Tarmoqni boshqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish (E.412, E.413 tavsiyalari)




Download 8,17 Mb.
bet60/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Tarmoqni boshqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish (E.412, E.413 tavsiyalari). Telekommunikatsiya tarmog‘ining holati quyidagi sabablar natijasida vaqt bo‘yicha o‘zgaradi:

  • foydalanuvchilar yaratadigan trafikning o‘zgarishi;

  • qurilmalarning shikastlanishi;

  • avariyalar;

  • xizmatlar ishidagi rejalashtirilgan tanaffuslar.

Katta yuklanish kunlarini rejalashtirish. Katta yuklanishni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan voqealar orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • umumiy bayramlar – yangi yil, Navro‘z;

  • har yilning aynan bir kuniga to‘g‘ri kelmaydigan diniy bayramlar, sportning ommaviy turlari bo‘yicha jahon chempionatlari yoki qit’a birinchiliklari;

  • milliy bayramlar;

  • nodavriy voqealar, jumladan, savdo yarmarkalari, davlat arboblarining rasmiy tashriflari, xalqaro konferensiyalar va yig‘ilishlar.

Katta yuklanish kunlari uchun rejalar tuzishda quyidagi chegaralarni nazarda tutish kerak:

  • qo‘shimcha kanallarni ishga tushirish;

  • kanallarni ikki tomondan band qilish yo‘nalishlaridan bir tomondan band qilishga o‘tkazish;

  • trafikni odatda foydalanilmaydigan tranzit uzellar orqali marshrutlashtirishni nazarda tutadigan aloqa yo‘nalishlari rejasini o‘zgartirish;

  • odatdagi tranzit uzellarning o‘ta yuklanishini bartaraf etish;

  • katta yuklanishlar davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar to‘g‘risida foydalanuvchilarni xabardor qilish;

  • rejani ishlab chiqishda qo‘llaniladigan mezonlarni asoslash.

Qurilmaning shikastlanish vaziyatlari. Shikastlanishlarning oldini olish rejalarini tuzishda, agar shunday rejalarni tarmoq ob’ektlarini kuzatish tajribasidan kelib chiqib tuzish imkoni bo‘lsa, unga quyidagilarni kiritish zarur:

  • shikastlanish miqyoslari aniqlanmagan sharoitda qabul qilinadigan dastlabki choralar;

  • shikastlanish sabablari va miqyoslari aniqlangandan so‘ng qabul qilinadigan keyingi choralar;

  • tarmoq ishida yuzaga kelgan sharoitlarni baholash.

Tarmoqda shikastlanishlarga aks ta’sir ko‘rsatish rejalariga quyidagi choralar kiritilishi kerak:

  • shikastlanish ta’sir ko‘rsatgan punktlarni yoki boshqa ob’ektlarni identifikatsiya qilish;

  • tarmoqni profilaktika qilish maqsadida shikastlangan yoki vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan (uzib qo‘yilgan) uchastkalarini aylanib o‘tish uchun foydalaniladigan, aylanma yo‘llar bo‘yicha trafikni vaqtincha yo‘naltirish;

  • foydalanuvchilar uchun maxsus yo‘riqnomalar;

  • rejani bajarish mezonlari (mazkur reja foydalaniladigan shartlar ro‘yxati).

Avariyalar. Avariyalarni oldindan bilish muammoli masala, ammo ularning oqibatlarini ma’lum bir aniqlikda oldindan ko‘ra bila olish maqsadga muvofiqdir. Avariya holatlariga munosabat bildirish rejalariga quyidagilar kiritilishi kerak:

  • manfaatdor ma’muriyatlar, xususiy tarmoq xizmatlari va foydalanuvchilarning xabarnomalari ro‘yxatlari;

  • avariya sharoitida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan harakatlar ro‘yxati;

  • xodimlar shtatini oshirish va ish vaqti davomiyligini oshirish bilan bog‘liq choralar.

Xizmatlar ishidagi rejali tanaffuslar. Tarmoq uchastkalari, uzellari va stansiyalari ishida ko‘zda tutilgan tanaffuslar vaqtida quyidagi choralarni ko‘rish zarur:

  • boshqa ma’muriyatlar talab qiladigan nazorat jarayonlari;

  • manfaatdor operatorlar uchun mo‘ljallangan shoshilinch chaqiruvlarni o‘rnatish jarayonlari.

Tarmoqni boshqarishni tashkil etish (E.413 tavsiyasi). Tarmoqni boshqarishni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tarmoqni boshqarish uchun xizmatlarning o‘zaro ta’sirini tashkil etish va rejalashtirish;

  • tarmoqni boshqarish buyruqlarini harakatga kiritish va chiqarish;

  • tarmoqni boshqarish tizimini rivojlantirish.

Ishchi stansiya monitorida tarmoqning holati haqidagi axborotning aks ettirilishi. Tarmoq tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifati to‘g‘risidagi axborot, xizmatlarni boshqarish sathi ishchi stansiyasi (WS) monitorida tezkor tarzda aks ettirilishi kerak (6.2-rasm).


6.2-rasm. Ishchi stansiya monitorida tarmoq holatini aks ettirilish namunasi


Xizmat ko‘rsatish sifatining har bir ko‘rsatkichiga ma’lum bir chegara qo‘yilishi kerak. Agar xizmatlar sifatining birorta ham ko‘rsatkichlari chegaraga yetmasa, u holda monitorda «NORM» aks etadi. Aks holda «ALARM» aks etadi. Tahlikali holat quyidagi sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin:



  • aloqa yo‘nalishida o‘ta yuklanish (Overload), %;

  • qurilmalarning rad etishlari (Failure).


    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqni boshqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish (E.412, E.413 tavsiyalari)

Download 8,17 Mb.