Transport sathi protokollari TCP, UDP, RTP




Download 8,17 Mb.
bet45/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

4.2.1. Transport sathi protokollari TCP, UDP, RTP


TCP (Transmission Control Protocol) protokoli. IP tarmoqlarda transportlashning ishonchliligini oshirish uchun 1974-yilda datagrammani sifatli eltishni ta’minlovchi transport sathidagi TCP protokoli ishlab chiqilgan. TCP protokoli ulanish uchun mo‘ljallangan, shuningdek TCP paketi segment deb ataladi.
UDP (User Datagram Protocol) protokoli – Internet tarmoqlarida transport protokolining boshqa namunasini o‘zida ifodalaydi. Shuningdek TCP protokoli singari, UDP protokoli datagrammani eltishni ta’minlaydi. Biroq oxirgi nuqtalar orasida ulanish o‘rnatilmagan rejimda ishlaydi.
Sarlavha va ma’lumotlar maydonidan iborat UDP protokolining paketi, UDP datagrammasi deyiladi. UDP protokoli datagrammani ishonchli yetkazishga moil emas, uning vazifasiga ma’lumotlar uzatishni boshqarish va qabul qilishni tasdiqlash kirmaydi. Oxirgi bir necha yilda UDP protokoli Internet tarmoqlarida (Voice over IP, VoIP) so‘zlashuv axborotlarini uzatishda keng qo‘llanilmoqda.



4.3-rasm. TCP/IP protokollar stekining tuzilishi


RTP (Real-time Transport Protocol) transport protokoli. RFC 1889 va RFC 1890 tavsiyalarida yozilgan haqiqiy vaqt RTP (Real-time Transport Protocol) transport protokoli, haqiqiy vaqtda uzatiladigan ma’lumotlarni ikki tomonlama yetkazish xizmatini ta’minlaydi, masalan interaktiv audio va video trafiklarni. RTP protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyasini, paketlar ketma-ketligini raqamlash, vaqt belgisini qo‘yish va yetkazishni nazorat qilishni ta’minlaydi. Protokolda quyidagi vazifalar ko‘rib chiqilgan:

RTP protokoli, RTCP (RTP Control Protocol) boshqarish protokoli bilan birga ishlaydi. RTCP protokoli VoIP seansi ishtirokchilariga boshqarish paketlarini uzatishni ta’minlaydi. Protokolning asosiy vazifasi shundan iboratki, RTP protokoli bilan taqdim etiladigan xizmat ko‘rsatish sifati sathi haqida ishtirokchilarni xabardor qiladi. RTCP protokoli uzatilgan va yo‘qolgan paketlar soni, kechikish va djitter qiymati haqidagi axborotni yig‘adi.
Turli arxitekturaga ega tarmoqlar orasida paketlarni uzatishni IP stekining asosiy protokoli ta’minlaydi. IP datagrammali protokol paketlarni ishonchli uzatishni kafolatlamaydi. Biroq ko‘pgina tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatishda o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.
Shuningdek tarmoq sathida quyidagi protokollar qo‘llaniladi:

  • ICMP (Internet Control Message Protocol) boshqarish protokoli, xatoliklar va uzatishdagi uzilishlar haqida tarmoq uzellariga axborot uzatadi;

  • adreslar muammolarini yechish protokollari: ARP (Address Resolution Protocol) tarmoq uzelining fizik adresiga (MAC –stansiya adresi) IP adresni o‘zgartiradi; RARP (Reverse Address Resolution Protocol) teskari funksiyani bajaradi, ya’ni MAC adres yordamida IP adresni aniqlaydi.





      1. Download 8,17 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport sathi protokollari TCP, UDP, RTP

Download 8,17 Mb.