• MULTIMEDIALI SIGNALIZATSIYA VA SINXRONIZATSIYA TIZIMLARI 5.1. Telefon aloqada signalizatsiyaning vazifasi
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet49/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Nazorat savollari



    1. Qanday xalqaro elektr aloqa standartlarini bilasiz?

    2. Multimediali aloqa tarmoqlarining standartlarini ayting?

    3. O‘zbekiston Respublikasi qaysi standartlashtirish tashkilotlarga a’zo hisoblanadi?

    4. O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasi bo‘yicha qaysi standartlashtirish tashkilotlari javob beradi?

    5. ITU-T Y.1540 tavsiyasi qanday standartlarni aniqlaydi?

    6. ITU-T Y.1541 tavsiyasi qanday standartlarni aniqlaydi?

    7. Quyi sath protokollarining vazifasi nimadan iborat?

    8. Transport sathi protokollarining vazifasini tushuntiring.

    9. TCP, UDP, RTP – transport protokollarini bir-biridan farqi nimada?

    10. Marshrutizatsiya va signalizatsiyani qanday protokollari mavjud?

    11. Tarmoq sathi protokollarining vazifasini tushuntiring.

    12. TCP/IP ni amaliy sathi qanday xizmatlarni amalga oshiradi?

    13. RIP – protokolining vazifasi va xususiyatlarini tushuntiring.

    14. OSPF - protokolining vazifasi va xususiyatlarini tushuntiring.

    15. FTP – prtokolining vazifasi nimadan iborat?




    1. MULTIMEDIALI SIGNALIZATSIYA VA SINXRONIZATSIYA TIZIMLARI



    5.1. Telefon aloqada signalizatsiyaning vazifasi

    “Signalizatsiya” atamasining ta’rifi ITU tavsiyalarida keltirilgan. Signalizatsiya deb - ulanishni o‘rnatish va tugatish, shuningdek tarmoqni boshqarish va chaqiriqqa xizmat ko‘rsatish uchun maxsus mo‘ljallangan axborotlar almashish (avtomatik aloqada) tushuniladi.


    Telefoniyada tarmoq ierarxiyasi nuqtai nazaridan ikki turdagi signalizatsiyani ajratish qabul qilingan: abonent va stansiyalararo. Ko‘pincha yana bir sinf kiritilgan – stansiya ichi signalizatsiyasi.
    Signalizatsiya tizimini klassifikatsiyalashning yana bir foydali usuli, uzatilayotgan axborot vazifasiga asoslangan. Bu nuqtai nazardan odatda signallarni uchta turi ajratiladi:

    • akustik, chaqiriqqa xizmat ko‘rsatishni (masalan, “Stansiya javobi” va “Chaqiriqni jo‘natish nazorati”) asosiy fazalari haqida abonentni xabardor qiladi;

    • liniyali, ulanishni o‘rnatish va tugatish jarayonida (jumladan, “Bandlik” va “Abonent javobi”) kommutatsiya qurilmasi va kanallar holatini aniqlaydi;

    • boshqaruvchi, kanalli kommutatsiyaga ega bo‘lgan qayd etilgan telefon aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan, stansiyalararo signalizatsiya aloqasini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, nomer va adres haqidagi xabardan iborat.

    Hozirgi vaqtda UFTTda bitta va ikkita ajratilgan signalli kanal (ASK) bo‘yicha signalizatsiya qo‘llaniladi. Transport tarmoq raqamli uzatish tizimi (RUT) bazasi asosida qurilgan holatlarda, odatda ikkita ASKli signalizatsiya qo‘llaniladi. ASKni tashkil etish uchun, resurslarni taqsimlash algoritmi standartlashtirilgan, ya’ni IKM-30/32 uzatish tizimining 16-kanal intervalida hosil qilingan.
    Impulslar va pauzalar yordamida chaqiruvchi abonent tergan nomerni uzatish, ulanishni o‘rnatish jarayonini sekinlashtiradi. Bu kamchilikni kamaytirish maqsadida ko‘p chastotali signalizatsiya kiritilgan. Unda qo‘llaniladigan ko‘p chastotali kodni signalli kombinatsiyalari ikkita sinusoidal signallardan iborat. Uzatiladigan signallar, oltita imkoniyatlidan ikkita turli chastota nominalini qo‘llaydi. Mos keladigan usul ko‘pincha “6 dan 2” kodi deyiladi.
    Umumkanal signalizatsiya (UKS) tizimi modelida funksional sathlarni ajratish prinsiplari bir qator spetsifik xususiyatlarga ega. Buning natijasida u OSI modelidan farqlanadi. 5.2-rasmda UKS tizimining modeli keltirilgan va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan, aynan o‘xshash tuzilishdan uni farqi ko‘rsatilgan. Bu yetti sathdan iborat tuzilish OSI abbreviaturasi bo‘yicha yaxshi ma’lum.



    5.1-rasm. Umumiy kanal bo‘yicha signalizatsiya

    UKS tizimining uchta quyi sathi MTP (Message Transfer Part) xabarini tashuvchi tarmoq tagini hosil qiladi. Bu MTP sathlarning funksional imkoniyatlari, avval mavjud bo‘lgan uchta “nimtarmoq – foydalanuvchilar” signalli yuklamaga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli edi:



    • ma’lumotlar uzatish tarmog‘i - DUP (Data User Part);

    • xendover jarayoni - HUP (Handover User Part);

    • telefon tarmog‘i - TUP (Telephone User Part).




    5.2-rasm. Umumkanal signalizatsiya tizimining modeli

    Signalli ulanishlarni boshqarish nimtarmoq SCCP (Signalling connection control part) OSI modelining 3-sathigacha MTRZ vazifalarini to‘ldiradi va keyingi “nimtarmoq – foydalanuvchilar” ishi uchun zarur:



    • NMT-450 standartidagi harakatlanadigan aloqa - MUP (Mobile User Part);

    • integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoq - ISUP (ISDN User Part).

    Shuningdek SCCPning funksional imkoniyatlari, TCAP (Transaction Capabilities Application Part) tranzaksiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun nimtarmoq qo‘shimchalarida qo‘llaniladi. O‘z navbatida, TCAP nimtarmoq keyingi amaliy nimtarmoqlarini ishlashi uchun zarur:

    • GSM standartidagi mobil aloqada - MAP (Mobile Application Part);

    • ekspluatatsion boshqarish – OMAP (Operations, Maintenance and Administration Part);

    • intellektual tarmoqlar - INAP (Intelligent Network Application Protocol);

    • CAMEL protokoli - CAP (CAMEL Application Protocol).





      1. Download 8,17 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.