• Tahliliy modellashtirish usuli
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet68/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Imitatsion modellashtirish usuli

    Imitatsion modellashtirish, axborot tarmoqlarini (AT) tadqiq etishning e’tirof etilgan vositasi hisoblanadi. Buning sabablari bir nechta. Ulardan eng asosiysi ob’ektni, ya’ni uning tuzilishini, faoliyat yurtishining murakkab algoritmlarini yetarlicha aniq darajasida to‘liqligicha matematik jihatdan tavsiflanishning mumkin emasligi, shuning uchun ham murakkab va nobarqaror dinamik jarayonlar hisoblanadi. Odatda matematik vositalar bilan xususiy masalalarni yechish imkoni bo‘ladi. Markov jarayonlari va ommaviy xizmat ko‘rsatish modellari yordamida, tarmoqning ayrim uzellari va kanallarini yaxshi tahliliy modellari tayyorlanadi, ayni paytda esa umuman tarmoqning modelini tayyorlash tahliliy jihatdan ancha qiyinlashadi, ayniqsa, nomuntazam tuzulmalarda va bir jinsli bo‘lmagan qurilmada. Oqimlarni qayta taqsimlash va qurilmani tiklashning turli rejimlarini nazarda tutuvchi, tarmoqlarda rad etishlarni tahliliy modelini amalga oshirish murakkabdir. Shuningdek algoritmik jihatdan murakkab bo‘lgan taqsimlangan protokollarni tahliliy modellashtirish usuli bilan vaqt bo‘yicha va ishonchlilik tavsiflarini baholash ham yetarlicha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu va boshqa bir qator masalalarni hal etish imitatsion modellashtirish usuli bilan amalga oshirish mumkin va samarali hisoblanadi. Telekommunikatsiya tarmoqlarida va xususan multimediali tarmoqlarda kechikishlar va unumdorlikni imitatsion modellashtirish usuli asosida yotadigan matematik ob’ekt bo‘lib diskret dinamik tizimlar hisoblanadi.



      1. Tahliliy modellashtirish usuli

    Hozirgi vaqtga kelib ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari tarmoqlari turli vazifalarni bajaruvchi, axborot tarmoq tizimlarining ehtimoliy vaqtincha tavsiflarini tahliliy modellashtirish usulining eng keng tarqalgan vositasi bo‘lib hisoblanadi. Bunday holat bu tizimlarning faoliyat yuritish algoritmlarini va bu tarmoqlarni hisob-kitob qilishning samarali usullari mavjudligi bilan aks etish imkoniyatlariga bog‘liqdir. Hozirgi vaqtga kelib ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi doirasida xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga bevosita taalluqli bo‘lgan fundamental natijalar olingan bo‘lib, ular tadqiq qilinayotgan tarmoqlarning xossalarini va ularni tahlil qilish hamda hisoblash usullarining mazmunini jiddiy belgilab beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ommaviy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari nazariyasining rivojlanishi ko‘pchilik hollarda imitatsion modellashtirishdan voz kechish va ma’lum darajada telekommunikatsiya tarmoqlari modellarini ishlab chiqishni tezlashtirish, ularning o‘lchamligini va adekvatligini oshirish imkonini beradi.


    Ommaviy xizmat ko‘rsatish tarmog‘i ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarining turli xil sinfdagi talablarining ma’lum bir to‘plami tuzilmasi sifatida aniqlanadi. Talablar ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarida ma’lum bir berilgan xizmat ko‘rsatish tartibiga muvofiq xizmat ko‘rsatiladi, xizmat ko‘rsatish davomiyligi esa ma’lum bir berilgan taqsimlash funksiyasiga ega bo‘lgan tasodifiy kattalik hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatishning bir tizimida xizmat ko‘rsatish yakunlanganida, talab xizmat ko‘rsatishni davom ettirish uchun boshqa tizimga kelib tushadi.
    Ayni paytda ommaviy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari quyidagi tarzda tasniflanadi:

    • talablarning tashqi manbalarining mavjudligi bo‘yicha: ochiq, berk va aralash talablar farqlanadi;

    • xizmat ko‘rsatilayotgan talablarning sinflari soni bo‘yi bir jinsli va jinsli bo‘lmagan talablar farqlanadi;

    • talablarga xizmat ko‘rsatish davomiyligini taqsimlash vazifalarining turlari bo‘yicha ekspotensial tarmoqlar va umumiy ko‘rinishdagi tarmoqlar farqlanadi.




    Download 8,17 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.