• Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar.
  • To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar




    Download 8,17 Mb.
    bet37/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar.
    To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (WR)da, tarmoqning ikkita yakunlovchi bog‘lamalari orasida to‘liq optik to‘lqinli yo‘l yaratiladi. Bu optik yo‘l yorug‘lik yo‘li (lightpath) deb ataladi va 3.9-rasmda ko‘rsatilganidek yo‘l bo‘ylab har bir zveno uchun to‘lqinli kanalni zahiralash yo‘li orqali yaratiladi.



    3.9-rasm. Yorug‘lik yo‘lini hosil bo‘lishi

    Barcha ma’lumotlar uzatilganidan keyin yorug‘lik yo‘li bo‘shaydi. WR tarmoqlari, bir-biri bilan ihtiyoriy topologiyalar orqali, optik tolali liniyalar bilan ulangan optik kross-konnektor (OXS)lardan tashkil topgan. OXS qurilmalari, ma’lumotlar oqimini qaysi kirish portiga tushganini va ular qanday to‘lqin uzunliklariga egaligini farqlash qobiliyatiga ega. Natijada yorug‘lik yo‘lining ikkita oxirgi nuqtalari orasidagi oraliq bog‘lamalarda birorta qayta ishlashni, ya’ni elektro-optik E/O o‘zgartirishni yoki ma’lumotlarni buferlashni amalga oshirish zarurati tug‘ilmaydi.


    Biroq WR tarmoqlarda, kanallarni kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoq turlari kabi resurslarni statik taqsimlash qo‘llanilmaydi, bu esa mumkin bo‘lgan chastota oralig‘ini juda past qo‘llashga olib keladi.
    Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar.
    Paketlarni optik kommutatsiyalashga (OPS) ega bo‘lgan tarmoqlarda IP-trafik, «paket ketidan paket» prinsipi bo‘yicha har bir marshrutizatorda qayta ishlanadi va kommutatsiyalanadi. IP-paket sarlavhadan va foydali yuklamadan iborat. Paket sarlavhasi marshrutlash uchun zarur bo‘lgan axborotdan iborat va foydali yuklama kabi haqiqiy ma’lumotlarni taqdim etadi.
    OPS tarmog‘ining kelajakdagi eng oliy maqsadi - optik muhit ichida paket sarlavhasini qayta ishlash. Texnologiyaning mazkur sathida bu mumkin emas. Bunday muammoning yechimi, optik muhitda foydali yuklamani saqlagan holda elektron muhitda sarlavhani qayta ishlash hisoblanadi.
    OPSning asosiy afzalligi, chastotalar oralig‘ini taqsimlash uchun statik zichlashtirishni qo‘llash yo‘li bilan chastota diapazonini qo‘llashni oshirish imkonidir.

    Download 8,17 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar

    Download 8,17 Mb.