• USLUBIY KO‘RSATMA
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 1.07 Mb.
    bet1/9
    Sana26.03.2024
    Hajmi1.07 Mb.
    #178200
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    YHTE kurs loyhasi (1)
    Yer shari, Umirzoqov Eldor-Individual-222 (2), yopiq test, Копия документа

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

    SHERMATOV SH.X.


    YO‘L HARAKATINI BOSHQARISH”


    fanidan kurs loyihasini bajarish uchun

    USLUBIY KO‘RSATMA


    O‘quv qo‘llanma 61040300–Yo‘l harakatini tashkil etish mutaxassisligi talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan va muhokamaga tavsiya etilgan.




    TOSHKENT – 2024


    KIRISH
    Shaharlarda avtomobillar sonining o‘sishi va yo‘l harakati jadalligining oshishi, harakat tezligining kamayishiga, transport vositalarinig yo‘llarda ushlanib qolishiga, harakat sharoitlarining yomonlashishiga, shaharlarda zaharli gazlarning va shovqinning oshishiga, ko‘cha yo‘l tarmoqlarida yo‘l transport hodisalarining soni ko‘payishiga olib keladi.
    Bu holatlar salbiy oqibatlarni bartaraf etish, ayniqsa, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini asoslaydi.
    Ma’lumki, yo‘l-transport hodisalarining qariyb 75 foizi shaharlarda, asosan kesishmalarda sodir bo‘ladi. Shu sababli, shaharsozlikda asosiy vazifa harakatni tashkil yetish va xavfsizlik muammosi hisoblanadi. Uning to‘g‘ri yechimi butun shahar transport tizimining ishonchliligi va sifatiga va zarur muhandislik-texnik yechimlarni amalga oshirish imkoniyatiga, shu jumladan baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga bog‘liq.
    Zamonaviy shaharlarda tez va xavfsiz harakatlanishni ta’minlashda shaharsozlik qoidalarini bo‘yicha rejalashtirish va tashkiliy chora-tadbirlardan foydalanishni talab qiladi.
    Arxitektura va rejalashtirish tadbirlariga yangi ko‘chalar, avtomobil yo‘llari va avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, turli sathdagi yo‘l o‘tkazgichlarini qurish, piyodalarning o‘tishi uchun yer osti va yer usti inshootlarini qurish, ba’zi transpotr turlari uchun alohida shaharlar atrofida aylanma yo‘llar qurish va boshqalar kiradi.
    Harakatni tashkil etish bo‘yicha olib borilgan chora tadbirlar mavjud ko‘cha yo‘l tarmog‘ida harakatni tartibga solishga imkon beradi. Bunday chora tadbirlarga bir tomonlama harakatni, chorrahalarda aylanma harakatni tashkil etish, piyodalar o‘tish joylarini va piyodalar hududini tashkil etish, avtoturargohlar, jamoat transportining bekatlarini iashkil etish va h.k.
    Arxitektura va qurilish ishlari olib borish bilan harkatni tashkil etish xarajatlarni oshirib yuborish bilan birga kshp vaqt sarflanadi. Bunday joylarda harakatni tashkil etish esa nisbatan kam xarajatli, qisqa vaqt davomida natijaga erishishimiz mumkin. Ba’zi hollarda harakatni tashkil etish uchun bunday choralar mavjud muammoni hal qilishning yagona vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz bunda harakatni tashkil etishda qurilish ishlari olib borish imkoniyati bo‘lmaydigan joylarda amalga oshiriladi. Harakatni tashkil yetish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda texnik vositalar: yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari, svetoforlar yordamida boshqarish vositalari, yo‘l to‘siqlari va yo‘naltiruvchi qurilmalarni joriy yetish alohida o‘rin tutadi. Shu bilan birga, svetoforni tartibga solish chorrahalarda harakat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositalaridan biridir. Turli mamlakatlarda olimlar harakatni tashkil qilishning turli usullaridan foydalanadilar, chunki bu muammoning umumiy, universal yechimi yo‘q.


    Download 1.07 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 1.07 Mb.