Xizmat ko‘rsatish sifati sohasida terminlarni tushuntiruvchi ITU-T modeli




Download 8,17 Mb.
bet35/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Xizmat ko‘rsatish sifati sohasida terminlarni tushuntiruvchi ITU-T modeli

Ingliz tilida “Xizmat ko‘rsatish sifati” terminiga Quality of Service (QoS) so‘z birikmasi mos keladi. “Xizmat ko‘rsatish sifati” termini telefon tarmoqlarining ishlab turishida turli aspektlarning tavsiflarida qo‘llaniladi.


ITU-T xujjatlarida xizmat ko‘rsatish sifatiga tegishli bo‘lgan terminlar E.800 tavsiyasi bilan aniqlanadi. Bu tavsiyada QoS ko‘rsatkichlari, xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarining birgalikda paydo bo‘lishi kabi qaraladi. Quyidagi 3.8-rasmda xizmat ko‘rsatish sifati komponentlarini va ularning o‘zaro aloqasini aniqlovchi model ko‘rsatilgan.
Kutiladigan xizmat ko‘rsatish sathi quyidagi xarakteristikalar bilan baholanadi:

  • Xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash (service support);

  • Xizmat ko‘rsatishning qulayligi (service operability);

  • Xizmat ko‘rsatishni taqdim etish (service ability);

  • Xizmat ko‘rsatish xavfsizligi (service security).

Xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash xarakteristikasi, operator xizmatini taqdim etish qobiliyatini va uning qobiliyatliligini qo‘llashni aks ettiradi. O‘z navbatida xizmat ko‘rsatishni taqdim etish xarakteristikasi quyidagi uchta guruhga bo‘linadi:

  • Xizmatlarga ulanish (service accessability);

  • Xizmat ko‘rsatish mo‘tadilligi (service retainability);

  • Xizmat ko‘rsatishning to‘liqligi (service integrity).

Xizmatlarga ulanish xarakteristikasi, foydalanuvchining talablari bo‘yicha ularni olish imkonini va so‘ralgan vaqt oralig‘ida yomonlashishi sezilmaydigan holatda xizmat ko‘rsatishni davom ettirishni baholaydi.
Xizmat ko‘rsatish mo‘tadilligining xarakteristikasi, so‘ralgan vaqt oralig‘i davomida berilgan atributlar bilan, olingan xizmatlardan foydalanish imkonini aniqlaydi.
Xizmat ko‘rsatishning to‘liqlilik xarakteristikasi, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘laligicha, yomonlashmasdan amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatish xavfsizligi xarakteristikasi, telekommunikatsiya tarmoqlarining quyidagi ishlash aspektlari bilan bog‘liq: ruxsat etilmagan monitoring, g‘irromlikni qo‘llash, buzuq niyatda shikast yetkazish, noto‘g‘ri qo‘llash, inson xatolari, tasodifiy falokatlar.
Yuqorida qayd etilgan barcha xizmat ko‘rsatish xarakteristikalari tarmoqning ishlash sifatiga, shuningdek funksional imkoniyatlariga bog‘liq. Mos keluvchi bog‘lanishlar 3.8-rasmning past qismida chiziq liniyalar bilan belgilangan.


Platalarning ustama xarakteristikasi (charging performance), aloqa turi, belgilangan punkt, sutkadagi vaqt va ulanishning davomiyligi nuqtai nazaridan to‘g‘rilangan ustama platalar ehtimolligi orqali aniqlanadi.
Trafikka xizmat ko‘rsatish xarakteristikasi (traffic ability perfor­mance), ma’lum bir parametrga ega bo‘lgan trafikka xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning qobiliyatini aniqlaydi. Bu xarakteristika uchta katta guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruh uchun terminlar, “Resurslar va qurilmalar” deb ataladi va ular hali aniqlanmagan. Umuman olganda rejalashtirish xarakteristikalari uchun ta’rif (planning performance), xizmatlarni taqdim etish (provisioning performance) va ma’muriy boshqarish yaqin vaqtlarda ishlab chiqiladi.
Ikkinchi guruh, funksional ishonchlilik (depend ability) deb ataladi. Bu yig‘ma termin, asosiy ta’sir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda ishga qobiliyatlilik xarakteristikasida ko‘rsatiladi va to‘rtta muhim xarakteristika ajratiladi:

  • tayyorgarlik (availability) – berilgan vaqt lahzasida yoki har qanday berilgan vaqt oralig‘i lahzasida texnik vositalarni talab qilingan vazifani bajarish qobiliyati (agar zarur bo‘lsa mos keluvchi tashqi resurslarni qo‘llagan holda);

  • ishonchlilik (reliability) – ma’lum bir sharoitda, belgilangan vaqt oralig‘i davomida texnik vositalarni talab qilingan vazifani bajarish qobiliyati;

  • qayta tiklanuvchanlik (maintainability) – o‘rnatilgan sharoitda texnik vositalarni qo‘llashda xuddi shunday holatda tiklanishini qo‘llab quvvatlash, shuningdek, belgilangan jarayon va resurslarni qo‘llash yordamida talab qilingan vazifani bajarishi mumkin bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi;

  • texnik xizmat ko‘rsatishni qo‘llab quvvatlash (maintenance sup­port) – texnik xizmat ko‘rsatishni belgilangan qoidalarida, talab bo‘yicha ma’lum bir texnik vositalarni ishga qobiliyatliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan resurslarni qo‘llash imkonini beruvchi ekspluatatsion kompaniyalarning qobiliyati tushuniladi.

Uchinchi guruhga, signallarni uzatish xarakteristikalari (transmission performance) kiradi. Ular ishga qobiliyatli holatda bo‘lgan aloqa tizimi orqali uzatilgan, qayta tiklangan signalning sathi kabi aniqlanadi.
ITU-T E.800 tavsiyasida tarqalish muhitining xarakteristikalari (propagation performance) ajratilgan. Ular, shu jarayonni sun’iy boshqarishsiz, belgilangan ulanish bilan signallarni o‘tishini ta’minlovchi muhit qobiliyati bilan aniqlanadi.
Bugungi kunda kanalli kommutatsiyalash va paketli kommutatsiyalash tarmoqlari IP-infrastrukturasiga asoslangan tarmoqlarga asta-sekinlik bilan birlashmoqda. Bunday tarmoqlar UFTT (umum foydalanuvchi telefon tarmog‘i) trafiklari kabi odatdagi Internet trafiklarini ham tashiydi. Konvergensiyaning bunday tuzilishi, texnologiyalarni birlashtirish orqali tannarxning kamayishiga olib kelishi kabi yangi xizmatlarni yaratish orqali industriyaning rivojlanishi yuz beradi. Lekin amalda konvergensiya juda sekin amalga oshmoqda. Texnik nuqtai nazardan eng qiyini xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash muammolari bilan bog‘liq.
Odatdagi IP tarmoqlar foydalanuvchilarga taqdim etiladigan tarmoq resurslarining mumkin bo‘lgan haqqoniy ulushini sifatli “eng yaxshi urinish” (best effort)ni qo‘llaydi. Lekin bularni ishlab chiqarish sathida bajarilishi kafolatlanmaydi.
Best effort prinsipi haqiqiy bo‘lmagan vaqt masshtabida (elektron pochta, fayllarni uzatish) ilovalarni qo‘llab quvvatlash uchun yetarli darajada samarali va vaqtning haqiqiy masshtabiga yaqin bo‘lgan ilovalar (audio/video eshittirish, Web ni ko‘rish) uchun kengaytirildi. Biroq foydalanuvchilardan kutiladigan interaktiv ovozli telefoniya va haqiqiy vaqtning boshqa ilovalarining sifatini ta’minlash kam ehtimollidir, o‘tkazish qobiliyatini chegaralash, paketlarni yo‘qolishiga yoki kechikish kattaligini jiddiy ravishda oshishiga olib keladi.
Kelajakda, IP-tarmoqlariga asoslangan konvergensiyaning to‘liq foydali samaradorligini qo‘llash uchun, IP (VoIP)dan yuqori ovozga ega bo‘lgan ko‘p va turli tuman foydalanuvchi ilovalar uchun QoSni differensiallashni ishonchli ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan resurslarni taqsimlashni yangi prinsipini qo‘llash kerak.
QoSni boshidan oxirigacha IP uchun hal qilish, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan IP/UFTTni muvaffaqiyatli konvergensiyalash imkonini beradi, masalan quyidagi uchta qadamni:

  • IP ni ishlab chiqish parametrlarining umumiy majmuasiga nisbatan tarmoq provayderlarining shartnomalari va QoS talablarini amalga oshirish;

  • terminal uchastkada QoS ning belgilangan talablarini qo‘llab-quvvatlovchi tarmoq mexanizmlarini tarqatish;

  • kafolatlangan QoS bilan IP-protokollari so‘rovi bo‘yicha signalizatsiya protokollarida QoS talablarini joriy qilish imkonini yaratish.

Oxirgi vaqtlarda IP tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) savollari juda dolzarb bo‘lib qoldi, chunki bunday masalalarning hal qilinishi kelajakdagi XXI asr aloqa tarmoqlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
O‘tgan bir necha yillar davomida IETF tashkiloti doirasida, QoS ni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan katta yoki kichik darajadagi bir qancha arxitekturalar va mexanizmlar taklif qilindi. Bulardan anchagina taniqli bo‘lgani va qo‘llanilgani IntSerf, DiffSerf, MPLS (GMPLS)lar, shuningdek majburiy marshrutlashtirish mexanizmi hisoblanadi.




    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xizmat ko‘rsatish sifati sohasida terminlarni tushuntiruvchi ITU-T modeli

Download 8,17 Mb.