|
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95
|
bet | 14/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke2.5. IP – tarmoq texnologiyasi
Ethernet - kommutatorlarni ishlab chiqarishni jadal ravishda o‘sishi, 100 Mbit/s, 1 va 10 Gbit/s portlarning hosil bo‘lishi, abonent ulanish tarmog’ining o‘tkazish qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi va keng polosali ulanish xizmatlarini ta’minlash imkonini berdi. Birinchi navbatda bu 50 Mbit/s gacha tezlikli trafik bitta foydalanuvchni axborotli oqimga generatsiyalanadigan audio va video oqimlarga taalluqli. IP tarmoq barcha axborotli oqimlarga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. IP tarmoq orqali VoIP tovush signalini va barcha raqamli formatdagi video tasvirlarni uzatishi mumkin.
Bugungi kunda multiservisli tarmoq deganda faqatgina kanal sathidagi turli xizmatlarni (FR, IP, ISDN, ATM, SDH xizmatlari) yoki tarmoq marshrutlashlarnigina (VLAN yoki VPN) emas, balki axborotli xizmatlarni (ISP, ASP va SSP) ham taqdim etish imkoni tushuniladi.
Operatorlik xizmati – bu, foydalanuvchi xizmatlari bilan shartnomali kelishuv va sifat kafolati. Shuning uchun umumiy foydalanish multiservisli tarmoqning operatori uchun xizmatlarni amalga oshirish mezoni, ularning sifati va kafolati hisoblanadi. Ya’ni parametrlarni sozlash va sifatni nazorat qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi, abonent foydalanadigan barcha xizmatlar paketini kafolatli taqdim etishning mavjudligi.
IP-texnologiyasini keng tarqalishi uning bir qator xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Universallik. Hozirgi kunda IP protokollari barcha tarmoq segmentlarida qo‘llanilmoqda, lokal tarmoqlardan magistral tarmoqlargacha. IP texnologiyasi ovoz va video axborotlarni, ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. IP asosida qayd etilgan va simsiz aloqa tarmoqlari quriladi.
Masshtablashtirish. Yirik masshtabli tarmoqlar oson rivojlanish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Ochiqlik. Internet tarmog‘i ochiq tizim prinsipiga asoslangan.
2.6. ATM texnologiyasi
ATM texnologiyasi ma’lumotlar uzatishni turli texnologiyalari qo‘llanilgan tuzilishli tarmoqlarni birlashtirish masalasini yetarli darajada samarali yechish imkoniga ega. Telekommunikatsiyaning barcha operatorlari bu texnologiyani qo‘llaydi va multiservisli tarmoqni yaratishda asosiy raqobat ATM va MPLS texnologiyalari orasidadir.
ATM texnologiyasida qayd etilgan o‘lchamdagi (53 bayt) paketlar qo‘llaniladi. Xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilash faqat sarlavhada amalga oshiriladi. Axborotli yacheyka ichidagi uchun xech qanday tekshirish va qayta tiklash bajarilmaydi va ulanishga mo‘ljallangan axborot uzatish qo‘llaniladi. ATMni amalga oshirish odatda qurilmali ta’minot yordamida amalga oshiriladi. Buning hammasi multipleksorlash bilan birgalikda kechikish vaqtini kamaytiradi, bu esa real vaqtdagi trafikni uzatishda zarurdir.
ATM texnologiyasi, trafikni boshqarish usullarini va xizmat ko‘rsatish sifati mexanizmlarini taqdim etadi. Bu shuni bildiradiki, ATM tarmoqlarida o‘tkazish qobiliyatini talab etilgan qiymatini kafolatlaydigan resurslarni, uzatishni kechikishi va yacheykalar yo‘qolish sathini zahiralashi mumkin.
Yacheykaning standart tuzilishi 2.13-rasmda keltirilgan. ITU standartiga binoan ATM yacheykasining uzunligi 53 baytni tashkil etadi. Yacheykaning sarlavhasi va foydali yuklama maydoni mos holda 5 va 48 baytdan iborat. Bundan tashqari foydali yuklama maydonida birdan ikki baytgacha uzunlikdagi katta bo‘lmagan sarlavha bo‘lishi mumkin. Foydali yuklama blokidagi foydalanuvchining ma’lumoti segmentatsiya deyiladi. Foydali yuklama blokiga sarlavhani qo‘shilishi inkapsulyatsiya jarayoni sifatida aniqlangan.
2.13-rasm. ATM yacheykasining tuzilishi
|
| |