Multimediali tarmoqlarni modellashtirishning




Download 8,17 Mb.
bet67/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Multimediali tarmoqlarni modellashtirishning

matematik usullari

Multimediali aloqa tarmoqlarini tahlil qilish va loyihalash vazifalari ixtisoslashgan dasturiy vositalarni ishlab chiqishni va ularning modelini tayyorlashni maxsus texnologiyalaridan foydalanishni talab etadi. Matematik modellashtirishni qurilmali vositalardan foydalanish texnologiyasi (7.2-rasm) o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:



  • tadqiq etilayotgan tizimni tahlil qilish va uni modellashning maqsadlarini ifodalash;

  • tadqiq etilayotgan tizim parametrlarining zarur to‘plamini tavsiflovchi konseptual modelni (KM) yasash;

  • konseptual model ob’ektlarini dasturiy modelning ob’ektlari to‘plamida aks ettirishdan iborat bo‘lgan, tadqiq etilayotgan tizimning dasturiy modelini (DM) yasash;

  • dasturiy model bilan tajriba o‘tkazish (uning dasturiy kodini bajarish);

  • modellar bilan o‘tkazilgan tajribalarning natijalarini tahlil qilish va talqin qilish;

  • loyihaviy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

Tadqiq etilayotgan tizimning konseptual va dasturiy modellarini tuzilishi, mos ob’ektlar to‘plamini (modelli va dasturiy) tanlashda va ular o‘rtasida tekshirilayotgan tizim elementlari aloqalari tuzilishiga mos keluvchi aloqalar tuzilmasini o‘rnatishdan iborat.
Multimediali aloqa tarmoqlarini matematik modelini tayyorlash tizimida uning matematik modeli ma’lum bir tanlangan konseptual model doirasida tavsiflanadi. Konseptual model – modeli tayyorlanayotgan tizimning kirish parametrlari to‘plamini, faoliyat yuritish algoritmlarini, shuningdek, modelni tayyorlash maqsadlari – model tayyorlanadigan tizimning tadqiq etilayotgan parametrlari to‘plamini tavsiflovchi matematik ob’ekt. Konseptual modelga mos holda dasturiy model qo‘yiladi (modellashtirishda qo‘llanidadigan ob’ektlarning ma’lum bir tuzilmasi bo‘lib, u konseptual modelni dastur ko‘rinishida amalga oshiradi).

7.2-rasm. Multimediali aloqa tarmoqlarini matematik modellashtirishning umumiy sxemasi
Ishlab chiqilgan dasturiy modelning kompyuterda bajarilishi, model bilan modelli tajriba sifatida aniqlanadi. Modelli tajriba, modeli tayyorlanayotgan parametrlarning baholarini berilgan aniqlikda hisoblashni ta’minlaydi. Multimediali aloqa tarmoqlarini tahlil qilish masalalarining murakkabligi, murakkab tizimlarning matematik modelini tayyorlash usullarining rivojlanish darajasi, hisoblash texnikasi unumdorligining darajasi va modellarni tayyorlash dasturiy vositalarining rivojlanish darajasi gibrid model tayyorlash usullaridan foydalanish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Bu usullarning mohiyati shundaki, bunday masalalarni yechish uchun turli matematik modellarni tahlil qilishdan iborat. Gibrid modellardan foydalanishning dolzarbligi yana shu bilan tasdiqlanadiki, multimediali tarmoqlarning tadqiq etilayotgan parametrlarining barcha to‘plamini matematik modellarning bir sinfida adekvat ravishda tavsiflash, undan tashqari sonli baholarni olish amaliy jihatdan mumkin emas.
Multimediali tarmoqlarning matematik modelini tayyorlash tizimini qurishning asosiy konsepsiyalari. Murakkab va katta axborot tizimlarini amaliy modellashtirish tajribasi bilan belgilanadigan bu tizimlarning matematik modelini tayyorlashning (imitatsion, tahliliy va gibrid) nazariyasi va dasturiy vositalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri gibridli modelni tayyorlash usullarini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Gibrid modellardan foydalanishning zarurligi axborot tizimlarini modellash masalalari sinfini kengaytirish, shuningdek uning o‘lchamlarini oshirish bilan belgilanadi. Imitatsion yoki tahliliy modellardan farqli ravishda, gibrid modeldeganda tadqiq etilayotgan ob’ektning bitta modeli emas, balki uning modellarining ma’lum bir tuzilmasi tushuniladi. Gibrid modellashni tavsiflash, ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mazkur modellarni tavsiflashga imkon beruvchi tegishli rasmiy apparatni yaratish zarur.
Matematik modellash tizimida, tadqiq etilayotgan tizimni modellash vazifasi, umumiy holda gibrid hisoblanadigan konseptual model bilan tavsiflanishi nazarda tutiladi. Tadqiq etilayotgan tizimning konseptual modeli cx modellar majmui bilan taqdim etilib, u model tayyorlashning usulini tavsiflash uchun mo‘ljallangan C turdagi tuzilmalashtirilgan komponent bo‘lib hisoblanadi.




    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimediali tarmoqlarni modellashtirishning

Download 8,17 Mb.