|
IPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishi
|
bet | 28/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeIPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishi.
Foydali yuklamani tashuvchi IPning barcha datagrammasi o‘zining tarkibiga sarlavha va ma’lumotlarni kiritadi. 3.4-rasmda 4-turga mos keluvchi IP datagrammasining sarlavhasi ko‘rsatilgan. 4-turni birinchi amalga oshirilgani 1980-yillar boshiga taalluqli va bu tur hozirgi kunda keng tarqalgan.
Sarlavha turli qo‘shimcha opsiyalarni ta’minlovchi 4 ta baytgacha qo‘shish yo‘li bilan kengaytirish imkoniyatiga ega bo’lgan kamida 20 baytdan iborat. Sarlavhani qulayligi uchun har biri 4 baytdan iborat bo‘lgan qatorlar to‘plami ko‘rinishida ifodalangan. Bunday maydonlarning umumiy soni 5 yoki 6 ga teng.
3.4-rasm. IP datagramma sarlavhasining fragmenti (IPv4 turi)
“Versiya” maydoni 4 bit, IP-sarlavhasini identifikatsiyalaydi. “Sarlavha uzunligi” maydoni sarlavha o‘lchamini aniqlaydi (20 yoki 24 bayt). “Xizmat ko‘rsatish turi” (Type of Service, ToS) maydoni 8 bitdan iborat. Birinchi 3 ta bit datagrammani ustunligini aniqlaydi (000 – ustunliksiz, 111 – ustunlikga ega). Keyingi uchta bit minimal ushlanib qolish, yuqori o‘tkazish qobiliyati va yuqori ishonchlilikni (har bir bit birga teng) aniqlaydi. Oxirgi ikkita bit qo‘llanilmaydi. Shuni aytish kerakki, 1990-yillarda Internet tarmoqlarida ToS maydoni qo‘llanilmagan.
“To‘liq uzunlik” maydoni 16 bit, datagrammani to‘liq uzunligini baytlarda aniqlaydi, ya’ni paketda uzatiladigan sarlavha va ma’lumotlar kiradi. Maydon uzunligi 16 bitga teng, datagrammaning maksimal uzunligi 216-1=65535 baytga teng. Qochonki marshrutizatorlar to‘liq o‘lchamdagi datagrammaga ishlov bera olmasa, uning uzunligiga bog‘liq holda datagramma bloklarga (fragmentlarga) bo‘linishi mumkin.
“Identifikator”, “Bayroq” va “Fragment ko‘rsatkichi” maydonlari qabul qilish oxirida fragmentlardan datagrammani qayta tiklashda qo‘llaniladi.
“Identifikator” maydoni 16 bit, belgilangan punktda fragmentdan datagrammani qayta tiklash imkonini beradi.
“Bayroq” maydoni 3 bit, qabul qilish oxirida datagrammani qayta tiklash uchun qo‘llaniladi. “Fragment ko‘rsatkichi” maydoni 13 bit, berilgan datagramma boshlanishiga nisbatan fragmentni siljishini aniqlaydi.
“Yashash vaqti” maydoni 8 bit, tarmoqda datagrammani mavjud bo‘lish davomiyligini chegaraviy vaqtini aniqlaydi.
Sakkiz bitli “Protokol” maydoni transport sathda qo‘llaniladigan protokolni aniqlaydi.
“Sarlavhani nazorat yig‘indisi” maydoni 16 bit, siklik kod yordamida sarlavhada (butun datagrammada emas, faqat sarlavhada) xatolikni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Bu tekshirish har bir marshrutizator orqali datagramma yoki uning fragmenti o‘tganda amalga oshiriladi.
Keyingi 2 ta maydon jo‘natuvchi va qabul qiluvchining adreslari uchun mo‘ljallangan.
“Opsiya” maydoni, maksimum 4 bayt, turli vazifali testlashtirish va nazoratni kiritish uchun qo‘llaniladi.
“To‘ldirgich” maydoni “Opsiya” qatorini 32 bit to‘liq uzunligigacha to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
Datagramma va datagramma fragmetlarini uzatganda tarmoq uzellarida tushib qolishi yoki yo‘qolishi mumkin, yoki alohida fragmentlarning katta kechikishi tufayli datagrammalarni qabul qilish joyida uni yig‘ish jaroyonida yo‘qolishi mumkin. Shu tarzda 4-tur qo‘llanilganda IP rejim xizmat ko‘rsatish sifatini minimal sathini ta’minlaydi.
Biroq, hozirgi vaqtda IP-tarmoqlarda turli ko‘rinishdagi trafiklar uzatilmoqda, shu navbatda haqiqiy vaqtdagi interaktiv trafik kechikishlarga (IP ustidan so‘zlashuv, videokonferensiya, interaktiv o‘yinlar va boshqalar), shuningdek, ishonchlilikka, ruxsatsiz ulanishdan axborotni himoyalash va boshqalarga sezgir. Bu talablar Internet tarmoqlari uchun yangi protokollarni ishlab chiqishga olib keldi va bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida IPv6 protokoli ishlab chiqildi.
|
| |