R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




Download 8,17 Mb.
bet48/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

FTP fayllarni qayta jo‘natish protokoli. Olisdagi serverda joylashgan ma’lumotlar fayllariga ulanish usullaridan biri mijozning so‘rovi bo‘yicha fayl nusxasini uzatish hisoblanadi. Internet tarmog‘ida bu maqsad uchun FTP (File Transfer Protocol) standart protokoli – fayllarni qayta jo‘natish protokoli qo‘llaniladi. Eng eski protokollardan biri hisoblanadigan FTP protokoli (u oldingi asrning 70 - yillarning boshlarida ishlab chiqilgan) ilovalar sathi protokollariga kiradi va ma’lumotlarni uzatish uchun TCP transport protokolidan foydalanadi.
FTP protokoli mijozlar (mijozlar guruhi) va ma’lumotlarni saqlaydigan server (FTP serveri) orasida ma’lumotlar fayllarini almashish uchun qo‘llaniladi, binobarin, har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va so‘rash/olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday fayllar matnlar, grafik tasvirlar, tovushlar, video va multimediali ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. FTP protokoli foydalanuvchining (mijoz) kompyuteriga dasturiy ta’minotni yuklash uchun ham ishlatiladi. FTP protokoli yordamida foydalanuvchi oladigan fayllarni to‘g‘rilashi (o‘chirishi, qayta nomlashi, ulardan nusxa ko‘chirishi va h.k.) mumkin. Ko‘pgina FTP-serverlarda yozish uchun ochiq bo‘lgan va server orqali fayllarni olishni ta’minlaydigan katalog (incoming, upload nomlarli va boshqalar) mavjud. Bu foydalanuvchilarga serverni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga imkon beradi.
XX asrning 90-yillar boshlanishigacha FTP protokoliniing hissasiga Internet tarmog‘idagi trafikning taxminan yarmi to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda ham protokol olisdagi serverlar va xostlarga ulanish uchun qo‘llanilmoqda, lekin uning o‘rniga Butun Dunyo To‘ri texnologiyasiga asoslangan ulanish usullari kirib kelmoqda.
HTTP gipermatnli xabarlarni yuborish protokoli va Butun Dunyo To‘ri. 1989 yilda Tomas Berners-Li Jenevadagi Yadro tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa kengashida (SERN) ishlashi bilan endi Butun Dunyo To‘ri (World Wide Web) sifatida ma’lum bo‘lgan loyihani taklif etdi. Loyihani amalga oshirish uchun Tomas Berners-Li, ularsiz zamonaviy Internetni tasavvur qilish mumkin bo‘lmagan uchta asosiy vositani - URI identifikatorlari, HTTP protokoli va NTML tilini ishlab chiqdi.
Texnik nuqtai nazardan WWW ni HTTP sifatida ma’lum bo‘lgan yagona protokol yordamida muloqot qiladigan ko‘pgina mijozlar va serverlar sifatida qarash foydali bo‘ladi. Butun Dunyo To‘rida gipermatnni yaratish, saqlash va aks ettirishni osonlashtirish uchun HTML gipermatnni belgilash tili qo‘llaniladi. HTTP va HTML protokollarining kombinatsiyasi matnlar, grafikalar, tovush, video va boshqa multimediali fayllarni Internet global tarmog‘i orqali yetkazishni ta’minlaydi.
SIP protokoli. IETF da VoIP tizimi uchun signalizatsiya protokollarini yaratish sohasidagi ishlar draft-ietf-mmusic-cip-OO spetsifikatsiyasini ishlab chiqilishi bilan boshlandi, bunda keyinchalik SIP/1.0 nomini olgan Session Invitation Protocol protokoli tavsif etilgan.
Bu hujjat faqat aloqa seansini o‘rnatilishiga so‘rovni spetsifikatsiyalaydi, lekin istiqbolda bu spetsifikatsiya o‘sha vaqtda yaratilgan konferensiyalarni multimediali arxitekturaga integratsiyalanishiga yo‘naltirildi, bu hujjatning nomi MMUSIC - Multiparty Mulimedia Session Control.
SIP protokoli foydalanuvchilar orasida aloqa seanslarini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
H.323 protokoli. IP-telefoniya tarmoqlarini qurish uchun birinchi tavsiya H.323 tavsiyasi bo‘ldi. ITU tarixan UFTT muammolari bilan shug‘ullandi va taklif etilgan tavsiya haqiqatda IP-tarmoq ustiga qo‘yilgan ISDN (Integreted Services Digital Network) tarmog‘ini aniqlagan. Xususan, IP-telefoniya tarmog‘ida H.323 bo‘yicha ulanishni o‘rnatish jarayoni Q.931 tavsiyaga asoslanadi va ISDN tarmoqlardagi jarayonga deyarli aynan o‘xshash bo‘ladi.
H.323 tarmog‘ining asosiy qurilmalari terminal, shlyuz va konferensiyalarni boshqarish qurilmasi hisoblanadi.
SMTP elektron pochta protokoli. Elektron pochta IP-tarmoqlardagi eng eski ilovalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda elektron pochta orqali ma’lumotlarni almashish kuniga millionlab insonlar tomonidan qo‘llanilmoqda. Mijoz va server orasidagi ma’lumotlarni almashishning yana bir shakli hisoblanadigan bu almashish SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochta xabarlarini yetkazishning oddiy protokoli) protokoli yordamida qo‘llaniladi. RFC 822 tasnifi xabarning ikki qismini – sarlavha va asosni aniqlaydi. Har ikkala qismlar 7-razryadli ASCII kodi bilan kodlanadi. Shaxsiy pochta manzillari (foydalanuvchini ismi@tarmoq osti) ko‘rinishidagi formatga ega bo‘ladi. Pochta qutilarining bu manzillari SMTP sathida taniladi.
Odatda pochta xabari mijozdan SMTP lokal serveriga uzatiladi, ya’ni mijozlarning so‘rovi bo‘yicha pochtaning yetkazilishiga javob beradi. Serverda pochtaning qayta ishlanish jarayoni, har bir yuboruvchi va oluvchining manzili, shuningdek yuborish vaqtiga ega bo‘lgan keluvchi xabarlarni to‘plashdan iborat. Dastlabki xabarni olgan lokal server yuborish punktidagi olisdagi serverning IP-manzilini identifikatsiyalaydi va bu olisdagi server bilan TCP seansini o‘rnatishga urinishni amalga oshiradi. Ulanish o‘rnatilganidan keyin, yuborish serverida pochta xabaridan nusha ko‘chiriladi. Server-yuboruvchi muvaffaqiyatli uzatishga tasdiqlanishni olishi bilan, xabar lokal server xotirasidan o‘chiriladi. Keyin olisdagi foydalanuvchi o‘z serveriga ulanishni olishi va yetkazilgan xabarni qabul qilishi mumkin.
MIME protokoli. SMTP protokolini ishlab chiqishda elektron pochta faqat oddiy matnni uzatish uchun foydalanilishi ko‘zda tutilgan. 1993 yilda RFS 822 tasnifi har xil turlardagi ma’lumotlar – audio, video, Word hujjatlarini uzatishni ta’minlash uchun kengaytirilgan. Bu maqsadlar uchun MIME (Multiprpose Internet Mail Extension – Internetning ko‘p maqsadli pochta kengaytirilishi) qo‘llaniladi. MIME protokoli elektron pochta yordamida har xil turlardagi ma’lumotlarni, shu jumladan ASCII kodidan farqli bo‘lgan kodlash turi qo‘llaniladigan tillardagi matnlar, musiqa, grafika va filmlarni uzatish mexanizmlarini aniqlaydi. MIME formatini o‘zgartirish odatda elektron xabarlarni uzatishda va qabul qilishda pochta serverlari yoki mijoz pochta dasturlari orqali amalga oshiriladi.


Download 8,17 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

Download 8,17 Mb.