|
IPv6 datagramma sarlavhasining tuzilishi
|
bet | 29/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeIPv6 datagramma sarlavhasining tuzilishi.
90-yillar oxiridan boshlab Internetni jadal rivojlanish jarayoni boshlandi. Bu sharoitlarda abonentlar va turli qurilmalarni adresli muhitni qo‘llashi Internetni tarqalishini chegaralaydi.
Internet tarmog‘i rivojlanishi uchun adresli muhitga ulanishni oshirish zarur. Bu esa IP protokolini yangi IPv6 turini ishlab chiqilishiga olib keldi. Biroq yangi turni ishlab chiqishda adreslar muammosidan tashqari 4-turning bir qator kamchiliklari hisobga olindi.
Sarlavha tuzilishi asosida olingan mukammallashgan IPv6 protokolning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi;
- ulanishli IP adreslar sonini oshirishni va ularning konfiguratsiya jarayonini soddalashtirishni ta’minlaydigan adres maydonining yangi o‘lchamini kiritish;
- xizmat ko‘rsatishning kafolatli sifatini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
- axborotni himoyalash va audentifikatsiya vositalarini qo‘llash imkoniyati.
3.5-rasmdan ko‘rinib turibdiki, IPv6 sarlavhasining uzunligi 40 baytga teng, bu 4-turga qaraganda ikki baravar katta. Birinchi 2 ta qator (8 bayt) nazorat vazifasini ta’minlaydi va bu 2 ta qatorning tuzilishi IPv4 sarlavhasining adresli qismining ustida joylashgan qator tuzilishidan farq qiladi.
3.5-rasm. IPv6 datagramma sarlavhasining formati
“Versiya” maydoni 4 bit, paket IPv6 sarlavhasiga egaligini ko‘rsatadi.
“Trafik sinfi” maydoni 8 bit va “Oqim belgisi” maydoni 20 bit, aniq manba adreslari jufti va belgilangan punkt uchun xizmat ko‘rsatish sifatining dastlabki belgilangan sathini aniqlaydi.
Internetda xizmat ko‘rsatish sifati tarmoqning o‘tkazish qobiliyati, paketlarni kechikishi va djitter, shuningdek paketlarni yo‘qolishi orqali aniqlanadi.
“Foydali yuklama maydoni uzunligi” maydoni 2 bayt, sarlavha uzunligidan tashqari baytlarda paket uzunligini aniqlaydi. Shuningdek maydon uzunligi 16-bitga va paketning maksimal uzunligi 216-1=65535 baytga teng.
“Keyingi sarlavha” maydoni 8 bit, IPv6 asosiy sarlavhasidan keyingi keluvchi qo‘shimcha sarlavhalar turini aniqlaydi. Qo‘shimcha sarlavhalar joylashgan maydon, IP sarlavhasi, TCP va UDP sarlavhalari orasiga joylashtiriladi. Qo‘shimcha sarlavhalar o‘ziga katta funksiyalar yig‘indisini kiritadi, ular marshrutlash, fragmentlash, axborot xavfsizligi, autentifikatsiyadir.
“Qadamlar sonini chegaralash” maydoni 8 bit, 4-turdagi “Yashash vaqti” maydonining vazifalarini bajaradi.
Jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning adreslari har biri 16 baytga ega (128 bayt) ya’ni 4-turga qaraganda 4 marta ortiq.
IPv6 protokolni kiritish bilan bog‘liq ishlar 10 yildan ko‘p vaqt davomida olib borilishiga qaramay, IP tarmoqlarda apparat-dasturiy modulning asosiy qismini 4-turning IP protokoli amalga oshiradi. Bu bilan bog‘liq holda, IPv6 yangi tur protokollar oilasiga o‘tishda muammolar yuzaga keladi.
|
| |