|
Oxirgi foydalanuvchilar oldida yagona javobgarlik
|
bet | 26/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeOxirgi foydalanuvchilar oldida yagona javobgarlik
Mijozlar bilan o‘zaro bog‘lanishdan tashqari, u chekkadan bu chekkaga xizmatlarni taqdim etishda qatnashadigan xizmatlarni ta’minlovchilar orasidagi o‘zaro bog‘lanish ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Bir necha ta’minlovchilar mavjud bo‘lgan holda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash juda murakkab bo‘lib qoladi. Bu muammoni yechishga oxirgi foydalanuvchi oldida yagona javobgarlik (one-stop responsibility) deb ataluvchi tushuncha yordam beradi. Boshqa ta’minlovchilarning xizmatlarini qo‘llash 3.3-rasmda ko‘rsatilgan.
SLA ning xarakteri va tuzilishi. Amalda qo‘llaniladigan SLA turlicha va doimiy emas. SLA ning xarakteristikalarini aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
taqdim etiladigan xizmat turlari;
xizmatlarni ta’minlovchida mavjud bo‘lgan texnik baza;
foydalanuvchilarning talabi;
sheriklarning muomalasi;
raqiblarning xulq atvori.
3.3-rasm. Yagona javobgarlik prinsipini qo‘llash
Normativ xujjatlarning umumlashgan tavsiyasi va amaliy tajribalar, SLA ning quyidagi tarkibini tavsiya etishi mumkin:
taqdim etiladigan xizmatlar tavsifi;
sifat ko‘rsatkichlari va ular uchun me’yorlar;
nazorat usullari va vositalari;
foydalanuvchining shikoyatini qayta ishlash jarayoni;
jarima sanksiyasi;
xizmatlarni ta’minlovchilarning javobgarligini chegaralanganligi;
hisobot;
o‘lchash jarayonini kiritish;
qo‘shimcha sharoitlar (sir saqlanishi, uni himoya qilishga javobgarlik va boshqalar).
Xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlarini tanlash va ular uchun normativlar. SLA da markaziy o‘rinni xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari va ular uchun xizmat ko‘rsatish sathining me’yorlari deb ataluvchi me’yorlar (Service Level Objectives, SLO) egallaydi.
Bu yerda, SLA doirasida ta’minlanishi mumkin bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish sathini aniqlovchi, ta’minlovchi va xizmatlar istemolchisi orasida kelishilgan sifat ko‘rsatkichlarining chegara qiymatlari nazarda tutilgan.
Xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari SLA bilan birgalikda ikki kategoriyaga bo‘linadi:
- maxsus - xizmatga yoki texnologiyaga bog‘liq bo‘lgan;
- umumiy - xizmatga yoki texnologiyaga bog‘liq bo‘lmagan.
Sifat ko‘rsatkichlari, ITU-T tavsiyasiga mos keluvchi xizmatlar yoki tarmoq turi va boshqa xalqaro tashkilot xujjatlari uchun o‘rnatilgan bo‘lsa maxsus hisoblanadi. Masalan, raqamli kanallarni ijaraga berishda bu tavsiya ITU-T G.82x seriyasi, ATM uchun ITU-T I.356 tavsiyasi va ATM Foruma Aftm-0056.000 tavsilotlar ro‘yxati, Frame Relay uchun ITU-T X.144-X.146 tavsiyalari va Frame Relay Foruma FRF.13 tavsilotlar ro‘yxati, IP uchun ITU-T Y.1540 va Y.1541 tavsiyalari shular jumlasiga kiradi.
Umumiy ko‘rsatkichlar sifatida odatda ishonchlilik (tayyorgarlik va ishga yaroqlilik) ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi, shuningdek SLA da eng ko‘p tayyorgarlik ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. ITU-T E.800 tavsiyasiga binoan ishonchlilik xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Ishonchlilik konsepsiyasining markaziy o‘rnini tayyorgarlik (availability) egallaydi.
Bu, “Texnikada ishonchlilik. Ishonchlilik bo‘yicha talablarga berilgan umumiy qoidalar va tarkib” DAST 27.003-90 (davlat standarti) holatiga mos keladi va uzluksiz bog‘langan qayta tiklanadigan ob’ektlar uchun asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Qoida bo‘yicha aloqa vositalari xuddi shunday ob’ekt hisoblanadi. SLA da qo‘llaniladigan tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining turlari 3.2-jadvalda keltirilgan. Tayyorgarlik koeffitsienti asosan muxandislik ishlarida hisoblashlar, solishtirishlar va e’lonlar uchun qulay.
3.2-jadval
Tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining turlari
Ko‘rsatkich
|
Formulalarni qayta hisoblash
|
Topshiriq namunasi
|
Tayyorgarlik koeffitsienti (Kt)
|
Kt = 1-Ko = T-tnΣ/T
|
0,999 yoki 99,9%
|
Turib qolish koeffitsienti (Kt.q.)
|
Kt.q. = 1-Kt = tnΣ/T
|
0,001 yoki 0,1%
|
Berilgan vaqt oralig‘ida (T) turib qolish vaqtining o‘rtacha yig‘indisi (tn)
|
tnΣ = Kt.q.T = (1-Kt)T
|
8,76 soat bir yilda
|
Biroq SLA da o‘xshash vazifalarni tekshirish bir qator muammolarni tug‘diradi. Agar shartlangan vaqt oralig‘ida turib qolishning yig‘indi vaqti me’yordan oshib ketmasa, unda talab bajariladi, agar oshib ketsa talab buziladi.
Shuningdek SLA da sutkaning 24 soatida, xaftaning 7 kunida va yilning 365 kunida qayta tiklanish vaqti kafolatlanadimi yoki bu faqat ishchi kuniga va soatiga taalluqliligi kelishiladi.
Ayrim hollarda turib qolishning davomiyligini chegaralanganligi o‘rtacha tiklanish vaqtini qo‘llashni taklif etadi, lekin bu ko‘rsatkich murakkab kamchilikka ega. Odatda ko‘pgina o‘rtacha xarakteristikalar, turib qolishning davomiyligi juda ko‘p qisqa sonlarning kompensatsiyalangani bo‘lishi mumkin.
|
| |