R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet56/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Qabul qilib oluvchining vazifasi. Qabul qiluvchi sinxronlanuvchi oqimlarni ajratishi va ularni eshitish oldidan tenglashtirishi kerak. Oqimlarni ajratishga turli oqimlarda bir xil CNAME nomlardan foydalanib juda oson erishiladi. Sinxronizatsiya tadbirining o‘zi ancha murakkabdir (5.9 va 5.10 rasmlar).
Qabul qilib oluvchi avval jo‘natuvchi belgilagan umumiy vaqt bilan sinxronlanuvchi oqimlar vaqti o‘rtasidagi muvofiqlikni RTP va RTCP paketlari ma’lumotlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlaydi. M vaqt belgili RTP ma’lumotlar paketini qabul qilib olishda kechikish vaqti hisoblab topilishi mumkin:
. (4.1)
Bu yerda: Msr - oxirgi olingan RTCP paketda RTP vaqt belgisi; TSsr - sekund hisobidagi umumiy vaqt; R - soatning gers hisobida berilgan nominal tezligi.

5.9-rasm. Foydalanuvchi tomonida tovush va tasvirning sinxronizatsiyasi

5.10-rasm. Foydalanuvchi tomonida vaqtlarning muvofiqligini o‘rnatish
Qabul qilib oluvchi ham mahalliy soatga muvofiq sinxronizatsiyalangan TR ma’lumotlarni chiqarish vaqtini hisoblaydi. U jo‘natuvchining umumiy vaqti bilan muvofiqlashtirilgan, dekoderlash uchun boy berish buferida musbat kechikish, aralashtirish va ishlov berish bilan moslashtirilgan paketning vaqt belgisiga teng.
Kechikish va boy berish vaqti ma’lum bo‘lganda, qabul qilib oluvchi har bir oqim uchun malumotlarni kechikishi va ularni boy berishi orasidagi nisbiy kechikishini hisoblashi mumkin. Agar ma’lumotlar TS vaqtida jo‘natuvchining umumiy vaqti bo‘yicha kechikkan va TR vaqtda qabul qilib oluvchining soati bo‘yicha chiqarilsa, u holda ular orasidagi D=TR-TS farq tasvirni kechikishi va uni chiqarish orasidagi kechikishning kattaligini beradi. Jo‘natuvchi va qabul qiluvchining soatlari sinxronlashtirilmaganligi uchun bu qiymat o‘z ichiga ular orasidagi noma’lum siljishni qamrab oladi, lekin uni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi, chunki u barcha sinxronlanuvchi oqimlar uchun bir xildir, bizni esa faqat oqimlar o‘rtasidagi nisbiy siljish qiziqtiradi.
Tovush oqimi uchun ham, tasvirlar oqimi uchun ham bunday kechikishni hisoblagandan so‘ng, xususan D=Daudio–Dvideo oqimlar uchun sinxronizatsiyaning kechikishini hisoblash mumkin. Agar bu qiymat nolga teng bo‘lib chiqsa, u holda oqimlar sinxronlashgan bo‘ladi. Aks holda u oqimlar orasida sekundlar hisobidagi siljishni beradi.
Ilgarilovchi ma’lumotlar oqimi uchun sinxronizatsiyaning kechikishi, ma’lumotlarning vaqt belgisi formatiga qiymatlarni o‘zgartirish uchun ma’lumotlar oqimining nominal tezligiga ko‘paytiriladi va keyin vaqtni barcha hisoblanishlarida doimiy siljish qiymati tarzida foydalaniladi. Foydalanuvchi o‘z ustivorliklariga muvofiq sinxronizatsiyani qaysi oqim bo‘yicha o‘tkazishini tanlab olishi mumkin. Ko‘pchilik kodeklar uchun videoni kodlash va dekoderlash ustunlik qiluvchi oqim bo‘lib hisoblanadi, ammo tovush yuz berayotgan o‘zgarishlarga ancha sezgirroqdir. Sinxronizatsiyaning kechikishini oqimlardan istalganining kechikishi o‘zgarganda qayta hisoblash zarur. Bu shuningdek umumiy vaqt bilan oqim vaqti orasidagi nisbat o‘zgarganda ham zarurdir.

Download 8,17 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.