|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 55/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeOvoz va tasvir sinxronizatsiyasi.
Multimedia seansi bir nechta oqimlardan iborat bo‘lib, ularning har biri RTPning alohida seansida uzatiladi. Kodlash formatlari bilan bog‘liq kechikishlar amaliy farq qiladi, 5.6-rasmda ko‘rsatilganidek, turli xil oqimlarda boy berish vaqti har xil bo‘ladi.
Odatda sinxronizatsiya tovush va tasvir oqimlarini tenglashtirish uchun qo‘llaniladi, ammo mazkur texnologiya istalgan turdagi oqimlar uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Ko‘pincha tovush va tasvirni alohida oqimlarga bo‘lishni sean ishtirokchilarining nimani afzal ko‘rishlariga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zilar video konferensiyalarda faqat tovushni qabul qilishni afzal ko‘rishadi. Ayniqsa bu ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan konferensiyalar uchun muhimdir.
5.6-rasm. Multimedia oqimlarining sinxronizatsiyasi
Jo‘natuvchining o‘zini tutishi. Jo‘natuvchi multimedia oqimlarini sinxronizatsiyalash jarayonida, umumiy va oqim vaqtini muvofiqlashtirish to‘g‘risida RTCP paketlari orqali davriy xabardor qilish va umumiy sathni ishga tushirish yo‘li bilan yordam beradi. Umumiy soat o‘zgarmas tezlikda yuradi, qabul qiluvchiga esa 5.6-rasmda ko‘rsatilganidek, oqimlardagi tezliklarni tenglashtirishga yordam beruvchi axborot beriladi.
Umumiy va oqim vaqti orasidagi muvofiqlik RTCP paketini shakllantirish vaqtida aniqlanadi. Umumiy Treference vaqti RTP paketining vaqt belgisida aks ettiriladi:
TRTP = Treference∙ Raudio + Oaudio
Bunday soatlarning siljishini (surilishiini) hosil qilamiz:
Oaudio = Taudio – (Tailable – Daudio_capture) ∙ Raudio.
Tavailable - operatsion tizimdagi kechikishlar bilan, Daidio_capture esa ma’lumotlarni kechikish jarayonining davomiyligi bilan aniqlanadi. 5.7-rasmda multimedia oqimlari turli xil manbalardan olingan holatdagi soatlarni sinxronizatsiyalash zarurati keltirilgan.
5.7- rasm. Umumiy soat bo‘yicha vaqtni tenglashtirish
Sinxronizatsiyaning yana bir muammosi - sinxronizatsiya qo‘llanilishi kerak bo‘lgan oqimlarni identifikatsiya qilishdir. Bu masalani RTP bog‘langan manbalarga umumiy nomlar (CNAME) berish yo‘li bilan hal qiladi, shuning uchun qabul qiluvchi bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan oqimlarni farq qiladi.
5.8-rasm. Turli manbalardan kelayotgan oqimlarni sinxronizatsiyalash
|
| |