|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 61/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeTarmoqni boshqarish masalalari
TMN ga tegishli ITU-T tavsiyalarida, vazifalarning barcha to‘plami quyidagi boshqarish guruhlariga bo‘linadi (6.1-jadval):
biznes;
tarmoq konfiguratsiyasi;
rad etishlarni bartaraf etish;
sifatni;
axborotni himoyalash;
o‘zaro hisob-kitoblar.
Biznesni boshqarish deganda:
tarmoq operatorlarining tizimli maqsadlarini aniqlash va unga erishish;
boshqa tarmoqlarning (zona, qit’a, dunyo) operatorlarini boshqarish tizimlarining o‘zaro aloqasi;
tarmoqni boshqarishning usullari va vositalarini belgilab beruvchi, tartibga soluvchi xujjatlarni ishlab chiqish tushuniladi.
Konfiguratsiyani boshqarish deganda (Configuration Management, SM):
tarmoqni raqamlash rejasini yaratish va kuzatib borish;
tarmoqni shakllantirish va rivojlantirish;
tarmoqni va uning ayrim elementlarining rekonfiguratsiyasi;
rivojlanish bilan bog‘liq xizmatlar va ishlarni rejalashtirish;
tarmoqni ma’lumotlar bazalarini yaratish va yuritish tushuniladi.
Bu vazifalar tarmoq parametrlarini va boshqariluvchi elementlarni konfiguratsiyalashdan iborat. Shlyuzlar, marshrutizatorlar, multipleksorlar va boshqa elementlar uchun bu vazifalar guruhi yordamida tarmoq manzillari, identifikatorlar, geografik holati aniqlanadi, tarmoq elementlari orasidagi aloqalar va foydalanish jarayonida bu aloqalarning o‘zgarishi, yangi mantiqiy yoki fizik kanallarning tashkil etilishi, kommutatsiyalash va marshrutlashtirish jadvallarining o‘zgarishi aks ettiriladi.
6.1-jadval
Tarmoqni boshqarish masalalari
Tarmoqni boshqarish sathlari
|
Boshqarish masalalari
|
Konfiguratsi-yalarni
|
Rad etish oqibatlarini bartaraf etish
|
Sifatni
|
O‘zaro
hisoblashlarni
|
Axborotni himoyalashni
|
Biznesni
|
-
|
|
-
|
-
|
-
|
Xizmatlarni
|
|
|
-
|
|
|
Tarmoqni
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
Tarmoq elementlarini
|
|
-
|
-
|
|
-
|
Rad etishlar oqibatlarini bartaraf etishni boshqarish (Fault Management, FM) deganda:
nosozliklarni aniqlash, ularni ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish;
tarmoqning barcha muhim elementlari holatini haqiqiy vaqtda nazorat qilish;
tarmoqni tezkor rekonfiguratsiyalash;
nosozliklarni bartaraf etish;
ishdan chiqqan aloqa qurilmasini tiklash jarayonlarini boshqarish;
rad etishlar to‘g‘risidagi xabarlarni qayd etish, filtrlash va aks ettirish;
nosozliklarni qayd etish qaydnomasini yuritish;
foydalanilayotgan tarmoq modeli va uning elementlari asosida xabarlarni korrelyatsion tahlil qilish;
tarmoqdagi reglamentli va avariya holatlaridagi ishlar haqida foydalanuvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish tushuniladi.
Vazifalarning bu guruhi yana o‘z ichiga tarmoq ishidagi to‘xtab qolishlar va rad etishlarning oqibatlarini aniqlash, tavsiflash va bartaraf etishni qamrab oladi. Bu sathda faqat xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlarni qayd etishgina emas, balki ularni ma’lum bir korrelyatsion model asosida filtrlash, marshrutlash va tahlil qilish ishlari ham bajariladi. Filtrlash, xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlarning jadal oqimidan faqat eng muhim xabarlarni ajratib olishga imkon beradi. Marshrutlash, ularni kerakli elementga yetkazib berishni ta’minlaydi, korrelyatsion tahlil esa o‘zaro bog‘liq xabarlarning oqimini yuzaga keltirgan sababni (masalan, kabelning uzilishi, tarmoqlar va serverlarga kirish mumkin emasligi to‘g‘risida katta miqdordagi xabarlarning sababchisi bo‘lishi mumkin) topishga imkon beradi. Xatolarni bartaraf etish avtomatik tarzda ham, yarimavtomatik tarzda ham bo‘lishi mumkin.
|
| |