantirish va jazolashning shakllari, shart-sharoitlari va ularning xususiyatlari). O‘quvchilar jamoasini tuzish va shaxsni jamoa yordamida tarbiyalash texnologiyasi. Bolalarni o‘rganish (pedagogik diagnostika) texnologiyalari. Bolalar bilan individual ishlash texnologiyalari (o’zlashtirolmayotgan bolalar, tarbiyasi og‘ir bolalar, iqtidorli bolalar bilan ishlash, shaxsiy yordam berish va h). Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, tahlil qilish va baholash texnologiyalari (rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish, baholash, korreksiya qilish). Yuqoridagilarning barchasi umumiy tarzda pedagogika fanidagi darslarida nazariy jihatdan o‘rganiladi. Galdagi vazifa ana shu nazariy ma’lumotlarni amlda qo‘llashni o‘rganishdan iboratdir Tarbiya jarayonida hamkorlik pedagogikasi tamoyillarini qo‘llash texnologiyalari.
Hamkorlik pedagogikasining mohiyati – tarbiya jarayonining samarali natijalariga erishish maqsadida oilaviy va ijtimoiy tarbiyani birlashtirish, pedagog va ota-onalarning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish hamda o‘quvchilarni o‘qituvchining yordamchi-lariga aylantirishdan iborat. Shuni hisobga olgan holda tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar hamkorlik pedagogikasi mohiyatiga mos bo‘lishi kerak. Chunki ular yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga, mustaqil hayotga tayyorlashga majbur. Quyida ayrim pedagogik texnologiyalarni, innovatsion metodlarni tarbiya ishlari jarayoniga moslashtirish va foydalanish 9bo‘yicha tavsiyalar beramiz.Yurtimiz mustaqillikka erishgach, kishilar ongi, dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlari, bir so'z bilan aytganda ma’naviymafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o'zgarishlar paydo bo'la boshladi. Bu borada hukumatimizning ma’naviyat, ma’rifat, mafkura, madaniyat, san’at va g'oyaviy yo'nalish borasida olib borilayotgan hayotiy va odilona siyosati muhim omil bo'lib xizmat etmoqda. Zero, gap ma’naviyat, mafkura, g'oya, san’at, madaniyat va ma’rifat haqida borar ekan, unda madaniy tadbirlarning jamiyat taraqqiyotidagi muhim ahamiyati beqiyosligini hech kim inkor etolmaydi.
Ommaviy san’at asarlari hisoblangan teatr, kino yoki ommaviy tadbirlarni mazmunli, maqsadli niyatga erishishda san’atning barcha turlaridan foydalaniladi va tomoshabinlarga taqdim etiladi. Ammo deyarli tashkil etiladigan barcha tadbirlarning asosida ma’naviy, tarbiyaviy va axloqiy, ma’rifiy jarayonlarning yotganligiga shubha yo'q. Madaniy tadbirlarning jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o'rni beqiyosdir. Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati» fani ham madaniy tadbirlarni tashkil etishning nazariy, amaliy hamda uslubiy jihatlarini o'rgatadi. Rejalashtirilgan va o'tkazilishi lozim bo'lgan madaniy tadbirlarning asosiy vazifasi milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini keng targ'ib qilish va ommalashtirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni, zamonaviy yoshlarni ma’naviy tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bo'lgan hurmatni uyg‘otish va saqlash hisoblanadi.
Bugungi kunda ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga, darslarni o’qitishning faol usullarini qo’llab tashkil etish muammolarining yechimiga qo’yilgan talab tobora ortib bormoqda. AQSh va Yevropa mamlakatlarida «ta‘lim texnologiyasi» sifatida e‘tirof etilgan nazariya bo’lib, uning yaratilishi to’g’risida ma‘lumot beruvchi manbalarni o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, ta‘lim tizimini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish g’oyasi o’tgan asrning boshlarida g’arbiy Yevropa hamda AQShda ta‘lim tizimini isloh qilish, ta‘lim 552 samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta‘minlash va bu borada muayyan muvaffaqiyatga erishish borasidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishga urinish natijasida vujudga kelgan. Bu sohadagi mavjud adabiyotlarda «ta‘lim texnikasi» tushunchasi o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul, vositalar yig’indisi deya talqin etiladi. Shu narsa ma‘lumki, an‘anaviy ta‘lim mazmuninig asosi shundan iboratki, pedagog bu jarayondagi avtoritar mavqei, ta‘lim jarayoni o’quvchilarning sust faoliyati asosiga qurilgan bo’lib, dars uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar tomonidan muhim nazariy ma‘lumotlarni bayon etishga sarflanar, o’quvchilarning faolligini ta‘minlashga zaruriyat sezilmasligini ifoda etardi. O’tgan asrning 60-yillarida ta‘lim faoliyatini avvaldan puxta ishlab chiqilgan dastur g’oyalariga muvofiq tashkil etish tashabbusi ko’tarildi. Dasturlashtirilgan ta‘lim o’quvchi muayyan bilimlarni qismlarga bo’lib hal etilishi asosida tarbiya darslarini tashkil etishni nazarda tutadi. Dasturlashtirilgan ta‘lim mazmunida uning maqsadlari, baholash mezonlari tarbiya darslari mohiyatining aniq tavsifini ko’rsatuvchi ko’rsatgichlar ekanligiga alohida o’rin ajratildi. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada boy tajriba to’plangandir. Pedagogik texnologiyalar mohiyatini to’laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug’aviy ma‘nosini tushunib olish taqozo etiladi.
―Ta‘lim texnologiyasi iborasining ma‘nosi - (inglizcha ―An educational technology‖) darslarni yuksak mahorat bilan san‘at darajasida tashkil etish to’g’risida ma‘lumot beruvchi fan, ta‘limot demakdir. Ayni vaqtda mazkur tushunchaning ta‘rifi hamda uning mohiyati borasida yagona g’oya mavjud emas. Bu nazariya mohiyatining yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud.
Tarbiya darslarining samaradorligini oshirish ta‘lim-tarbiya jarayonini davr talabi darajasida yangi pedagogik texnologiyalar, texnik hamda axborotli vositalar bilan qurollantirishni taqozo etadi. Tarbiya darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish mazkur jarayonning nazariy-amaliy qirralarini tadqiq etish, maxsus ishlanmalar yoki tavsiyanomalarning yaratilishini talab etadi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda yangi pedagogik texnologiya nazariyasi, uning mohiyati ta‘lim texnologiyalarini o’quv muassasalari, shu jumladan, tarbiya darslariga tatbiq etish muammosining qay darajada o’rganilganligini tadqiq etish maqsadida mavzuga oid yaratilgan manbalar mohiyati bilan tanishib chiqdik. Uzoq yillardan buyon ushbu nazariya va uning mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib borayotgan pedagog olim V.P.Bespalko «ta‘lim texnologiyasi» tushunchasini «amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta‘riflagan bo’lsa, N.F.Talzina «fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi usullarni ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan» ekanligiga e‘tiborni qaratadi. V.V.Klarin tomonidan yaratilgan «Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse» nomli asarda V.P.Bespalko tomonidan bayon etilgan mulohazalar to’ldirilib, pedagogik texnologiyalarning tarbiya darslariga tatbiq etish shart-sharoitlari borasidagi qarashlar ilgari suriladi. V.P. Bespalko va M.V.Klarinlarning tadqiqotlarida «pedagogik texnologiya» tushunchasiga ta‘rif berilgan. Ingliz olimi B.Blum ta‘lim texnologiyasi mazmunida ta‘lim maqsadining aniq belgilanishi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan holda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni aniqlash maqsadida test topshiriqlarini ishlab chiqish jarayonida maqsadni oydinlashtirishga xizmat qiluvchi taksonomiyani ishlab chiqadi. Taksonomiya muayyan ob‘ektlarni ularning o’zaro tabiiy bog’lanishlari asosida tasniflash va tizimlashdir. So’nggi yillarda yurtimiz olimlari tomonidan ham ta‘lim texnologiyasi nazariyasiga oid bir hator maqola, risola va qo’llanmalar yaratildi. M.O. Ochilov mazkur iborani «Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta‘lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish 553 jarayonlarida qo’llanadigan usul va usullar majmuidir» deya sharhlasa , N.Saidahmedov quyidagicha: 10
― Pedagogik texnologiya bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga ta‘sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, - degan ta‘rifni beradi. O’ Tolipov va M.Usmonboevalar tomonidan yaratilgan asarda pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini amaliy pedagogik faoliyatga tatbiq etish masalasi o’rganilgan.Shuningdek, xususiy fanlarni o’qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning amaliy asoslarini ochib berishga harakat qilingan. Faylasuf olimlar B.Ziyomuhammedov va Sh.Abdullaevalar tomonidan yaratilgan «Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot» nomli asarda «Ma‘naviyat asoslari» darslarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish masalalari ochib berilgan bo’lib, bu boradagi bir qator ishlanmalar kitobxonlarning e‘tiboriga havola etilgan. Ma‘lumki, inson va jamiyatining harakatlantiruvchi kuchi bu – inson tafakkuridir. Tafakkur bu aql – idrok va dunyoviy bilimlar majmuasidir. Dunyoviy bilimlar ta‘lim jarayonida bunyod etiladi. Shunga ko’ra mamlakatimizda ta‘limga alohida e‘tibor berilgan holda, uni yangi pedagogik tizimga o’tkazish bugungi davrimizning bosh vazifalardan biriga aylandiki, bu uzluksiz ta‘limni yo’lga qo’yishni ham ilmiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Ma‘lumki, har bir mamlakat va jamiyat o’zining ta‘lim – tarbiya tizimiga va o’qitish texnologiyasiga ega bo’ladi. Lekin bu texnologiyada albatta jahon va umuminsoniy ta‘lim – tarbiya sistema – tizimidan va o’qitish texnologiyasidan ijodiy foydalaniladi va undan bahramand bo’linadi. Shular aosida maktab o’quv fanlari o’zining o’qitish sistemasini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishga alohida e‘tibor berilmoqda. Jumladan, o’quv predmetini yangi pedagogik texnologiyada o’qitishga o’tilmoqdaki, buning uchun tarbiya o’quv predmeti darslari bo’yicha didaktik materiallar, ko’rgazmalar, metodik adabiyotlarni tayyorlash va ishlab chiqarish zarurligi bugungi kunimizdagi muhim vazifa bo’lib qolmoqda. Ma‘lumki, ta‘lim – tarbiya sohasida pedagogik texnologiya ancha murakkab masala bo’lib, undan tasviriy san‘atini o’qitishda foydalanish ham o’ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. Tarbiya darslarini o’qitishda ham pedagogik texnologiyani
―dars texnologiyasi,
―o’qitish texnologiyasi va ta‘lim texnologiyasi‖ kabi ko’rinishlaridan foydalanishadi.
1.―Dars texnologiyasi – bu 45 daqiqali dars jarayonini tashkil etilishining umumiy pedagogik tinglovchilarga (didaktik va metodik) javob berishni kafolatlaydigan pedagogik jarayondir. Ya‘ni tarbiya fanining sinf – dars sistemasi bo’lib, u: Yangi bilim berish, berilgan bilim – malakalarni mustaxkamlash, aralash dars, bilim – malakalarni tekshirish va nazorat qilish darslari kabilar. Ularning har biri o’ziga xos texnologiyalarda faoliyat yuritadi.
2.―O’qitish texnologiyasi‖ – tarbiya darslarini o’qitish va ular asosida nazariy va amaliy sohalaridan bilim – malakalarni o’zlashtirish yo’li, qoidalari va uslublari majmuasi jarayonidir. Bu texnologiya ma‘lum bir o’quv predmetini o’qitish va o’zlashtirish yo’li, didaktikasi va xususiy metodikasi jarayonini ifoda etadi. Shunga ko’ra o’qtish texnologiyasi tarbiya dars mashg’ulotlarining turi bo’yicha o’zagarib ham turadi. Chunki tarbiya dars mashg’ulotlarini o’qitish didaktikasi va uslublari 11mashg’ulotlardagi maqsad va vazifalarning o’zagarib turishi bilan uning o’qitish texnologiyasi ham o’zgarib turadi. 3. ―Ma‘lumot texnologiyasi‖ – bu o’quvchilarga ma‘lumot berish mazmunida ifodalanib, u o’quvchilarga tarbiya o’quv fanidan bilim – malaka berish jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida ilmiy muloqot, munosabat, ijodiy hamkorlik jarayonlari mazmunida ifodalanadi. Ya‘ni, beriladigan bilim va malakalarni o’quvchilarga yetkaza olishni kafolatlay oladigan ta‘lim-tarbiya vositalari, o’qitish didaktikasi, metodikasi va uslublari majmuasida ifodalanadi. 554 Chunki, dars jarayonida tarbiya o’qituvchisi o’quvchilarga bo’ladigan dars mazmuni bo’yicha va darsda bajariladigan amaliy ishlar bo’yicha vazifalar va ularni bajarish yo’llarining eng oson, eng qisqa va ilmiy asosdagi yo’llari bo’yicha ma‘lumotlar beradi. Bu fikrlar shuni ko’rsatadiki, fanni o’qitishda pedagogik texnologiyaning yuqoridagi har uchchala ko’rishidan ham foydalansa bo’ladi. Pedagogik texnologiyani yaxshi tushunib olgan tarbiya fani o’qituvchisi har qanday holatda ham dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiyaning. Muammoli – modulli o’qtishi shaxsga yo’naltirilgan ta‘lim, ta‘limni jadallashtirish, maqsadli o’qitish, tabaqalashtirib o’qitish kabi turlari ishlab chiqilganki, o’qituvchini o’zi fanning o’qitish mazmuniga mos kelishiga ko’ra tanlaydi va undan foydalanadi. Shu o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, dars qaysi fandan bo’lishidan qat‘iy nazar, ilmiy yondashsak, mashg’ulotlarimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, noa‘naviy dars o’tish usullaridan ijodiy foydalansak, biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizga tezroq yetamiz. Zero,bularsiz o’quvchilar mehrini va qiziqishini qozonish mumkun emas. Yuqorida sanab o’tilgan mashg’ulot metodlari o’quvchida idrok va xotira, diqqat - e‘tibor va tafakkur, tasavvur va mantiqni birlashtirishi kerak. Bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda o’quvchining faolligi, qiziqishi, ijodiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar – mashg’ulotlarni o’tishning maqbul shakllari va imkoniyatlari ana shunga ko’p jihatdan yo’l ochadi
|
| |