|
Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash xususiyatlari
|
bet | 36/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeOptik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash xususiyatlari
Zich to‘lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirishga (Dense Wavelength Division Multiplexing, DWDM) ega bo‘lgan texnologiya tomonidan tavsiya etilgan, yetarli chastota oralig‘i bilan birgalikda keng tarqalgan IP texnologiyasi, IP-over-DWDM kabi ma’lum va keyingi avlodning (Next Generation, NG) Internet tarmoqlarida katta masofalarga ma’lumotlarni uzatishda yetakchi hisoblanadi.
DWDM – bu zich to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasi bo‘lib, juda ko‘p chastotalarda yoki to‘lqin uzunliklarida ma’lumotlar paketlarini bir vaqtda uzatish orqali, optik tola resurslaridan samarali foydalanishga imkon beradi.
Ovozli paketlarni va videoni haqiqiy vaqt oralig’ida uzatish kabi ayrim xizmatlarni kafolatlash uchun xizmat ko‘rsatish sifatini QoS ta’minlash muammosi, optik magistrallar uchun amalda yechimini topmagan.
Optik DWDM texnologiyasi qo’llanilgan tarmoqlarda QoSni ta’minlash muammolari, elektron kommutatorlarda va marshrutizatorlarda qo‘llaniladigan QoS usullaridan bir qancha fundamental farq qiladi.
Eng asosiy farq DWDM qurilmalarida, kechiktiruvchi optik liniyalarda buferlanishi mumkin bo‘lgan paketlar navbati konsepsiyasining mavjud emasligidir. Kechikish liniyasi (Fiber Delay Line, FDL) - bu ma’lum bir vaqt oralig‘ida optik signalni kechiktirish uchun qo‘llaniladigan uzun optik tolali liniyadir.
Optik tarmoqlarda navbat alternativasi sifatida, kelgusida ma’lumotlarni optik kommutatsiyalash yo‘li orqali chastota oralig‘ini zahiralash uchun signalli axborotlarni qo‘shimcha uzatish qo‘llaniladi.
Optik kommutatsiyalash texnologiyalari
DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoq bo‘ylab IP-trafiklarni uzatish uchun uchta asosiy kommutatsiyalash texnologiyasi tavsiya etilgan. Shunga mos holda IP-over-DWDM tarmoqlari quyidagicha sinflanishi mumkin:
to‘lqinli marshtutizatsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlar (Wavelength Routing, WR);
paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Packet Switching, OPS);
bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical Burst Switching, OBS).
|
| |