R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet65/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Axborot yuklanish parametrlar. Abonentga olib ko‘rsatilayotgan videooqim MPEG standartiga muvofiq raqamli ko‘rinishda kodlanadi. Shu standartga muvofiq tasvirni regeneratsiyalash chastotasi sekundiga 26 yoki 30 ta kadrdan iborat bo‘lgan raqamli video oqim, video kadrlarning /W/Z guruhli ketma-ketlikdan iborat (GOP – group of puctures). Har bir guruh qayd qilingan uzunlikka va tuzilishga ega. Har bir guruh tarkibida uch turdagi video kadrlar ajratiladi (VOP – Video Object Plane):
- I – kadr (tayanch);
- P – kadr (bashorat qilingan);
- B – kadr (ikki tomonga yo‘naltirilgan).
Video oqimning har bir guruhi undagi yagona i-kadrdan boshlanadi. Video oqimning M parametri guruhdagi kadrlarning umumiy sonini, Z parametr esa P-kadrlar orasidagi intervalni aniqlaydi. Modelda hisobga olinadigan axborot yuklangan parametrlar 7.1-jadvalda keltirilgan.
Tarmoqning texnik parametrlariga quyidagilar tegishli bo‘ladi: foydalanilayotgan telekommunikatsiya muhitining tarkibi va tuzilmasi, foydalaniladigan aloqa liniyalari parametrlari (uzunligi, o‘tkazish qobiliyati, shuningdek bit xatolik ehtimoli (BER)), foydalanilayotgan (axborot serveri va ishchi stansiyalar) hisoblash texnikasi vositalarining samaradorligi, foydalanilayotgan kommutatsiya qurilmasining samaradorligi (kommutatsiya matritsaning samaradorligi va kommutatorning bufer xotirasining hajmi). Tarmoqning texnik parametrlari ro‘yxati 7.2-jadvalda keltirilgan.

7.1-jadval


Foydalanuvchining ishchi stansiyasiga keladigan video trafikning parametrlari

i-foydalanuvchi uchun video trafik tavsiflari

i-foydalanuvchi uchun VOP kirib kelishi intensivligi, λi vop

λi vop = 25 VOP/s



VOP ning o‘rtacha o‘lchami,
Si vop

Si vop= 360∙240 piksel

I:P:B kadrlar kodlash sxemasi

1:1 P:4 B:10

Kadrlarning tavsifi



I


i-foydalanuvchi uchun 1-kadrlarning kirishi intensivligi, λi1

λi 1 =1,67 kadr/s



1-kadrning o‘rtacha o‘lchami, Si1

Si1=1457 bayt

P


i-foydalanuvchi uchun
P-kadrlarning kelish intensivligi λiP

λi P = 6,67 kadr/s



P-kadrning o‘rtacha o‘lchami, SiP

SiP = 486 bayt

B


i-foydalanuvchi uchun
B-kadrlarning kelish intensivligi λiB

λi B =16,67 kadr/s



B-kadrning o‘rtacha o‘lchami, SiB

SiB = 182 bayt

Tanlangan video dasturni raqamli uzatishni tashkil etish uchun abonentning ishchi stansiyasidagi mijoz va raqamli video ko‘rsatuv serveri o‘rtasida TCP-ulanish o‘rnatiladi. Video kadrlar TCP-segmentlarga kiritiladi va IP-paketlar ko‘rinishida tarmoq bo‘ylab ishchi stansiyagacha uzatiladi. Uzatishda bu IP-paketlar tasodifiy kechikishga uchraydi, ular noto‘g‘ri qabul qilinishi yoki yo‘qolishi mumkin. Bularning hammasi tegishli TCP-segmentlarning takroriy uzatilishini yuzaga keltiradi va video kadrlarning qo‘shimcha kechikishiga, shuningdek ularning qayta tartibga solinishiga sabab bo‘ladi.


7.2-jadval


Telekommunikatsiya muhitining texnik parametrlari

Kommutatordan i-ishchi stansiyasigacha zveno

Li masofa

li = 100 m

O‘tkazish qobiliyati

Vi = 106 bit/s

BER, p1

pi = 10-6 b-1

Kommutatordan servergacha zveno

Ix masofa

Ix = 1000 m

O‘tkazish qobiliyati, Vx

Vx = 109 bit/s

BER, px

px = 10-6 b-1

Server

Unumdorlik, Vsv

Vs = 106 MFLOP/c

i-ishchi stansiya

Unumdorlik, Vi

Vi = 105 bit/s

Kommutator



O‘tkazish qobiliyati,VSw

VSw=4.8 Mp/s

Kommutatorning bo‘linadigan xotira o‘lchami SM

SM=4 Mb

Kommutator porti 100BaseT

O‘tkazish qobiliyati (paketlar/s), Vi

Vi=14880 p/s

Kommutator porti 1000BaseX

O‘tkazish qobiliyati (paketlar/s), Vx

Vx=1488000 p/s

Dasturiy parametrlarga quyidagilar kiradi: turli sathdagi ma’lumotlarni uzatishda foydalaniladigan protokollar, TCP/IP protokollarini har xil turdagi paketlarning maksimal o‘lchamlari, bu paketlardagi xizmat axborotlarining o‘lchamlari, TCP-ulanishlarini boshqarish jarayonlaridagi darchalarning o‘lchamlari, bu transport ulanishlarining taym-autlar davomiyligi. Tarmoqning dasturiy parametrlarining ro‘yxati 7.3-jadvalda keltirilgan.


7.3-jadval


Tarmoqning dasturiy parametrlari

Qo‘llaniladigan protokollar



Transport sathi

TCP

Tarmoq sathi

IP

Kanal va fizik sath

IEEE.802.3u

IEEE.802.3z

Protokollar parametrlari



TCP-segmentning maksimal o‘lchami, siTCP

1500 bayt

IP-paketning maksimal o‘lchami, siIP

1500 bayt

MAC-kadrning maksimal o‘lchami, siMAC

1536 bayt

TCP-oqimlarini boshqarish oynasini o‘lchami, τw

τw=500 ms

TCP-taym-aut o‘lchami, τTO

τTO=200 ms

TCP-segmenti sarlavhasining o‘lchami, sTCP

sTCP=20 bayt

IP-paketi sarlavhasining o‘lchami, sIP

SIP=20 bayt

Tasdiqlanish paketining o‘lchami, sAck

SAck=20 bayt

MAC-kadrning sarlavha o‘lchami, sMAC

SMAC=20 bayt

Serverning dasturiy parametrlari

Bitta I-kadrni uzatish uchun serverga zarur MFLOPni o‘rtacha soni – αISv

αISvvSv-1=0.05 mls

Bitta P- kadrni uzatish uchun serverga zarur MFLOPni o‘rtacha soni – αPSv

αPSv vSv-1=0.03 mls

Bitta B- kadrni uzatish uchun serverga zarur MFLOPni o‘rtacha soni – αBSv

αBSv vSv-1=0.02 mls

Bitta tasdiqqa ishlov berish uchun serverga zarur MFLOPni o‘rtacha soni – αAckSv

αAckSv vSv-1=0.02 mls

i-ishchi stansiyaning dasturiy parametrlari

Bitta I-kadrni qabul qilish uchun i-ishchi stansiyaga zarur MFLOPni o‘rtacha soni – αIi

αIi=0.5 mls

Bitta P- kadrni qabul qilish uchun i-ishchi stansiyaga zarur MFLOPni o‘rtacha soni– αPi

αPi=0.3 mls

Bitta B- kadrni qabul qilish uchun i-ishchi stansiyaga zarur MFLOPni o‘rtacha soni– αBi

αBi=0.2 mls

Axborot parametrlarining qiymatlari umumiy raqamli video oqimlar statistikasiga mos keladi. Yuqorida tavsiflangan lokal tarmoqning faoliyat yuritishi uchun asosiy algoritmlar, shuningdek asosiy texnik va dasturiy parametrlarning qiymatlari kommutatsiya qurilmaning tegishli standartlari va texnik xarakteristikalarining tavsifidan olingan.






    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.