• Multimediali aloqa tarmoqlarining yuqori sath protokollari
  • Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay




    Download 8,17 Mb.
    bet47/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay



    X.25 protokoli. X.25 protokoli asosidagi paketlarni kommutatsiyalash tarmog‘i – 1970 yillar oxirlarida, analog uzatish muhiti orqali ikkita uzoqdagi punktlar orasida ma’lumotlar uzatishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Ularni qo‘llanilishining asosiy muhiti terminallar va ishchi kompyuterlar orasidagi aloqa bo‘lgan. ITU-T da ishlab chiqilgan X.25 protokoli OTO‘B modelining uchinchi sathining protokoli hisoblanib, tarmoq orqali paketlarni uzatishni ta’minlaydi. X.25 protokolda axborotni butunligini saqlash masalasi tarmoqga qo‘yilgan, ya’ni halaqitlarga chidamli kodlarni qo‘llash, so‘rash va tarmoq uzellari orasida paketlarni takrorlash yo‘llari orqali erishilgan.
    Qisqa masofali telefon tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan X.25 protokollarida xatolik ehtimolligi (10-3 - 10-4) katta (ma’lumotlar uzatish uchun), bu esa paketlarni yo‘qolishiga va ularni takror uzatish zaruratiga olib keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni yechimini Fram Relay texnologiyasi ta’minlaydi, ya’ni o‘zida X.25 protokolini soddalashtirilgan turini ifodalaydi.
    Fram Relay protokoli. Fram Relay protokoli (kadrlarni kommutatsiyalash/retranslyatsiyalash) 90-yillar boshida standartlashtirilgan, kanalda xatolik ehtimolligi 10-6 tartibda. X.25 texnologiyasi singari Fram Relay protokoli ulanishni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Fram Relay protokoli OTO‘B modelining birinchi ikkita sathida amalga oshiriladi. Fram Relay texnologiyasida protokolli bloklar sifatida kadrlar qo‘llaniladi. Fram Relay texnologiyasi kadrlarida foydali yuklama maydonining uzunligi 4096 baytgacha oshirilgan, X.25 protokolida esa 256 bayt.

      1. Multimediali aloqa tarmoqlarining yuqori sath protokollari



    Yuqori sath protokollari (5-7). Amaliy sath protokoli asosiy protokol hisoblanadi, aynan u tufayli qolgan barcha protokollar mavjuddir. U amaliy deyiladi, chunki u bilan boshqa ochiq tizimlarda joylashgan amaliy jarayonlar bilan birgalikda qandaydir masalani yechishi kerak bo‘lgan tizimning amaliy jarayonlari o‘zaro ta’sirlashadi. OTO‘B etalon modelning amaliy darajasi, ochiq tizimlar qandaydir oldindan ma’lum bo‘lgan masalani birgalikda yechishi jarayonida almashadigan ma’lumotlarning mazmuniy tarkibini aniqlaydi.
    Oltinchi daraja taqdim etish darajasi deyiladi. U asosan uzatiladigan ma’lumotlarni kerakli tarmoq shaklida taqdim etish jarayonini aniqlaydi. Bu tarmoq turli oxirgi punktlarni (masalan, turli kompyuterlarni) birlashtirishiga bog‘liq. Agar tarmoqdagi barcha oxirgi punktlar bitta turda bo‘lganida edi, taqdim etish darajasini kiritish kerak bo‘lmas edi. Har xil turlardagi kompyuterlarni birlashtiradigan tarmoqda, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotlar ma’lum yagona taqdim etish shakliga ega bo‘lishi kerak. Aynan bu shaklni oltinchi daraja protokoli aniqlaydi.
    Protokollarning navbatdagi beshinchi darajasi sessiyalar yoki seanslar protokoli deyiladi. Uning asosiy vazifasi amaliy jarayonlar orasidagi o‘zaro ta’sirlashish – amaliy jaryonlarning o‘zaro ta’sirlashishi uchun ularni ulash usullarini tashkil etish, jarayonlarning o‘zaro ta’sirlashishi va “ulanishni uzish” vaqtlari jarayonlari orasida ma’lumotlarni uzatishni tashkil etish hisoblanadi.
    So‘ngra pastki makro sathning to‘rtta protokoli keladi. Pastki sath protokollarining asosiy vazifasi ma’lumotlarni tezkor va ishonchli uzatish hisoblanadi. Shuning uchun pastki sath protokollari ba’zan transport tarmog‘i protokollari deyiladi. Transport tarmog‘iga chiqish port orqali amalga oshiriladi. Har bir jarayon o‘z portiga ega bo‘ladi. Transport tarmog‘iga kirishdan oldin foydalanuvchining ma’lumoti, uni yaratgan jarayonning sarlavhasini oladi. Transport tarmog‘i pastki sath protokollarini qo‘llab, jarayon (xabar) sarlavhasiga ega foydalanuvchining ma’lumotini manzilga (adresga) uzatishni ta’minlaydi. Internet protokollarining arxitekturalari to‘rtta sathli hisoblanadi. Keyinroq paydo bo‘lgan ISO etalon modeli protokollarining yetti sathli arxitekturasini TCP/IP ning keyingi rivojlanishi sifatida qarash mumkin. Haqiqatdan ham, ikkkita arxitekturaning farqi shundan iboratki, TCP/IP arxitekturasidagi OSI modelining uchta yuqori sathlari (amaliy, taqdim etish, seanslar) bitta amaliy darajaga birlashtirilgan (4.3-rasm). TCP/IP tarmoq interfeyslarining sathi, OSI modelining ikkita kanalli va tarmoq sathlariga mos keladi.
    TCP/IP amaliy sathi quyidagi an’anaviy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydi:

    • elektron pochtani uzatishning oddiy protokoli SMNP (Simple Mail Transfer Protocol) yordamida ishlatiladigan elektron pochta va yangiliklarni almashish;

    • IMAP (Internet Massage Access Protocol), POP (Post Office Protocol) va X.400 pochta protokollari; NNTP (Network News Transfer Protocol) yangiliklarni almashish tarmoq protokoli;

    • Telnet protokoli yordamida amalga oshiriladigan virtual terminal;

    • fayllarni uzatish FTP (Fail Transfer Protocol), TFTP (Trivial Fail Transfer Protocol) NFS (Network File Systems) protokollari yordamida amalga oshiriladi;

    • ma’lumotnoma xizmatlari DNS (Domain Name System) domen nomlari va X.500 tizimlari yordamida amalga oshiriladi;

    • yordamchi protokollar: shaxsiy identifikatorlarni olish;

    • BOOTR, vaqt - NTP (Network Time Protocol), diagnostika;

    • Echo va tizim haqidagi ma’lumotlar – Finger.

    1990-yillar o‘rtalarida URL (Universal Recourse Locator) va URN dan (Universal Recourse Names) foydalanib gipermatnni uzatish protokoliga HTTP asoslangan WWW (World Wide Web) texnologiyasi bazasidagi xizmatlar faol joriy etildi. Bugungi kunda SIP (Session Initiation Protocol), RTP (Real-time Protocol), RTCP (Real-time Transport Control Protocol) protokollari, H.323 tavsiyalari asosidagi paketli IP-telefoniya xizmatlari ommaviy hisoblanadi.
    Stekdagi alohida o‘rinni quyidagi monitoring va boshqarish protokollari egallaydi:

    • SMNP (Simple Management Transfer Protocol) –boshqaruv uzatishni oddiy protokoli ;

    • RMON (Remote Monitoring) – masofaviy monitoring.

    Bu protokollar yordamida tarmoqning holati kuzatiladi va uni ma’murlashtirish o‘tkaziladi.

    Download 8,17 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay

    Download 8,17 Mb.