R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet32/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

Internet tarmog‘idagi xizmatlar

Internet tarmoqlarida amalga oshiriladigan ilovalarga World Wide Web (WWW), elektron pochta, haqiqiy vaqtda Internet orqali axborot almashish (chat rooms), oqimli video, muzikali saytlarga ulanish kiradi. WWW qo‘llanilgan holatda foydalanuvchi kompyuter ekranida matn va grafik ob’ektlarni ko‘radi, belgilangan ob’ektga sichqoncha tugmasini bosadi va mos kelgan sahifa ekranda paydo bo‘ladi.


Boshqa ilovalar oqimli video xizmati hisoblanadi. Oqimli video - video yozishni bajarish uchun manba va qabulqilgich mos keluvchi qurilmaga ega bo‘lishi kerak. Internet protokollari va vositalarini qo‘llash bilan video oqim manbadan qabul qiluvchiga jo‘natiladi. Bu xizmat talab bo‘yicha video (Video on Demand, VoD) ilovalardan biri singari ko‘rilishi mumkin.
Oxirgi serverda joylashgan, o‘chirilgan ma’lumotlar fayllariga ulanish usullaridan biri, mijoz so‘rovi bo‘yicha fayl nusxasini uzatish hisoblanadi. Bu maqsadda Internet tarmoqlarida standart protokol FTP (File Transfer Protocol) -fayllarni qayta uzatish protokoli qo‘llaniladi.
FTP protokoli server va mijoz orasida ma’lumotlar fayllarini almashish uchun qo‘llaniladi. Har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va olish/so‘rash imkoniga ega. Bunday fayllarga matn, grafika, tasvirlar, ovoz, video va multimediali axborot bo‘lishi mumkin. Shuningdek FTP protokoli, mijoz kompyuteriga dasturiy ta’minotni yuklash uchun ham qo‘llaniladi. Foydalanuvchi FTP protokoli yordamida olinadigan fayllarni to‘g‘rilashi mumkin (o‘chirish, nomini o‘zgartirish, nushalash va boshqalar).
Texnik nuqtai nazardan WWW, yagona HTTP (Hypertext Transfer Protocol) protokoli yordamida muloqot qilinadigan ko‘pgina mijozlar va serverlar sifatida ko‘riladi. Internetda gipermatnni aks ettirish, yaratish va saqlashni yengillashtirish uchun HTML (Hypertext Markup Language) dasturlash tili qo‘llaniladi. HTTP va HTML protokollarining kombinatsiyasi Internet global tarmog‘i orqali matn, grafika, ovoz, video va boshqa multimediali fayllarni yetkazishni ta’minlaydi.
Elektron pochta IP tarmoqda eng eski ilovalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda millionlab odamlar har kuni elektron pochta orqali axborot almashadi. Bu almashish SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochta xabarlarini eltishni oddiy protokoli) protokoli yordamida amalga oshadigan mijoz va server orasida ma’lumolar almashishni yana bir ko‘rinishi hisoblanadi.



Download 8,17 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.