|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 52/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeVoIP signalizatsiya tizimlari
SIP arxitekturasini yaratish. VoIP tizimi uchun signalizatsiya protokollarini yaratish muhitidagi ishlar Session Invitation Protocol protokoli yozilgan draft-ietf-mmusic-sip-00IETF spetsifikatsiyani (tasniflash) chiqishi bilan IETFda boshlangan.
Bu xujjat faqat aloqa seansini o‘rnatish so‘rovini tasniflagan, biroq rivojlanishda bu tasniflash o‘sha vaqtda yaratilgan konferensiyani multimediali arxitekturasini integratsiyasiga mo‘ljallangan.
Seanslarni qayd etish protokolini birinchi tasnifi yaratilgunicha, hozirda SIP (Session Initiation Protocol) sifatida ma’lum, 1996 yil IETFda aloqa seanslarini o‘rnatishni ikkita protokoli raqib bo‘lgan: Simple Conference Invitation Protocol (SCIP) va SIP protokollari.
IP ustidan UKS7 signalizatsiyasi. IP-tarmoq orqali UKS7 axborotini uzatishni tashkil qilish masalasi bo‘yicha IETF tarkibiga kiruvchi Sigtran ishchi guruhi shug‘ullanadi. IP tarmoq bo‘ylab UKS7 axborotini ishonchli transportlash uchun Sigtran protokollar stekining asosi, IP tarmoqda signalizatsiyani oxirgi punktlari orasida signalli xabarlarni o‘tkazishni ushlab turuvchi, oqimlarni boshqarish protokoli SCTP (Stream Control Transmission Protocol) hisoblanadi.
Moslashish protokollari
M2UA, M3UZ, M2PA, SUA, IUA
|
SCTP protokoli
|
Ip protokoli
|
5.5-rasm. Sigtran protokollar steki
SCTP oqimlarni boshqarish protokoli. Signalli aloqani tashkil qilish uchun bir oxirgi punkt boshqa punktga o‘zining transport adreslari (SCTP portini nomeri bilan birgalikda IP-adresni) ro‘yxatini taqdim etadi.
SCTP protokoli turli oqimlarda signalli xabarlarni mustaqil tartiblash imkoniga ega va signalli axborotni qabul qilishni tasdiqlash bilan o‘tkazishni, har bir oqimning xabarini ularni o‘tish navbatini saqlash bilan yetkazish, bir nechta xabarlarni bitta SCTP paketiga birlashtirish imkoniyati, zarurat o‘lchami bo‘yicha ma’lumotlarni fragmentlash va o‘ta yuklanishga chidamliligini ta’minlaydi.
|
| |