|
Bloklarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarida QoS
|
bet | 40/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeBloklarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarida QoS. OBS tarmoqlarida QoSni ta’minlash signalli (zahiralash uchun) protokollarni talab etadi. Shuningdek, magistral kommutator bloklari uchun bloklarni loyihalashtirish algoritmi zarur. Bu algoritmning asosiy kamchiligi shundan iboratki, yuqori ustunlikli trafikni uzatishda yetarlicha kechikishni kiritadi.
OBSda rejalashtirish. Boshqaruvchi blok bog‘lamaga kelganida, mos kelgan ma’lumotlar bloki uchun kiruvchi zvenoda, to‘lqinli kanalni aniqlash uchun to‘lqinli kanallarni rejalashtirish algoritmi qo‘llaniladi. Rejalashtiruvchiga quyidagi axborotlar zarur, blokni kelish vaqti va boshqaruvchi blokka nisbatan uni siljishi. Rejalashtiruvchi har bir to‘lqinli kanalda erishish mumkin bo‘lgan vaqtli slotlarni kuzatadi. Agar bog‘lamada FDL qo‘llanilsa, ma’lumotlar blokini kechiktirish uchun bitta yoki bir necha FDLni tanlaydi, agar bu zarur bo‘lsa.
Xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar
Umumiy holda muammolar ikkita kategoriyaga ajraladi:
tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan;
tarmoq bilan bog‘liq bo‘lgan.
Tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolarga quyidagilar kiradi:
O‘ta yuklangan serverlar (masalan, Web yoki pochta), foydalanuvchilar ulanishni o’natishga urinishi. Bu holda QoSni yaxshilashning umumiy yo‘nalishi serverlarni modernizatsiyalash yoki ular orasida yuklamani optimal ajratishli qo‘shimcha serverlarni qo‘llash hisoblanadi.
Tarmoq ishining xatoliklari. Marshrutizatorlar va kommutatorlarni konfiguratsiyalash jarayoni murakkab va tasdiqlangan xatoliklar hisoblanadi. Masalan, marshrutlash muammosiga olib keladigan xatolik tufayli IP-adresning dublikat konfiguratsiyasi tuzilishi mumkin.
Tarmoq bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar:
Qurilmalar muammolari. Marshrutizatorlar va kommutatorlar sekundiga million paketlarni qayta ishlashi uchun zarur bo‘lgan murakkab qurilma va dasturiy ta’minlangan murakkab tizim hisoblanadi.
Ulanish tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatini kamchiligi. Iqtisodiy tomondan har doim past tezlikli ulanish kanallari (masalan, dial-up bo‘yicha) va o‘ta yuklangan kanallar mavjud. Berilgan muammo ko‘rinishi uchun texnik yechim oddiy va tushunarli:
o‘tkazish qobiliyatini qo‘shish;
keyingi qayta ishlash uchun trafikning klassifikatsiyasi va uni turli markirovkasi, ya’ni trafikni ko‘paytirish (policing) va chegaralashni (shaping) qo‘llash.
Ba’zi kanallarning o‘ta yuklanganligi sababli trafikni notekis taqsimlanishi. Bu magistral tarmoqlarda QoS bilan bog‘liq muammolarni umumiy sababi hisoblanadi. Bunday o‘ta yuklangan kanallar paketlarni katta kechikish vaqtiga, djitter yoki paketlarni yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Tarmoqda bunday “issiq nuqtalar”ning sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
kutilmagan holatlar, tola uzilishi yoki qurilmaning rad etishi;
trafik modelining o‘zgarishi.
Magistral tarmoqda qo‘shimcha o‘tkazish oralig‘i har doim kerakli vaqtda va kerakli joyda yetarlicha bo‘lmasligi mumkin. Masalan, Web saytga kutilmagan ulanish yoki rejalashtirilmagan multimediali trafikni uzatish ba’zi bir kanallarning o‘ta yuklanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
|
| |