|
Ta’lim mazmuni sifat va samaradorligini oshirishning eng muhim omillari
|
bet | 5/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 85,5 Kb. | | #231706 |
Bog'liq Pedagogik texnologiya Jahona21.3.Ta’lim mazmuni sifat va samaradorligini oshirishning eng muhim omillari
Ta'lim mazmuni, sifati va samaradorligini oshirishning eng muhim omillari –har bir pedagog kadrning mahorati, kasbiy salohiyatining yuqori darajada bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, buni ta'minlash hozirgi davrda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Singapur kabi dunyoning aksariyat muvaffaqiyatli ta'lim tizimlari rivojlangan davlatlarda o'qituvchilarning o’zaro tajriba almashishishi o’qituvchining burchi bo’lib hisoblanadi va bu ularning lavozimvazifalariga kiritilgan. Pedagoglarning o'zaro darslarda qatnashishi, o’tkazilgan darslarning yutuq va kamchiliklarini muhokama qilishi darslarning sifatini oshirishning eng samarali strategiyasi hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchi doimiy ravishda kamida bitta hamkasbini o'z darslariga tajriba almashish maqsadida kirishini ta'minlashi ikkala o’qituvchilarning ham ta'lim samaradorligini yaxshilanishiga olib keladi.Biz ta'lim jarayonida o’zaro darslarga kirish uchun kuch, vaqt yoki xohish yo’qligini tez-tez eshitamiz. Afsuski, faqat kitob o’qish bilan yaxshi o’qituvchi bo’lib bo'lmaydi. Biz odatda xatolarimizni tushunib, boshqalarning ishidagi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarni ko’rish orqali o'z mahoratimizni oshira boramiz. Agar maktabda, umuman ta'lim sohasida o'qituvchi bu borada yolg’iz ishlasa, buni amalga oshirish aslo mumkin emas. Maktab o’qituvchilari o'rtasida tajriba almashish tizimini joriy etish va bu jarayonni ular uchun qiziqarli qilish, darsda monitoring tizimini tashkil etishning yangi usullarni joriy etish va kuzatish masalalarini davlat ta'lim standartlarida mustahkamlash, turli kasbiy tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar tomonidan darslar o’tkazish muammolarni hal qilish uchun zarur uslubiy yordam ko’rsatish maqsadga muvofiqdirO’qituvchining mahorati o’sishi borasida yana bir muhim muammo shundaki, o’qituvchilik mahoratining tez o’sishi o’qituvchi maktabga kelgan dastlabki uch yilda namoyon bo’ladi. Bu degani 30 yillik ish tajribaga ega bo’lgan o'qituvchining, dastlabki 3 yillik ish tajribasining 10 marta takrorlanishi demakdir.Agar maktabda ish tajribasi yuqori bo'lgan va yosh o'qituvchilar o'rtasida tajriba almashish yo'lga qo'yilmas ekan, maktabdagi pedagoglar o'rtasida pedagogik mahorat rivojlanmay qoladi.Maktab ta'limidagi o'zgarishlar va yangiliklarni qo'llab-quvvatlovchi, hamda maktabda etakchilik qobiliyatiga ega o'qituvchilarning kamligi tizimda o'zgarishlar kiritishga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Jamoada etakchilarni qanday topishmumkin? Boshqa o’qituvchilarning mahoratini oshirishga samarali yordam beradiganlarni qanday tanlash mumkin? Bu borada rahbarlar qanday qoidalarga amal qilishlari kerak?Maktabda o’z darslariga e'tiborli bo’lgan bir nechta o’qituvchilarning borligi ham samarali natijalarga ega bo’lishga imkon beradi. Agar butun maktab pedagogik jamoasining barcha o’qituvchilarini doimiy takomillashtirish jarayonida faol ishtirokchiga aylantira olsak, bu maktabning katta yutug’idir. Maqsadlar va qadriyatlarning umumiy tizimini yaratish butun ta'lim muassasasining umumiy rivojlanish vektorini o’rnatishga imkon beradi. O’qituvchilarni pedagogik muammolar va vazifalar atrofida birlashtirish, doimiy tajriba almashishni tashkil etish borasida, pedagogik g’oyalar, festivallar, uslubiy kengash, birlashma ishlari mavjud. Biroq maktabning xususiyatlariga mos keladigan o’z metodologiyasining yaratilishi, uning o’qituvchilari va o’quvchilari uchun o’rnatilgan an'analar, vazifalar, maktablarda qanday tashkiliy modellar samarali bo’lishi mumkinligi, ularning ijobiy va salbiy tomonlarining bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'llarini muhokama qilib borish lozim. Mahorat maktablarining metod va usulidan qat'iy nazar, buni amalga oshirishning bir nechta asosiy prinsiplari mavjud: -bolalarning qanday o'rganishiga, o'qituvchining harakatlariga qarab, ularning xatti-harakatlarida qanday o'zgarishlarga e'tibor berish; -o'qituvchilarning o'z amaliyotini doimiy kuzatishi, samarali pedagogik texnologiyalarni doimiy izlash; -maktabda o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlash muhitini yaratish.Qaysi fan bo'lishidan qat'iy nazar uni qanday o'rgatish va darsda qanday metodlarni qo'llash ko„proq samara beradi, degan savol bugun har bir pedagogni o'ylantiradi. Ta'lim sifatini oshirish esa fanlarning puxta o'rgatilishiga, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda ilg'or tajribalarni qo'llashga bog'liq. O'qituvchida bilim, sabr va malakadan tashqari darsni turli usullarda, qiziqarli va mazmunli tashkil etish mahorati, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati shakllangan bo'lishi lozim. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, axborot oqimining tobora ortib borishi, ular asosida bajariladigan jarayonlarni yanada tezroq amalga oshirishnitalab qiladi.Ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri o'quv jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikatsiyalarini joriy etishning o'rni katta. Shu bois bugungi kunda zamonaviy texnika vositalariga asoslangan kompyuter texnologiyalarini o'quv jarayoniga, jamiyat faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etish davr talabiga aylangan. Shundan ko'rinib turibdiki, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda kompyuter texnologiyalaridan kengroq foydalanib o'quv jarayonini tashkil qilish jiddiy zarurat deb aytish mumkin. Ta'lim sifati qachon bo’ladi? Qachonki, o’qitish sifati va ilm birgalikda olib borilsa. Bu borada maktablar va oliy ta'lim muassasalarining o’zaro hamkorligini ta'minlash orqali ta'lim sifatini oshirish yo’llarini ko’rib chiqish lozim. Bu hamkorlik mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga imkon beradi.Chunki oliy ta'lim tizimi -shakllangan shaxsni jamiyatga tayyorlab berish degani. Bu maktab o’quvchisini kitobdagi narsa bo’yicha o’qitish emas. Oliy ta'lim muassasasi talabalari jamiyatdagi o’zgarishlarni o’rganib, tayyor kadr bo’lib, mehnat bozorida o’z o’rnini topishi kerak. Demak oliy ta'lim muassasasi talabasi, besh yildan keyin jamiyatda qanday o’zgarishlar bo’lishini prognoz qila olsagina undan jamiyatga kerakli kadr bo’lib o’z o’rnini topa oladi.
|
| |