Tarmoq xarakteristikasi konsepsiyasi




Download 8,17 Mb.
bet24/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Tarmoq xarakteristikasi konsepsiyasi. Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishlash sifati (Network Performance) – bu foydalanuvchilar orasida ma’lumotlar almashishni ta’minlash qobiliyatidir. Telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy xarakteristikasi – bu trafiklarga xizmat ko‘rsatish samaradorligidir (3.1-rasm).
Trafiklarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi (o‘tkazuvchanlik qobiliyati), tarmoq ob’ekti kabi xizmat ko‘rsatish sifati va ma’lum bir texnik holatda (ishga qobiliyatli va qobiliyatli bo‘lmagan kanal/liniyalarning miqdoriy munosabati) ma’lum bir jadallik bilan tushayotgan trafiklarga xizmat ko‘rsatuvchi kommutatsiyalash tugunlarining xususiyatidir.
Kommutatsiyalash tugunining qobiliyati trafikga xizmat ko‘rsatishdan iborat. U trafikning ishonchliligi, uzatish sifati, ega bo‘lgan resurslari va imkoniyatlariga bog‘liq.
Uzatish sifati - bu tayyorgarlik holatida bo‘lgan tarmoq ob’ektining qabul qiluvchi punktida signalni qayta tiklash sathidir.
Tarmoq resursi deganda - kommutatsiyalash, marshrutlash, qayta qabul qilish, tarmoq ob’ektida ma’lumotni saqlash, rasmiyatchilik (bu tushuncha ITU-T tavsiyasida hali aniqlanmagan va aniqlashtirilmagan).
Ishonchlilik - umumlashtirilgan termin bo‘lib, tayyorgarlik xususiyatini, rad etmasdan ishlash xususiyatini, ta’mirlashga yaroqlilik, texnik xizmat ko‘rsatishni va ta’mirlashni tavsiflashda qo‘llaniladi.
Tayyorgarlik - tarmoq ob’ektining ixtiyoriy vaqt lahzalarida (rejalashtirilgan davrdan tashqari, bu davrda tavsiyaga ko‘ra ob’ektni qo‘llash ko‘rib chiqilmaydi) trafikni qayta ishlash va shu lahzadan boshlab berilgan vaqt oralig‘ida rad etmasdan ishlash qobiliyati.
Rad etmasdan ishlash - ob’ektning, berilgan vaqt davomida ishga qobiliyatliligini uzluksiz saqlash qobiliyati.
Ishga yaroqlilik - tarmoq ob’ektining xususiyati bo‘lib, ogohlantirishga moslashganlik va rad etish sabablarini aniqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘tkazish yo‘li bilan ishga yaroqlilik qobiliyatini qayta tiklashdan iborat.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni ta’minlash – tarmoq ob’ektlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun xizmat operatorining vositalarni ta’minlash qobiliyati (belgilangan ekspluatatsiya sharoitlarida va qabul qilingan texnik xizmat ko‘rsatish usulida).
Xususiyatning har biri xarakteristikalar majmuasi bilan tavsiflanishi mumkin (ko‘rsatkichlar, atributlar). Masalan, xizmat ko‘rsatishga tayyorgarlik quyidagi xarakteristikalar bilan aniqlanadi: tarqalish muhitlari, qurilmaning ishga qobiliyatliligi, stansiyaning va tarmoq uzellarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati.
ITU-T E.862 (1992 y.) tavsiyalarida texnik vositalarning rad etishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatorning va foydalanuvchining iqtisodiy yo‘qotishlarini (rejalashtirishda, loyihalashtirishda, ekspluatatsiyada va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatishda) hisobga olish mumkin bo‘lgan yondashishlar keltirilgan.
Tarmoq operatorlari, bozor sharoitida ishlagan holda, rad etishlar tufayli mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni baholash va o‘zining texnik vositalarining ishonchliligini oshirishga ketadigan xarajatlar bilan ularni qiyoslashga qiziqadi. Har bir xarakteristika bir yoki bir necha hodisalar, holatlar yoki ta’sirlar bilan bog‘liq.
Xizmat ko‘rsatish sifati va tarmoqning ishlash xarakteristikalarining (atributlarni) barcha yig‘indisi ikkita kategoriyaga bo‘linadi:

  • birlamchi, xizmatga ulanish nuqtasida to‘g‘ri kuzatish yo‘li bilan aniqlanadigan va vaqtning ma’lum bir lahzalariga tegishli bo‘lgan (masalan, stansiyadan javobning kechikishi);

  • keltirib chiqilgan, bir yoki bir necha birlamchi atributlarga yoki ayrim vaqt intervaliga yaqinlashtirishga asoslangan holda aniqlanadigan (masalan, tayyorgarlik koeffitsienti).

ITU-T I.350 tavsiyasida tarmoqda va uning xizmatida qo‘llaniladigan uchta funksiya va har bir funksiyada uchta xarakteristika aniqlangan. Xuddi shu tarzda to‘qqizta birlamchi parametr (“matritsa 3x3”) olingan. Ular QoS va NP spetsifik parametrlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi (3.2-rasm):

  • tezlik bilan ulanish;

  • xatosiz ulanish;

  • ulanishning ishonchliligi (resursga ulanishda rad etish ehtimolligi);

  • ma’lumotlarni ko‘chirishning tezkorligi;

  • ma’lumotlarni xatosiz ko‘chirish;

  • ma’lumotlarni ko‘chirishning ishonchliligi;

  • bo‘shatishning tezkorligi;

  • bo‘shatishning xatosizligi;

  • bo‘shatishning ishonchliligi.

Tarmoq xizmati aloqaning ikki funksiyasini qo‘llaydi (3.2-rasm): xizmat resursiga foydalanuvchilarni ulanishini ta’minlash, o‘rnatilgan ulanish bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘chirish masalasini hal etadi va aloqa seansi tugaganidan keyin oldin taqdim etilgan resurslarni bo‘shatish. Ulanish deganda xizmatlar resurslarini olishga bo‘lgan imkon tushuniladi.



Xizmatlar xarak- teristikasi
Xizmatlar funksiyasi

Tezkorlik (Speed)



Xatosizlik (Accuracy)



Ishonchlilik (Dependability)



Ulanish (Access)










Ma’lumotni ko’chirish (User information transter)










Bo’shatish (Release)











Xizmatlarni taqdim etishda tayyorgarlik funksiyasi

…..110111111111110110011010100…… Ketma – ket vaqt lahzalari davomida tayyorgarlik holati


3.2-rasm. Tayyorgarlik holatini aniqlash uchun 3x3 matritsali usul
Ulanish jarayoni, “foydalanuvchi-tarmoq” interfeysida foydalanuvchidan so‘rov paydo bo‘lgan lahzadan boshlanadi va uning terminalida bir bitgina paydo bo‘lishi bilan tugaydi.
Foydalanuvchilarning ma’lumotlarini ko‘chirish jarayoni, ulanish tugagan lahzadan harakatga tushadi va aloqa seansi tugashidan darak bo‘lganda bo‘shatish so‘rovini uzatish lahzasida tugaydi.
Bo‘shatish jarayoni, bo‘shatish so‘rovi signali uzatish lahzasida amalga oshadi va har bir foydalanuvchi uchun aloqa seansi vaqtida ajratilgan xizmatlar resurslari bo‘shagandan keyin tugaydi.
Bo‘shatish jarayoni, xuddi bog‘lanish kabi oldingi mavjud ulanishni buzish va yuqori sath protokollarining ishini tugatilishi bilan bog‘liq.
Xizmatlar funksiyasini qo‘llashda xizmat sifati uchta parametr bilan tavsiflanadi: tezkorlik (tezlik), xatosizlik (aniqlik), ishonchlilik.
Tezkorlik, vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘ini yoki bajarish tezligini xarakterlaydi.
Xatosizlik, vazifani bajarilishini to‘g‘riligining darajasini xarakterlaydi.
Ishonchlilik, ma’lum bir berilgan kuzatish vaqti oralig‘ida vazifani bajarishda ishonchlilik darajasini aniqlaydi (bajarish tezkorligi va xatosizligiga bog‘liq bo‘lmagan holda).
Xizmatlar sifatining har bir birlamchi parametri uchun me’yorlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu me’yorlar orqali xizmatlarni taqdim etish jarayonida o‘lchangan qiymatlarni solishtirish mumkin bo‘lishi kerak.




    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq xarakteristikasi konsepsiyasi

Download 8,17 Mb.