|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 17/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeNazorat savollari
Aloqa arxitekturasini tushuntiring.
Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modelining vazifasi nimadan iborat?
OTO‘B etalon modeli sathlarining vazifasini tushuntiring.
Axborotni uzatish muhiti sifatida qanday liniyalardan foydalaniladi?
Misli kabellarning qanday turlari mavjud va ular qayerda qo‘llaniladi?
Optik tolalarning qanday turlari mavjud?
Qaysi optik tola turi katta o‘tkazish oralig‘iga ega?
SDH ning vazifasi va sathlarini tushuntirish.
SDH qanday afzalliklarga ega?
Transport tarmoqda SDH ni qo‘llash qanday istiqbolga ega?
To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasining mohiyati nimada?
CWDM, DWDM, HDWDM texnologiyalari nimasi bilan farqlanadi?
IP – texnologiyasining vazifasi va xususiyatlarini tushuntiring.
ATM - texnologiyasining vazifasi va yacheykasining tuzilishini tushuntiring.
Multiservisli aloqa tarmoqlarida Ehternet texnologiyasini qo‘llash qanday istiqbolga ega?
MPLS texnologiyasining vazifasi nima?
MPLS tarmog‘i elementlarini tushuntiring.
MPLS belgisi va uning formati tuzilishini tushuntiring?
MPLS ni asosiy komponentlari qanday sathlarga bo‘lingan?
MPLS stek protokollarining vazifasi nimadan iborat?
MULTIMEDIALI ALOQA TARMOQLARIDA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATINI TA’MINLASH USULLARI VA VOSITALARI
Xizmat turlari va uni tashkillashtirish xususiyatlari
Xizmatlar klassifikatsiyasining prinsiplari. Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha klassifikatsiyalanadi va bunday xizmatlarning ro‘yxatlarida IP, VPN, DSL, telefon aloqalarini ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan klassifikatsiyasi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muammolarga olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarning ko‘p o‘lchamli strukturasini ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga asoslanib, klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ularning asosiylari muhimlilik darajasi bo‘yicha quyida keltirilgan:
uzatilayotgan axborot turini tartibi bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi (kontent);
mijozning xizmatga ulanishini ta’minlash usuli bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi;
mijoz turi bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi;
axborot almashish turi bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi.
Bundan tashqari, yuqorida keltirib o‘tilgan klassifikatsiyalardan tashqari, xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar bo‘yicha ajratish mumkin:
- tadbiq etish va muhimlilik darajasi bo‘yicha – asosiy xizmatlar va qo‘shimcha (narxlar qo‘shilgan xizmatlar) xizmatlar, bunda ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‘lgandagina ko‘rsatiladi;
- marketing funksiyasi bo‘yicha – foyda olish uchun qaratilgan xizmatlar va mijozlarning e’tiborini o‘ziga tortishga qaratilgan xizmatlar (bunda mijozlarning e’tiborini qaratish usuli bilan mijozlarni xizmatlardan foydalanishi hisobiga foyda olinadi).
Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni klassifikatsiyasi asosiy hisoblanadi. Biroq klassifikatsiyaning boshqa usullari ham kerakli hisoblanadi, chunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini ajratib beradi, bunda u uning qo‘llanilish sohalarini aniq ko‘rsatib beradi.
|
| |