|
Telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar
|
bet | 22/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeTelefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar. Eng ko‘p ishlatiladigan xizmatlar bu individual mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardir. Shu bilan birga aloqa operatorlari va korporativ mijozlar uchun xizmatlar bozori, xizmatlarni umumiy sonda sotish hisobiga katta foyda olib kelishi mumkin. Shu tarzda, barcha uchta mijozlar segmentlari uchun xizmatlar to‘plamini baholash zarur.
Individual mijozlar uchun:
- telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish;
- qo‘shimcha narxlarga ega bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish.
Aloqa operatorlari uchun (hududiy va xalqaro):
- xalqaro operatorlarning trafigining tranzit/terminatsiyasi;
- shaharlararo operatorlarning trafigining tranzit/terminatsiyasi;
- IP-telefoniya trafigining tranzit/terminatsiyasi;
- telefoniya va IP-telefoniya (clearing house) operatorlari orasidagi o‘zaro hisob kitob xizmatlarni taqdim etish;
- telefon va IP-telefoniya operatorlari uchun xalqaro ulanish shlyuzlarini tashkillashtirish;
- narxlar qo‘shilgan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish (intellektual xizmatlar).
Korporativ mijozlar uchun (davlat tashkilotlari, tijorat tashkilotlari va boshqalar):
- telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish;
- “tovushli VPN”ni tashkillashtirish;
- xalqaro (shaharlararo) ulanish xizmatlarini tashkillashtirish;
- narxlar qo‘shilgan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish (intellektual xizmatlar).
Bu yerda ajratilgan kanallarni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan telefon xizmatlari haqida alohida gapirilmayapti.
Ma’lumotlar uzatish xizmatlari. Yuqorida aytib o‘tilganidek, aloqa xizmatlarini tizimlashtirish bir muncha qiyinchiliklar yaratadi. Bunda ma’lumotlar uzatish xizmatlarini tartiblash ham oson bo‘lmaydi, chunki ularni turli xil klassifikatsiya bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Aloqa xizmatlari klassifikatsiyasining turlaridan biri axborot uzatish turi bo‘yicha xizmatlarni ajratish (kontent):
- ATM protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati;
- FR protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati;
- IP va boshqa protokollar bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati.
Biroq yuqoridagi ro‘yxat telekomunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari bilan amalga oshiriladigan asosiy, formal funksiyalarni tavsiflaydi. Bu bo‘limda xizmatlarni axborot almashish turi bo‘yicha tizimlashtirish taklif etiladi. Bu holda xizmatlar nomenklaturasi yuqorida ko‘rsatilgan asosiy xizmatlarni kombinatsiyalashni amalga oshiradi va u quyidagi asosiy xizmatlardan tashkil topgan:
IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosida magistral aloqa tarmog‘i xizmatlari va resurslariga ulanishni taqdim etish;
IP, ATM, FR, X.25 protokollari bo‘yicha ma’lumotlar trafigi bilan almashish;
IP, ATM, FR , X.25 trafigining tranziti;
IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosida virtual xususiy tarmoqlarni tashkil etish.
Bundan tashqari, ma’lumotlar uzatishga asoslangan xizmatlar mavjud:
ajratilgan kanallar xizmatlari, N*64 Kbit/s, E1, E3 tezlikdagi raqamli kanallarni ijaraga berish;
keng polosali videokonferensiyalarni tashkil etish xizmatlari;
tele va radioeshittirish dasturlarini taqsimlash tarmog‘ini tashkil etish xizmatlari.
Oxirgi yillarda ma’lumotlar uzatish xizmatlarining eng ko‘p qo‘llaniladigani, IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati hisoblanadi. Bu xizmatlarning ko‘p tarqalishi Internetning va uning asosida taqdim etiladigan xizmatlarning tarqalishi hisoblanadi (oxirgi foydalanuvchilar va Internet provayderlar resurslariga ulanish, elektron savdo xizmatlari va boshqalar). Biroq Internet xizmatlarining keng qo‘llanilishining oshishi, ushbu xizmatlarni yetkazib beradigan aloqa operatorlarining foydasi ko‘payishidan dalolat bermaydi va bu Internet xizmatlari yetkazib beradigan tariflarning narxlarini tushib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari odatiy muammolar: aholidan kam foyda kelishi va hududiy kompaniyalarning noodatiy siyosati. Buning oqibatiga aholining katta qismi Internet xizmatlarining doimiy foydalanuvchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Biroq Internet xizmatlari bozori yetarlicha istiqbollidir, shuning uchun Internet xizmatlarini taqdim etish, boshqa ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim etish bilan bir qatorda yagona multiservisli aloqa tarmog‘i asosida tashkil etilishi zarur.
|
| |