• 4.2. Multimediali aloqa tarmoqlarining quyi sath protokollari
  • Y.1541 tavsiyasining etalon marshruti




    Download 8,17 Mb.
    bet44/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Y.1541 tavsiyasining etalon marshruti. Y.1541 tavsiyalarida aniqlangan u oxirdan bu oxirga IP ishining xarakteristikalari, 4.2-rasmda ko‘rsatilganidek NI dan NI gacha qo‘llaniladi. IP- tarmog‘ida u oxirdan bu oxirga tarmoq marshruti, IP-paketlarni SRC dan DST gacha transportlaydigan tarmoq segmentlari, uzatish kanallari to‘plamidan iborat.
    SRC va DST bilan birgalikda IP sathlarini o‘z ichiga olgan quyi ilovalar, IP-tarmog‘ining qismi kabi qaralishi mumkin. Tarmoq segmentlari operator sohasiga mos keladi va IP-tarmoqlariga ulanish arxitekturasidan iborat bo‘lishi mumkin. Mijoz uskunalari o‘ziga barcha terminal qurilmalarni, masalan xostlarni va boshqa har qanday oxirgi marshrutizatorlarni yoki lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirishi mumkin.

    4.2-rasm. QoS vazifasi uchun manbadan qabul qilgichgacha bo‘lgan etalon yo‘l


    4.2. Multimediali aloqa tarmoqlarining quyi sath protokollari

    Quyi sath protokollari (1-4). OTO‘B modelidagi to‘rtinchi transport sathi, quyida joylashgan sathlarni qo‘llash bilan ikkita o‘zaro ta’sirlashuvchi tizimlar orasida axborotlarni uzatishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu sath yuqori turuvchi sathdan qandaydir ma’lumotlar blokini qabul qiladi va ularni uzoqdagi tizimlarga aloqa tarmog‘i orqali transportlashni ta’minlaydi. Transport sathidan yuqorida joylashgan sathlar, ma’lumotlar uzatiladigan tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaydi, ular faqat o‘zaro ta’sirlashuvchi uzoqdagi tizimlarni biladi. Transport sath, tarmoq qanday ishlashini, qaysi o‘lchamdagi ma’lumotlar blokini qabul qilishini bilishi kerak.


    Keyingi uchta quyi sath tarmoq uzellarining ishlashini aniqlaydi. Bu sathning protokollari transport tarmoqga xizmat ko‘rsatadi. Barcha transport tizimlar singari, bu tarmoq axborotlarni transportlaydi, ya’ni uni tashkil etuvchilariga qaramaydi. Bu tarmoqning asosiy vazifasi – axborotni tez va ishonchli eltishdir. Uchinchi sathning asosiy vazifasi – axborotni marshrutlash, bundan tashqari u axborotli oqimlarni boshqarishni, tashkil qilishni va transport kanallarni qo’llab quvvatlashni ta’minlaydi, shuningdek xizmatlarni taqdim etishni hisobga oladi.

    4.2-jadval


    Tizim sathlari bajaradigan vazifalar

    Sath

    Sath nomi

    Sath amalga oshiradigan vazifalar

    7

    Amaliy

    Axborot resurslardan foydalanish yoki taqdim etish. Amaliy dasturlarni boshqarish

    6

    Taqdim etish

    Amaliy jarayonlardagi axborotlar tarkibidagi ma’noni (qiymat) taqdim etish

    5

    Seans

    Amaliy jarayonlar orasida o‘zaro ta’sirlashish seanslarini o‘tkazish va tashkil etish

    4

    Transport

    Turli usullarda kodlangan axborotlar massivini uzatish

    3

    Tarmoq



    Axborotlarni kommutatsiyalash va marshrutlash, ma’lumotlar oqimlarini boshqarish

    2

    Kanal

    Ulanishni o‘rnatish, ushlab turish va uzish

    1

    Fizik

    Kanallarning fizik, mexanik va funksional xarakteristikalari

    Kanalni boshqarish sathi (ikkinchi sath) yoki kanal – jarayonlar kompleksini va fizik ulanish asosida tashkil qilingan ma’lumotlar uzatish kanalini boshqarish usullarini (ulanishni o‘rnatish, uni qo’llab quvvatlash va uzish) ifodalaydi. U xatoliklarni topish va to‘g‘rilashni ta’minlaydi.


    Fizik (birinchi) sath – uzatish muhiti bilan o‘zaro aloqani ta’minlaydi. U ulanish, ulanishni qo’llab quvvatlashni va fizik zanjirni (kanalni) o‘chirish uchun talab etiladigan elektrik va mexanik xarakteristikalarni aniqlaydi. Bu yerda fizik kanal orqali har bir bitni uzatish qoidasi aniqlanadi. Kanal bir nechta bitni bir vaqtda (parallel holda) yoki ketma-ket uzatishi mumkin. Sathlarning qisqacha xarakteristikasi 4.2-jadvalda keltirilgan.
    Internet ikkita asosiy protokollarga asoslangan – IP protokoli va TCP protokoli. TCP va IP, shuningdek bir qator kuzatuvchi protokollarning yig‘indisi TCP/IP Internet protokollar steki sifatida aniqlanadi.
    TCP/IP bazasidagi turli tarmoqlar, Internet muhitini shakllantirib IP marshrutizatorlari yordamida bir-biri bilan ulanadi.
    IP protokoli IETF modelini uchinchi sathida joylashgan va bu protokolning vazifasi OSI modelining tarmoq sathi vazifalariga o‘xshash.



    Download 8,17 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Y.1541 tavsiyasining etalon marshruti

    Download 8,17 Mb.