|
IP tarmoqlarda turli ilovalar uchun taqsimot
|
bet | 34/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeIP tarmoqlarda turli ilovalar uchun taqsimot
Odatda tarmoq yadrosiga oqimlarni kelib tushish jarayoni katta sonli bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan seanslarni super holatini o‘zida namoyon etadi. IP tarmoqlarda oqimlar xarakteri haqidagi statik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, kiruvchi oqim va xizmat ko‘rsatish vaqti keltiradigan taqsimlashning ko‘pgina holatlarini eksponensial hisoblash mumkin.
Shu o‘rinda elastikli trafikni statik tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, oddiy taqsimlash bilan bir qatorda, kelib tushish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari sekin so‘nuvchi taqsimlanishlar bilan tasvirlanishi mumkin. Shuningdek, ko‘pgina ilovalarda oqimli trafik va haqiqiy vaqtdagi trafikning tuzilishi sekin so‘nuvchi taqsimlanishlarga kiradi. Bunday taqsimlanishlarda dispersiya katta bo‘lishi mumkin.
Sekin so‘nuvchi taqsimlanishli tasodifiy jarayonlar o‘ziga o‘xshash jarayonlar sinfiga kiradi. Ko‘rsatilgan turni taqsimlanishini keng tarqalgani Pareto, Vebulla va mo‘tadilli taqsimlanish hisoblanadi.
3.3-jadvalda IP tarmoqlarda turli ilovalar uchun statik tadqiq qilishni umumlashtirilgan natijalari keltirilgan. Bu yerda A orqali kiradigan oqimlarni taqsimlanishi, V orqali bloklarning uzunligini taqsimlanishi belgilangan.
Jadvaldan ko‘rinadiki pochta trafigi (SMTP protokoli) eksponensial taqsimlash sifatida ifodalanadi, u holda taniqli IP ilovalarning katta soni sekin so‘nuvchi taqsimlanishga mos keladi.
3.3-jadval.
IP tarmoqlarda turli ilovalar uchun statik tadqiq qilishni umumlashtirilgan
natijalari
Trafik turi
|
IETF modeli sathi
|
Taqsimlanish
|
A
|
V
|
VoIP/UDP
|
Ilovali / transportli
|
P
|
P
|
FTP/TCP
|
Ilovali / transportli
|
P
|
W va LN
|
SMTP/TCP
|
Ilovali / transportli
|
M
|
M
|
HTTP/TCP
|
Ilovali / transportli
|
P
|
LN va P
|
IP
|
Tarmoqli
|
P
|
P
|
Ethernet
|
Ma’lumotlar zvenosi
|
P
|
P
|
Ilova: P – Pareto taqsimlanish;
M – eksponensial taqsimlanish;
W – Veybulla taqsimlanish;
LN – mo‘tadilli taqsimlanish.
|
| |