|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 43/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeNazorat savollari
Qanday xizmatlar klassifikatsiyasiga asoslangan prinsiplarni bilasiz?
Uzatilayotgan ma’lumot turi bo‘yicha qanday xizmatlar klassifikatsiyasi mavjud?
Telefon xizmati turini boshqa xizmat turlaridan ajratishning asosiy sababi nimada?
Asosiy va qo‘shimcha xizmatlarga qanday xizmat turlari kiradi?
“Xizmat ko‘rsatish sathi haqidagi kelishuv” (SLA) tushunchaning ma’nosi nimadan iborat?
Xizmat ko‘rsatish sifati va tarmoq xarakteristikasi deganda nimani tushunasiz?
Xizmat ko‘rsatishning qanday sifat ko‘rsatkichlarini bilasiz?
IPv4 tarmoqlararo protokolning kamchiligi nimada?
IPv6 protokolini kiritish afzalligi nimada?
VoIP texnologiyasining vazifasi nima?
IPTV texnologiyasining vazifasi nima va u qanday xususiyatlarga ega?
Internet tarmog‘ida qanday zamonaviy ilovalar mavjud?
IP – optik tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashning qanday xususiyatlari mavjud?
DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoqlarda IP trafikni uzatish uchun qanday kommutatsiyalash texnologiyalari qo‘llaniladi?
IP-over-DWDM tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati qanday ta’minlanadi?
Xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar nima tufayli yuzaga keladi?
Xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning qanday yechimlari mavjud?
MULTIMEDIALI ALOQA TARMOQLARI STANDARTLARI
4.1. Xalqaro elektr aloqa tavsiyalari va standartlari
ITU-T turli mamlakatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Umuman bu tavsiyalarni standart deb hisoblab bo‘lmaydi, lekin shunga qaramay ko‘pgina mamlakatlar ITU tavsiyasiga xuddi standart kabi qarashadi. Bunday amaliyot elektr aloqa tarmoqlari operatorlari uchun telekommunikatsiya tizimlarini o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash, qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar uchun esa ularni boshqa mamlakat bozorlarida milliy standartlarga hech qanday o‘zgartirishsiz sotish imkonini beradi.
1855-yilning may oyida Parijda Xalqaro Telegraf Ittifoqini - International Telegraph Union yaratish haqidagi konvensiyaga qo‘l qo‘yilgan. 1932-yil Madridda o‘tkazilgan konferensiyada Xalqaro Telegraf Birlashmasini shunga o‘xshagan radioaloqa masalalari bilan shug‘ullanadigan tashkilot bilan birlashtirish hal qilindi. Natijada ITU (International Telecommunication Union) nomi paydo bo‘ldi. Bu o‘zgartirish ingliz tilida ITU qisqartmasini o‘zgartirishni talab etmadi. 1947-yildan boshlab ITU ning statusi o‘zgardi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus muassasasiga aylandi. 1948-yildan boshlab ITU ning masshtabi Jenevada joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil iyuldan boshlab ITU a’zosi hisoblanadi va a’zolik vazifasini bajarish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga yuklatilgan. Hozirgi paytda (tuzilishlar bir qator o‘zgargandan keyin) ITU ning asosiy ishchi tashkilotlari uchta sektorda ifodalangan:
telekommunikatsiyani standartlashtirish (ITU-T);
radioaloqani standartlashtirish (ITU-R);
telekommunikatsiyani rivojlantirish (ITU-D).
Uchta sektorning har birida asosiy faoliyat yuritadigan, ITU tavsiyalarini va boshqa xujjatlarni ishlab chiqaruvchi bir qator tadqiqot komissiyalari tuzilgan. Shuni ham aytish joizki, ITU aloqa sohasida standartlashtirishga tegishli bo‘lgan boshqa bir qator xalqaro, Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo tashkilotlari bilan chambarchas bog‘liq holda ish olib boradi.
ITU tomonidan chiqariladigan, elektr aloqa standartlari sektorining tadqiqot komissiyasi ro‘yxati va tavsiyalarining seriya nomlarini http://www.itu.int saytidan topish mumkin. Bu saytda ITU tomonidan ishlab chiqilgan foydali xujjatlar joylashtirilgan.
1988-yil Yevropa Telekommunikatsiya standartlashtirish instituti – ETSI ta’sis etilgan. Uning standartlari turli milliy telekommunikatsiya tizimlarini moslashuvchanligini ta’minlash bilan bog‘liq, bu esa o‘z navbatida Yevropadagi integratsion jarayonning samarali sharti kabi qaraladi.
Rasman ETSI standartlari faqat Yevropa davlatlari uchun mo‘ljallangan. Yevropadan tashqarida joylashgan ayrim tashkilotlar ETSI a’zosi hisoblanadi. Bu bir qator sabablar bilan bog‘liq, shularning ichida ETSI ning samarali ishi va Yevropani xalqaro telekommunikatsiyani rivojlantirishdagi muhim hissasini aytib o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasidan ETSI ning a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tarkibidagi – UNICON.UZ - Ilmiy texnik va marketing tadqiqotlari markazi hisoblanadi.
Standartlashtirish sohasida ETSI ning asosiy ishini texnik komitet olib boradi. Uning ro‘yxati http://www.etsi.org saytida keltirilgan. Bu saytdan ETSI ning tashkiliy va texnik aspekti ishlariga tegishli bo‘lgan mukammal ma’lumotlarni olish mumkin.
ITU va ETSI ko‘pgina muammolar bo‘yicha uyg‘unlikda ishlashi mumkin. Bundan tashqari ular boshqa xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikda ishlaydi. Ko‘p hollarda ITU va ETSI o‘zining ishini, Internet tarmoqlari uchun shuningdek konsorsiumlar va forumlar uchun standartlar ishlab chiqishga javob beruvchi, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC), IETF (Internet Engineering Task Force) tashkilotlari bilan muvofiqlashtiradi.
ITU-T va ETSI standartlari tavsiyalariga misollar.
E.800 ga qo‘shimcha, QoS savollari E.860 tavsiyasining “Xizmat ko‘rsatish sathi haqidagi kelishuv” tuzilishi, ITU-T ning E.430 “Xizmat ko‘rsatish sifatini baholash aspekti” tavsiyasini, ITU-T ning Y.1514 “Aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun tarmoqning ishlash parametrlari” tavsiyasini, ITU-Tning Y.1540 “IP-paketlarni ko‘chirishni sifat parametrlari” tavsiyasini, shuningdek ITU-T ning Y.1541 tavsiyalarini mundarijasini misol sifatida olish mumkin.
ETSIda QoS savollari bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda va shuning natijasida aloqa xizmatlarining sifatiga bo‘lgan umumiy talablarni aniqlovchi ETR 003 texnik hisobotlar va qayd etilgan telefon aloqasi tarmoqlari uchun ko‘pgina QoS ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan ETR138 texnik hisobotlar yaratildi (bir yil ichidagi abonent liniyalaridan tushgan shikoyatlar, muvaffaqiyatsiz chaqiriqlar, ulanishni o‘rnatish vaqti, telefon o‘rnatish buyurtmasini bajarish muddati, bunday buyurtmalarni vaqtida bajarilganlik qismi, nosozliklarni sozlash vaqti, kelishilgan muddatda nosozliklarni bartaraf etish qismi).
IP-tarmoqlarida va UFT tarmoqlarida konvergensiyani qo‘llab-quvvatlash uchun, IP-tarmoqlari foydalanuvchilarining turli tuman ilovalari uchun, telefoniya bilan birgalikda, QoSning differensiallashgan ishonchliligini ta’minlash zarur. U oxirdan bu oxirgacha QoSni ta’minlash uchun, IP-tarmoqlarning provayderlari IP-paketlarni uzatish va QoS masalalarini ishlab chiqish parametrlarini umumiy majmuasini kelishishi lozim.
Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi - ITU-Tning 13 tadqiqot guruhi yaqinda ikkita xalqaro standartni (tavsiyani) ishlab chiqdi.
Birinchi tavsiya - Y.1540, IP-tarmoqlarda paketlarni uzatish uchun ishlab chiqilgan parametrlarning standartlarini aniqlaydi.
Ikkinchi tavsiya - Y.1541, tarmoq interfeyslarini tutashtirishga bo‘lgan talablarning (tarmoq interfeysi network-interface-tonetwork-interface, NI-NI Y.1540 tavsiyalari parametrlari uchun) standartlarini aniqlaydi va IP-tarmoqlar uchun QoSning 6 ta sinfi bo‘yicha talablarni guruhlaydi.
Keyingi 5 ta tarmoq xarakteristikasi, ikki tomonlama xizmat ko‘rsatish sifatiga (manbadan foydalanuvchigacha) ularning ta’siri nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ITU-T Y.1540 tavsiyasida qarab chiqiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
tarmoqning o‘tkazuvchanlik qobiliyati;
tarmoq /tarmoq elementlarining ishonchliligi;
kechikish;
kechikish variatsiyasi (djitter);
paketlarning yo‘qolishi.
Tarmoqning o‘tkazuvchanlik qobiliyati (yoki ma’lumotlar uzatish tezligi), sekunddagi bitlarda o‘lchanadi va uzatishning samarali tezligi kabi aniqlanadi. ITU-T Y.1540 tavsiyasida turli ilovalar uchun o‘tkazuvchanlik qobiliyatining qiymatlari keltirilmagan. Lekin uning o‘rniga o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan parametrlar ITU-T Y.1221 tavsiyasi yordamida aniqlanishi mumkin.
Tarmoq /tarmoq elementlarining ishonchliligi bir qator parametrlar bilan aniqlanadi, shularning ichida ob’ektning ishga qobiliyatlilik vaqtining kuzatish vaqtiga nisbati bilan aniqlanuvchi tayyorgarlik koeffitsienti eng ko‘p qo‘llaniladi. Ideal holatda tayyorgarlik koeffitsienti 1 ga teng bo‘ladi, bu esa tarmoqning tayyorgarligi 100% ekanligini bildiradi.
IP paketlarini eltish parametrlari. Umumiy holda aloqa seansi uchta fazadan tashkil topgan: ulanishni o‘rnatish, axborotni uzatish va uzish. ITU-T Y.1540 tavsiyasida bu fazalardan faqat ikkinchisi – IP paketlarini eltish fazasigina qarab chiqiladi. Bunday yondashish ulanishni o‘rnatishga mo‘ljallanmagan IP tarmoqlarning tabiatini aks ettiradi. ITU-T Y.1540 tavsiyasi IP-paketlarini eltishning quyidagi parametrlarini aniqlaydi:
IPTD (IP packet transfer delay) paketlarni eltishning kechikishi, ikki hodisa orasidagi t2-t1 vaqt, ya’ni tarmoqning kirish nuqtasiga t1 lahzada paketning kirishi va tarmoqning chiqish nuqtasidan t2 lahzada paketning chiqishi kabi aniqlanadi. Bu yerda t2> t1 va t2-t1 ≤ Tmax.
4.1 rasm. Y.1540 tavsiyasining harakat muhiti va etalon modeli
Umuman, IPTD barcha paketlar uchun manbadan foydalanuvchigacha paketni eltish vaqti kabi aniqlanadi. IP paketlarini eltishning o‘rtacha kechikishi, tanlangan majmuada uzatilgan va qabul qilingan paketlarning o‘rtacha arifmetik kechikishi kabi aniqlanadi. Yuklamaning oshishi va ulanadigan tarmoq resurslarining kamayishi, tarmoq uzellarida navbatlarning oshishiga olib keladi, natijada eltishning o‘rtacha kechikishi oshadi.
Ovozli ma’lumotlar va birmuncha video axborotlar kechikishga sezuvchan bo‘lgan trafikka misol bo‘lishi mumkin, ayni shunga asosan ma’lumotlar ilovasi kechikishlarga kamroq sezgir. Unda paketni eltishdagi kechikish ma’lum bir qiymatdan Tmax oshadi va paket tashlab yuboriladi. Bu esa, haqiqiy vaqt ilovalarida (masalan, IP-telefoniyada, videokonferensiya tizimida) ovoz sifatini pasayishiga olib keladi.
vk – parametri, tarmoqning kirish va chiqish nuqtalari orasidagi IPDV (IP packet delay variation) IP-paketning kechikish variatsiyasi. Bu yerda k indeksga ega bo‘lgan paketlarni eltishdagi xk kechikish qiymati va tarmoqning xuddi shu nuqtalariga IP paketlarni eltishdagi kechikishning minimal qiymati - d1,2 orasidagi vk= xk - d1,2 farq.
IP paketlarining kechikish variatsiyasi (djitter), muntazam uzatilgan paketlar qabul qiluvchiga muntazam bo‘lmagan vaqt lahzasida yetib kelishi tufayli yuzaga keladi. Masalan, bu IP-telefoniya tizimlarida ovozni buzilishiga olib keladi, natijada nutq noaniq bo‘lib qoladi.
IPLR (IP packet loss ratio) IP-paketlarining yo‘qolish koeffitsienti, tanlangan to‘plamda uzatilgan va qabul qilingan paketlardagi, uzatilgan paketlarning umumiy sonini yo‘qolgan paketlarning yig‘indi soniga nisbati kabi aniqlanadi.
Agar paketlar yo‘qolsa, unda ma’lumotlarni uzatishda qabul qiluvchi tomonning so‘rovi bo‘yicha ular qayta uzatilishi mumkin. VoIP tizimlarida qabul qiluvchiga kechikish bilan kelgan paketlar Tmax dan yuqori bo‘lsa, tashlab yuboriladi. Bu o‘z navbatida qabul qilinadigan nutqning barbod bo‘lishiga olib keladi.
IPER (IP packet error ratio) IP-paketining buzilish koeffitsienti, buzilish bilan qabul qilingan paketlarning umumiy sonini, muvaffaqiyatli qabul qilingan paketlarning va buzilish bilan qabul qilingan paketlarning yig‘indisiga nisbati kabi aniqlanadi.
ITU-T Y.1540 tavsiyasi, xalqaro ulanishlarda IP tarmoqlarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan parametrlar uchun me’yorlarning sonli qiymatini aniqlaydi. Bu me’yorlar, xizmat ko‘rsatishning kafolatlangan sifatini ta’minlash uchun ilovalarga va tarmoq mexanizmlariga bog‘liq holda aniqlanadigan QoS sinflari bo‘yicha ajratilgan. 4.1-jadvalda muayyan yuqori tarmoq xarakteristikalari uchun me’yorlar taqdim etilgan.
4.1-jadval
Xizmat ko‘rsatish sifati sinflari bo‘yicha taqsimlangan IP-tarmog‘i xarakteristikalari uchun me’yorlar
Tarmoq xarakteristikalari
|
QoS sinflari
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
IP, IPTD paketlarini eltishdagi kechikishlar
|
100 ms
|
400 ms
|
100 ms
|
400 ms
|
1ms
|
M
|
IP, IPDV paketlarini kechikish variatsiyasi
|
50 ms
|
50 ms
|
M
|
M
|
M
|
M
|
IP, IPLR paketlarni yo‘qolish koeffitsienti
|
1*10-3
|
1*10-3
|
1*10-3
|
1*10-3
|
1*10-3
|
M
|
IP, IPER paketlarni buzilish koeffitsienti
|
1*10-4
|
1*10-4
|
1*10-4
|
1*10-4
|
1*10-4
|
M
|
Izoh: M–me’yorlanmagan
4.1-jadvalda keltirilgan parametrlarning qiymatlari mos holda, o‘rtacha kechikishlar uchun yuqori chegara, djitter, paketlarning yo‘qolishi va buzilishi uchun berilgan. Y.1541 tavsiyasi, xizmat ko‘rsatish sinflari va ilovalar orasida moslik o‘rnatadi, masalan:
0 sinf - djitterga sezuvchan bo‘lgan va interaktivlikning yuqori darajasi bilan xarakterlanuvchi (VoIP, videokonferensiya) haqiqiy vaqt ilovasi;
1 sinf - djitterga sezuvchan bo‘lgan interaktiv (VoIP, videokonferensiya) haqiqiy vaqt ilovalari;
2 sinf- interaktivlikning yuqori darajasi bilan xarakterlanadigan ma’lumotlar tranzaksiyasi (masalan, signalizatsiya);
3 sinf - interaktiv ma’lumotlar tranzaksiyasi;
4 sinf - past sathli yo‘qotishlar mumkin bo‘lgan ilovalar (qisqa tranzaksiya, ma’lumotlar massivi, oqimlivideo);
5 sinf- IP tarmoqlaridagi an’anaviy ilova turlari.
|
| |