Telekommunikatsiya xizmatlarining sifat aspektlari




Download 8,17 Mb.
bet23/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Telekommunikatsiya xizmatlarining sifat aspektlari



Xizmat sifati konsepsiyasi (Quality of Service, QoS). Telekommunikatsiya xizmatlarining sifati bo‘yicha asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz. ITU-T I.112 tavsiyalarida, telekommunikatsiya xizmatlarining barcha majmuasi ikki turga bo‘lingan:
- ma’lumotlarni eltish (bo‘lib yetkazish) (Bearer Service, BS);
- aloqani taqdim etish (Teleservice, TS).
Service tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi:

  • har xil aloqa turlari (telefon, ma’lumotlarni uzatish, faksimil, xujjatlarni izlash va boshqalar);

  • asosiy va qo‘shimcha xizmatlar;

  • har xil kommutatsiyalash usullarini qo‘llagan holda ma’lumotlarni uzatish (kanalli kommutatsiya, paketli kommutatsiya va gibrid);

  • turli uzatish muhitlarini taqdim etish (simli, optik tolali, radio va boshqalar);

  • standart tezliklari bilan farqlanuvchi (64 Kbit/s, 384 Kbit/s, 2.048 Mbit/s dan kichik, teng yoki katta) turli kanal va traktlarni taqdim etish;

  • ijaraga olingan, maxsus kelishilgan vaqt davomida, seans vaqtida resurslarni taqdim etish.

Ma’lumotlarni yetkazish xizmati (Bearer Service), “foydalanuvchi-tarmoq” interfeyslari orasida foydalanuvchilarga ma’lumotlarni hech qanday tahlilsiz va uning tarkibini qayta ishlamasdan shaffof holda uzatishni ta’minlaydi.
Aloqani taqdim etish xizmati (Teleservice), bu shunday xizmat turiki, terminal qurilmalar va tarmoq protokollarining xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanuvchilarni aloqaning barcha imkoniyatlari bilan ta’minlaydi.
Mana shu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlarni taqdim etish xizmatlari, aloqani taqdim etish xizmatini tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ma’lumotlarni eltish xizmatlari OTO‘B modelining uchta quyi sathi funksiyasini, aloqani taqdim etish xizmatlari esa shu modelning yuqori sathining bir qismini yoki barcha yettita sathining vazifasini amalga oshiradi.
Kompyuter tarmoqlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari uchun X seriyali tavsiyalarda (X.25, X.28, X.32, X.36) qo‘shimcha (Supplementary) xizmatlar aniqlangan.
Telekommunikatsiya xizmatlari sohasidagi ierarxiya tushunchasi 3.1-rasmda keltirilgan (E.800 tavsiyasi). Xizmat ko‘rsatish sifati amaliy natija, xavfsizlik, ta’minlanganlik va foydalanishga qulaylik tushunchalarini birlashtiradi.
Amaliy natijalar guruhi - ulanish, butunlilik va uzluksizlik bitta tushuncha bilan ifodalanadi - “foydalanish” (3.1-rasmning o‘ng tarafidagi yuqori burchagida to‘g‘ri burchak bilan ajratilgan).






Xizmat ko‘rsatish sifati xuddi xususiyatlar majmuasi kabi ko‘riladi:



  • ta’minlanganlik;

  • foydalanishning qulayligi;

  • xizmat ko‘rsatish xavfsizligi;

  • xavfsizlik;

  • ulanish;

  • uzluksizlik;

  • butunlik (tarmoq orqali transportlashda foydalanuvchi ma’lumotlarining mosligi) kiradi.

Foydalanish - xizmat ko‘rsatish xususiyati bo‘lib, har doim foydalanuvchiga zarur bo‘lgan seans vaqtida xizmatni taqdim etishdan iborat.
Foydalanish tushunchasining mohiyati quyidagicha aniqlanadi:

  • kirish – xizmat ko‘rsatish xususiyati foydalanuvchiga zarur bo‘lganda har qanday joyda va lahzada taqdim etilishi kerak;

  • butunlik - operatorning uzatish sifatini pasaytirmagan holda xizmatlarni taqdim etish qobiliyati;

  • uzluksizlik - ma’lum bir ekspluatatsiya sharoitida, talab qilingan vaqt oralig‘i davomida, operatorning uzluksiz xizmat ko‘rsatishni taqdim etish xususiyati.

Xizmat ko‘rsatish sifatining qolgan uchta xususiyati quyidagi ta’riflar orqali ifodalanadi:

  • ta’minlanganlik – foydalanuvchilar xizmatlarni qo‘llaganda aloqa operatorining xizmatlar majmuasini taqdim etishi va yordam berish qobiliyati;

  • foydalanishning qulayligi - qo‘llashning soddaligidan iborat bo‘lgan xizmat ko‘rsatish xususiyati;

  • xavfsizlik - bu xizmat ko‘rsatishning ruxsat etilmagan kirishlardan, yomon niyatlarda foydalanish va noto‘g‘ri foydalanish, ataylab (g‘arazli) buzish, tabiy ofatlar va insonlar xatosi kabilardan himoyalanganlik xususiyati.

Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlab turish sifati (Network Performance - NP), trafikka xizmat ko‘rsatish samaradorligini xarakterlaydi.
Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi odatda, telekommunikatsiya tarmoqlarining tuzilishi va zarur bo‘lgan xizmatlar qanday yetkazilishi bilan qiziqmaydi. Ayni shu paytda u shunga o‘xshagan xizmatlar bilan uni solishtirgan holda his qilib mazkur xizmat sifatini baholaydi.
Talablarni asoslash, foydalanuvchilarning kutishi va operatorning xarajatlarini optimallashtirish uchun quyidagilarni ta’minlash zarur:
- xizmatlar sifatiga tegishli bo‘lgan terminlarni qat’iy shakllantirish;
- kutish haqidagi ob’ektiv ma’lumotlarni, foydalanuvchi talablarini taqdim etish.
Xizmat ko‘rsatish sifati, “xizmat ko‘rsatish bilan foydalanuvchilarni qoniqqanlik darajasini aniqlovchi yig‘indi effekt” kabi ITU-T E.800 tavsiyasiga binoan aniqlangan.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan xizmat ko‘rsatish sifati, parametrlar majmui sifatida ifodalanishi mumkin. Bu parametrlar xizmat va foydalanuvchi terminlarida ham ifodalanadi va tarmoq tuzilishiga bog‘liq emas. Ular foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan effektning afzalligiga mo‘ljallangan va foydalanuvchiga xizmatlar, xizmatlarga ulanishda (ITU-T I.350 tavsiyasi bo‘yicha) osongina obektiv o‘lchashni kafolatlashi lozim.
Tarmoq xarakteristikasi (NP), foydalanuvchilar orasida aloqani ta’minlash qobiliyati kabi aniqlanadi. NP deganda hisoblanishi va o‘lchanishi mumkin bo‘lgan parametrlar yig‘indisi tushuniladi. Tarmoq xarakteristikasi eng avvalo egasi tomonidan qo‘llaniladi. Ular tizimni ishlab chiqish, xalqaro yoki milliy darajada tarmoqni loyihalash, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Telekommunikatsiya tarmoqlari foydalanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazish vazifasini amalga oshiradi.
3.1-jadvalda xizmat ko‘rsatish sifati va tarmoq xarakteristikasi orasidagi farq ko‘rsatilgan.
3.1- jadval
Xizmat ko‘rsatish sifati va tarmoq xarakteristikalari orasidagi farq

Xizmat ko‘rsatish sifati (QoS)

Tarmoq xarakteristikalari (NP)

Foydalanuvchiga mo‘ljallangan

Tarmoq operatoriga mo‘ljallangan

Xizmatlarning xususiyatlarini tavsiflaydi

Ulanish elementlarining xususiyatlarini tavsiflaydi

Foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan effektga mo‘ljallangan

Ishlab chiqish, loyihalash, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Xizmatlarga ulanish nuqtalari orasida o‘lchanadi

Ulanish elementlarining imkoniyatlari va ikki tomonlama ulanishni tavsiflaydi

Har bir xizmat xususiyatlar majmuasi bilan xarakterlanadi, ularning asosiylari xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlaydi.


Tarmoq xarakteristikalari (parametrlari) foydalanuvchi qabul qiladigan xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlaydi. Bunday tarmoq xarakteristikalariga trafik, chaqiriqlarning yo‘qolishi, aloqa yo‘nalishidagi samarali chaqiriqlar koeffitsienti va boshqalar misol bo‘lishi mumkin.
QoS va NP parametrlari orasida o‘zaro bog‘lanish bor. Tarmoq orqali foydalanuvchilarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun ular orasidagi qiymatlarni mosligini o‘rnatish asosiydir. NP parametrlarini aniqlash, ulanish elementlari chegarasida kuzatish mumkin bo‘lgan hodisalarga va holatlarga asoslangan.

Download 8,17 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya xizmatlarining sifat aspektlari

Download 8,17 Mb.