|
Asosiy va qo‘shimcha xizmatlar. Katta foyda keltiruvchi va marketing funksiyasini amalga oshiruvchi xizmatlar
|
bet | 21/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeAsosiy va qo‘shimcha xizmatlar. Katta foyda keltiruvchi va marketing funksiyasini amalga oshiruvchi xizmatlar. Asosiy xizmatlar bilan birga beriladigan qo‘shimcha xizmatlar, asosiy xizmatlardan keladigan foyda bilan bir xil, ba’zi hollarda ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda qo‘shimcha xizmatlar foyda keltirmasligi ham mumkin, ba’zi hollarda esa, ya’ni asosiy xizmatlarni hisobga olmagan hollarda zarar keltirishi ham mumkin. Bu holni asosan mijozlarni asosiy xizmatga jalb qilishda ishlatilishida ko‘rish mumkin.
Bir necha bunday qo‘shimcha xizmatlarni keltirib o‘tamiz.
1. O‘zining tarmog‘ida Internetga kommutatsiyalanadigan ulanish serverini o‘rnatish. Bu xizmat turi operatorlar uchun foydali bo‘lib, tarif turiga qarab Internetdan foydalanuvchilardan qo‘shimcha foyda olishadi. Biroq umumiy foydalanish telefon tarmog‘ining (UFTT) barcha foydalanuvchilari tomonidan operator tarmog‘ida amalga oshirilayotgan qo‘ng‘iroqlar operator tarmog‘ida terminlashtiriladi. Shuning uchun har bir shunday qo‘ng‘iroq uchun operator qo‘shimcha “terminlashtirilgan minut”ga ega bo‘ladi. Bu “terminlashtirilgan minut” operatorlar orasida kelishish asosida bo‘lib, buning uchun qaysi operator bilan kelishish amalga oshirilganiga qarab operatorlar to‘lovlarni amalga oshiradilar. Shuning uchun Yevropa va AQSh da hozirda “Internetga bepul ulanish” xizmati mashhur bo‘lib ketgan. Bu shunchaki bepul emas, foyda Internetga ulanishdan olinmaydi, balki mijozning operatorlar to‘lovi asosida so‘zlashuvlarga vaqtinchalik xaq to‘lash hisobiga amalga oshiriladi.
2. Intellektual xizmatlarni taqdim etish ikki barobar foyda keltiradi. Birinchidan, bu xizmat turlari yaxshigina foyda keltiradi, shuningdek bunday har bir qo‘ng‘iroq avvalgi misolimizda ko‘rganimizdek qo‘shimcha foyda keltirgan holda operator kirish trafigidan oshib ketadi.
3. Xosting xizmati, masalan, mijozlarning Web-serverlari unchalik katta foyda keltirmaydilar. Biroq katta kontent-provayderning Web-sahifasi, ma’lum bir ma’lumotga murojat qiluvchi boshqa operatorlarning mijozlari hisobiga chiquvchi IP – trafigi oshib ketishi mumkin. Bu esa boshqa Internet (Internet Service Provider, ISP) provayderlari bilan tuzilgan axborot almashish shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha foyda keltirishi mumkin. Shuning uchun odatda bepul Web-xosting ham katta foyda olib kelishi va trafikni oshishiga olib kelishi mumkin.
|
| |