|
Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv
|
bet | 25/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeXizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv
Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv (Service Level Agreements, SLA), telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatbardoshlik kuchaygan sharoitda mijozlarni jalb etish va saqlab qolish uchun juda kuchli vosita hisoblanadi. Foydalanuvchilarning so‘rovidan aniqlanishi bo’yicha, bunday kelishuvning natijaviy imkoniyatlari ta’minlovchining xizmatlarini tanlashda muhim omillardan biridir. Qisqa qilib aytganda SLAning ma’nosi shundan iboratki, xizmatlarni ta’minlovchi va mijozlar orasidagi shartnomada, ta’minlovchi tomonidan bajarilishi kafolatlanadigan xizmat ko‘rsatish sifatiga (Quality of Service, QoS) bo‘lgan ma’lum bir talablar o‘rnatiladi.
Agar shu kafolatlar bajarilmasa, xizmatlarni ta’minlovchiga nisbatan jarima solinadi. Boshqa tomondan, kafolatlangan sifatni bergan ta’minlovchi o‘zining xizmatlarining narxini oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Xalqaro tashkilotlar xujjatlari va ta’riflar. Xizmat ko‘rsatish sathi bo‘yicha kelishuv xalqaro tashkilotlarning bir qator xujjatlarida ko‘rib chiqiladi:
ITU-T (XEAI-T) E.860 tavsiyasi, “Framework of a Service Level Agreement”, 2002y. va E.801 “Framework for Service Quality Agreement”,1996 y.;
ETSI - qo‘llanmasi EG. 202 009-3 “User Group; Quality of telecom services; Part 3: Template for Service Level Agreements (SLA)”, 2002 y.;
Frame Relay Forum - FRF. 13 “Service Level Definitions Implementation Agreement”, 1998 y.; TeleManagement Forum (TMF) - GB917 “SLA Management Handbook”, 2001 y.
Bu ro‘yxatlarning ichida eng birinchi ITU-T E.801 yaratilgan. Unga “Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv” (Service Quality Agreement, SQA) kiritilgan va u o‘zaro bog‘langan operatorlar yoki xizmatlarni ta’minlovchilar orasida, oxirgi foydalanuvchilar va boshqa talabgorlarni qoniqtirish uchun monitoringning rasmiy dasturlarini kiritish, o‘lchash va me’yorlarni o‘rnatish haqida.
Frame Relay Forum o‘zining FRF.13 tavsilotli ro‘yxatida, kadrlarni retranslyatsiya xizmati sifat parametrlarini o‘rnatdi va bu parametrlar SLA da qo‘llanilishi mumkin. Rasman bu xalqaro xujjatlarda birinchi marta ko‘rsatib o‘tilgan. So‘ngra TMF GB917 ma’lumotnomasida va ITU-T E.860 tavsiyasi ishlab chiqildi.
E.860 tavsiyasida xizmat ko‘rsatish sifati haqida yangi tushunchalar yuzaga keldi (SQA, boshqa nomi QoS Agreement): hozirda u xizmat ko‘rsatish sifatiga tegishli bo‘lgan SLA ning qismi kabi qaraladi. Shuning uchun ham E.860 tavsiyasida bu ta’rif aniqlashtirilgan va QoS deb atalgan. QoS - bu ta’minlovchidan foydalanuvchiga taqdim etilgan xizmat ko‘rsatish darajasiga moslik va ular orasidagi kelishuv.
Differensiallashgan xizmatlar (Differentiated Services, DiffServ) modelida qo‘llaniladigan yana bir yaqin tushuncha bor, IETF – tavsilotli ro‘yxatidagi xizmat ko‘rsatish sathi (Service Level Specification, SLS).
Birgalikda xizmat ko‘rsatishni aniqlaydigan bu parametrlar majmuasi va ularning qiymati, DiffServ domenida trafiklar oqimiga taqdim etiladi. DiffServ modelida QoS ni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan SLS, SLAning bir qismi bo‘lishi mukin.
|
| |