|
Axborotlar almashish turi bo‘yicha xizmatlarni klassifikatsiyalash
|
bet | 20/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeAxborotlar almashish turi bo‘yicha xizmatlarni klassifikatsiyalash.
Mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlar teng huquqli bo‘lishi va teng huquqli bo‘lmasligi mumkin va shunga bog‘liq holda u quyidagi turlarga bo‘linadi:
- o‘zining tarmog‘idagi resurslardan foydalana olish (o‘zining tarmog‘idagi resurslar orqali boshqa tarmoq resurslaridan foydalanish);
- ikki tomonlama axborot almashish;
- tranzit;
- axborot almashish markazi (hisoblash markazi bilan yoki u bo‘lmagan holda).
Tarmoq resurslaridan foydalana olish huquqi – bu korporativ va individual mijozlar bilan o‘zaro munosabatning asosiy formasi, biroq bu xizmat operatorlarga ham ko‘rsatilishi mumkin. Shu bilan birga agar operator o‘zining tarmog‘i orqali boshqa tarmoq resurslariga ulanishni ta’minlasa, u holda ulanish hududiy, mahalliy va xalqaro turlarga bo‘linishi mumkin.
Axborotlar almashish haqidagi ikki tomonlama kelishishda (trafik terminatsiyasi), operatorlar xizmatlarni taqdim etishlari yoki hamkorning xizmatlaridan foydalana olishlari mumkin. Bunda ular trafik terminatsiyasidan yoki xizmat turiga bog‘liq holda trafikdan foyda oladilar. Bunday almashish kelishishga bog‘liq holda mahalliy, hududiy va xalqarolarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi mumkin. Tranzit haqida kelishish, ikkita yoki bitta operator (yoki korporativ mijoz) bo‘lgan nuqtalar orasida axborot uzatish uchun operator tarmog‘i resurslarini ishlatish imkonini beradi va hududiy prinsip bo‘yicha bo‘linishi mumkin. Uzatilayotgan trafik tarifikatsiyasi mavjud bo‘lmagan holda bunday xizmat turi ajratilgan kanalni ijaraga berish bilan mos tushadi.
Operatorda tranzit haqida katta miqdorda ikki tomonlama kelishish bo‘lgan holda, operator tarmog‘i asosidagi ma’lumotlar almashish Markazi (balkim – clearing house) bo‘lishi mumkin. Bu holda Markaz xizmatlaridan foydalanadigan operatorlar, boshqa operatorlar bilan o‘zaro ma’lumot almashish to‘g‘risida ikki tomonlama kelishish tuzmaydilar. Umuman olganda ular boshqa operatorlar bilan ma’lumot almashish uchun Markaz tomonidan yetkazib berilayotgan tranzit xizmatlardan foydalanishadi. Tabiiyki, bunday turdagi Markazni tashkil etish har biri bir-biri bilan ikki tomonlama kelishish bitta Markaz bilan kelishishga qaraganda kamroq foydaliroq bo‘ladi. Bu infrastruktura va umumiy harajatlarni kamaytirish hisobiga yuzaga keladi va bu qo‘shimcha xizmat turlarini yuzaga keltiradi.
Agar korporativ mijozlar uchun o‘zining ofislarini birlashtirib turadigan va turli xil ulanish texnologiyalari qo‘llaniladigan mobil va uy foydalanuvchilari uchun ma’lumotlar almashish Markazi xizmatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu holda bu xizmat turi mijozning virtual hususiy tarmog‘i xizmatini namoyon etadi.
|
| |