R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet30/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

VoIP – texnologiyasi

IP tarmoq orqali so‘zlashuv signalini uzatish tizimi arxitekturasiga o‘tishdan avval, VoIP texnologiyasida amalga oshiriladigan asosiy jarayonlarni ko‘rib chiqamiz. VoIP tizimi so‘zlashuv signaliga nisbatan, oddiy telefon tarmoqlari singari vazifalarni bajarishi kerak. Bu asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:



  • uzatuvchi tomonda - analog signalni raqamli signalga o‘zgartirish va raqamli signalni tarmoq orqali uzatish uchun zarur bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etish (IP tarmoq orqali); so‘zlashuv signali IP protokoli paketlariga inkapsulyatsiyalanadi;

  • IP tarmoqda - telefonli chaqiriqqa xizmat ko‘rsatishni boshqarish (ulanishni yaratish, so‘zlashuv almashishni ta’minlash, uzish) va paketlarni transportlash;

  • qabul qilish qismda - qabul qilingan paketlardan va diskret signaldan analog so‘zlashuv signalini qayta tiklash.

3.6-rasmda so‘zlashuv signali IP tarmoq orqali o‘tgandagi qayta ishlash jarayoni keltirilgan. Bu yerda bloklar ko‘rinishida yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar keltirilgan - kodlash, IP paketlar ko‘rinishida ifodalash, tarmoq orqali paketlarni uzatish, paketlarni taqsimlash va analog so‘zlashuv signalini qayta tiklash.
Chaqiriqqa (ulanish, so‘zlashuv almashishni ta’minlash va uzish) xizmat ko‘rsatishni boshqarish. VoIP texnologiyasida telefon aloqasiga aynan o‘xshashi bo‘yicha abonentlar orasida ulanishni o‘rnatish zarur. Bu signalizatsiya tizimi bilan amalga oshiriladi, ya’ni terminal qurilma yordamida tarmoqda aloqa bo‘ladi, ya’ni chaqiriqqa xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tarmoq elementlari ishini koordinatsiyalaydi va faollashtiradi. VoIP tarmoqda signalizatsiyani, tarmoq komponentlari orasida IP datagrammalarni almashishi ta’minlaydi.



3.6-rasm. VoIP tarmog‘i orqali so‘zlashuv signalini uzatishda ishlov berish


Ulanish 2 ta oxirgi punktlar orasida o‘rnatiladi. Bu punktlarning identifikatsiyasi maxsus ma’lumotlar bazasi orqali ishlab chiqiladi. UFT tarmog‘i singari oxirgi punktni identifikatsiyalash uchun telefon nomerlari qo‘llaniladi. VoIP tarmog‘ida ham buning uchun ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi IP-adres qo‘llaniladi. VoIP datagrammasini transportlash, IP marshrutizatorlarida so‘zlashuv paketlarini ketma-ket qabul qilish yo‘li orqali bajariladi.






      1. Download 8,17 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.