IP tarmoqlarda multimediali trafik xususiyatlarini tahlil qilish




Download 8,17 Mb.
bet33/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

3.5.5. IP tarmoqlarda multimediali trafik xususiyatlarini tahlil qilish

Hozirgi kunda Internetning barcha tarmoq trafigini ikki sinfga ajratish mumkin – TCP protokoli asosida boshqariladigan trafik va UDP protokoli asosida boshqariladigan trafik. Oxirgi 5 – 7 yil davomida TCP va UDP trafiklarining proporsiyasi juda keng o‘zgardi. Taxminan trafikning 90% TCP ulanishi orqali uzatiladi. TCP trafigining o‘sishiga ta’sir etuvchi ilovalar juda tez rivojlanmoqda, birinchi navbatda turli Web ilovalar va bir darajali tarmoqlararo ulanishlar tufayli. Xuddi shu vaqtda VoIP, IPTV va boshqa taniqli yangi ilovalarni o‘sishiga bog‘liq holda UDP trafigining taxminiy hajmi taxminan 90% ni tashkil etadi. Biroq yaqin yillarda bu trafik sinfining amaliy o‘sishini kutish kuzatiladi.


Shuningdek, IP tarmoqni boshqarish va signalizatsiyani turli protokollari bilan shakllanuvchi boshqarish trafigi mavjud. Boshqarish trafigini qayta ishlash tarmoqni normal ishlashi uchun zarur, uning hajmi nisbatan kam (1-1.5%) va tarmoq ishlashining xarakteristikalariga ta’sir qilmaydi.
Internet tarmoqlarida transport protokoli turiga bog‘liq holda sinflarga ajratishdan tashqari, trafikni 3 ta asosiy tipga farqlash qabul qilingan: elastik, oqimli va haqiqiy vaqtdagi.
Elastikli termini – TCP protokolini boshqaruvchi ma’lumotlar uzatishni yaratishdagi trafikka nisbatan qo‘llaniladi. Uning nomi, tarmoqda yuklama o‘zgarishiga javoban uzatish tezligi keng oraliqlarda o‘zgarishi mumkinligi bilan bog‘langan. Bu turdagi trafik yo‘qotishlarga sezgir va kechikishlarga nisbatan moil emas.
Oqimli trafik – audio va video axborot uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan ilovalar natijasida yuzaga keladi. Bu ilovalar aloqa seansi vaqtida kechikishlarni chegaralash yo‘li bilan saqlangan, aniq uzatish tezligiga ega bo‘lgan paketlar oqimini generatsiyalaydi. Lekin bunda real vaqtdagi trafik bilan taqqoslash bo‘yicha kattaroq kechikishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin va bu turdagi trafik yo‘qotishlarga nisbatan kam sezgir.
Real vaqtdagi trafik – nisbatan katta bo‘lmagan uzunlikdagi kechikishlarni beradi va yo‘qotishlarga kam sezgir. Bu turdagi trafik IP-telefoniya tizimlarida va videokonferens aloqada mavjud. Oqimli trafik va real vaqtdagi trafik UDP protokoli boshqaruvi ostida uzatiladi.
IP klassik tarmoqlarda faqatgina best effort prinsipi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan elastikli trafik mavjud edi. Barcha uchta turdagi trafik mavjud bo‘lgan zamonaviy IP tarmoqlar uchun, best effort sathi parametrlaridan boshlanib va haqiqiy vaqt trafigiga mos keluvchi parametrlar bilan tugaydigan xizmat ko‘rsatish sifatining parametrlarini ko‘rsatkichlarining keng ko‘lami talab etiladi.



      1. Download 8,17 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IP tarmoqlarda multimediali trafik xususiyatlarini tahlil qilish

Download 8,17 Mb.