Paketlarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarida QoS




Download 8,17 Mb.
bet39/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Paketlarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarida QoS. OPSni ko‘pgina usullari asosida yotadigan g‘oya – ma’lumotlar o‘tishi va axborotni boshqarish yo‘lini ajratishdir. Bu holda, marshrutizatsiya funksiyalari va qayta yo‘naltirish paket sarlavhasini O/E o‘zgartirishdan so‘ng elektron mikrosxemani qo‘llash bilan bajariladi. Aynan shu vaqtda foydali yuklama shaffof holda xech qanday o‘zgartirishlarsiz, optik domenda kommutatsiyalanadi. Hozirgacha OPS tarmoqlarda xizmatlarni ajratishni ta’minlashning bir necha usullari tavsiya etilgan. Bu shu bilan bog‘liqki, OPS – nisbatan yangi texnologiya va o‘zini yechimida yana ko‘pgina muammolar kutiladi. Paketlarni kommutatsiyalashni barcha usullarida nizolar yuzaga kelishi mumkin, qachonki paketlarni katta soni chegaralangan vaqt davomida kam sonli chiquvchi zvenolar orqali uzatilishi mumkin bo‘lsa. Asosan, OPS tarmoqlarda QoS texnologiyalari, nizolar yuzaga kelganda xizmatlarni ajratishni ta’minlash maqsadida, to‘lqinli ajratish algoritmini va FDLni qo‘llaydi.
Paketlarni optik kommutatsiyalashda xizmatlarni ajratish uchun ikkita algoritm mavjud. Bu algoritmlarni OPS tarmoqlarda QoSni ta’minlashni asosiy texnologiyasi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Eltuvchilarni taqsimlash (Wavelength Allocation, WA). Bu usulda barcha erishish mumkin bo‘lgan eltuvchilar alohida ko‘pginalarga ajraladi va har bir ko‘pginalar ustunlikning turli sathlari bilan bog’lanadi, ustunlikning yuqoriroq sathi erishish mumkin bo‘lgan eltuvchilardan katta qismga ega. WA usuli xizmatlarni ajratish uchun faqat to‘lqin uzunligini qo‘llaydi va FDL buferlarini qo‘llamaydi.
Chegaraviy tashlashli eltuvchilarni kombinatsiyali taqsimlash (Combined Wavelength Allocation and Threshold Dropping, WATD). WA ga qo‘shimcha, bu usulda turli ustunliklar sinfi orasidagi farqni o‘rnatish uchun tashlab yuborish chegarasi qo‘llaniladi. Qachon FDL buferini to‘lishi o‘rnatilgan chegaradan oshsa, past ustunlikka ega paketlar tashlab yuboriladi. Bu jarayon paketning foydali yuklamasi, sarlavha to‘liq qayta ishlanmagungacha va paket sinflanmagunigacha ushlab turiladi, so‘ngra paketga eltuvchi belgilanadi. Biroq bunda kommutatsiyalash tezligini chegaralaydigan “paket paketdan keyin” prinsipi qo‘llaniladi.

Download 8,17 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paketlarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarida QoS

Download 8,17 Mb.