• 2.8. MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet15/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    2.7. Ethernet texnologiyasi

    Hozirda ko‘pgina lokal tarmoqlar kanal sathidagi Ethernet texnologiyasi bo‘yicha qurilgan. Kanal sathidagi Ethernet texnologiyasini farq qiluvchi xususiyati uni ikkita sath bo‘yicha ajratishdir: muhitga ulanish bilan boshqarish (Media Access Control, MAC) va logik kanal bilan boshqarish (Logical Link Control, LLC). MAC sathi muhitga ulanish algoritmini, tarmoqda ishchi stansiyalar adresini aniqlaydi, shuningdek fizik muhitni birgalikda qo‘llanilish vazifasini qo‘llaydi. LLC sathi quyidagi xizmatlarni qo‘llaydi:



    • ulanishni o‘rnatmasdan va tasdiqlamasdan xizmat ko‘rsatish;

    • ulanishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish;

    • ulanishni o‘rnatmasdan tasdiqlaydigan xizmat ko‘rsatish.

    Texnologiyaning asosiy kamchiligi muhitga raqobatli ulanish hisoblanadi. Shuningdek bu kamchilik qurilma narxini yetarlicha kamaytirish imkonini beruvchi afzallik hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda o‘ngigabitli Ethernet (Gigabit Ethernet, GE) fizik sathda DWDM texnologiyasini qo‘llaydi. Shuningdek Gigabit Ethernet texnologiyasi zamonaviy raqamli tarmoqlar uchun bazaviy tarmoq texnologiyasi tarkibiga kirgan. OTO‘B/OSI modelida GE standarti kanal va fizik sathga mos keladi. Ethernet ustidan ovoz, ma’lumotlar, videoni uzatish mumkin. Ko‘p adresli texnologiya har bir foydalanuvchiga chegaralanmagan sondagi televizion va telefon kanallarni yetkazish imkoniga ega, ma’lumotlar uzatish muhitining tezligi sekundiga yuz megabit va gigabit tezliklarda foydalanuvchilarni xizmatlarga ulanish imkonini ta’minlaydi.



    2.14-rasm. Ethernet texnologiyasining rivojlanish bosqichlari


    2.8. MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari

    Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini qurishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri axborotni uzatish muhitlari va tizimlarining turli xil ko‘rinishlarini birlashtirishga imkon beruvchi yuqori tezlikli magistral tarmog‘ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil etish uchun optik texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Bunday birlashtiruvchi texnologiya sifatida hozirgi vaqtda “Multiprotokol Label Switching - MPLS” (belgilar bo‘yicha ko‘p protokolli kommutatsiyalash) telekommunikatsiya texnologiyasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur texnologiya IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni boshqarish va ATM tarmoqlarida qo‘llaniladigan xizmat ko‘rsatish sifatini saqlab qolish mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni saqlab qolishga urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP-over-ATM arxitekturasiga tegishli bo‘lgan barcha yaxshi xususiyatlarni (samarali multipleksorlash va trafikning moslashuvchanligi, yuqori unumdorlik) saqlab qolishga imkon beradi va shu bilan birga u tarmoqlarning miqyosini yanada qo‘proq orttiradi, ularni qurishni va foydalanishni soddalashtiradi. Shunisi ham muhimki, MPLS faqat ATM bilangina qo‘llanilmasdan, balki kanal darajasidagi istalgan boshqa texnologiya bilan birga qo‘llanilishi mumkin. MPLS texnologiyasi X.25, Frame Relay tarmoqlarida qo‘llaniladigan virtual kanallar konsepsiyasini rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari yordamida olinadigan topologiya va joriy yuklanish to‘g‘risidagi axborot asosida yo‘llarni tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDH/WDM yoki IP/WDM texnologiyalari asosida Internet tolali-optik magistrallarini keyingi avlodiga o‘tishni soddalashtiradi.


    MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko‘p protokolli tarmoqlarda paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS o‘zida kanal darajasidagi texnologiyalar uchun xos bo‘lgan trafikni boshqarishni, tarmoq darajasidagi protokollarning miqyosliligi va moslashuvchanligini mujassamlashtirgan.
    Texnologiyalarning nomidagi “ko‘p protokollilik” shuni anglatadiki, MPLS – inkapsulyatsiyalovchi protokol va boshqa protokollar to‘plamini tashishi mumkin (2.15-rasm). Bugungi kunda Internet provayderlar qatoridagi tarmoqlar ko‘p sathli model asosida tuzilgan, ya’ni mantiqiy marshrutlanuvchi IP–tarmoq ikkinchi sathning kommutatsiyalanuvchi topologiyasi (ATM yoki Frame Relay) ustida ishlaydi. Ikkinchi sathning kommutatorlari yuqori tezlikda ulanishni ta’minlaydi. Shunday qilib, MPLS - bu Internet tarmog‘ini evolyutsion rivojlantirish yo‘lida uning infratuzilmasini ikkinchi (kommutatsiya) va uchinchi (marshrutlashtirish) sathlari vazifalari integratsiyasi yo‘li bilan soddalashtirish tomoniga qo‘yilgan qadamlardan biridir.



    2.15-rasm. IP-tarmoqlarda MPLS texnologiyasi va OSI/ISO modeli

    MPLS texnologiyasi spesifikatsiyasida oqimlarni tashish va ularni boshqarish vazifalarini ajratish prinsipini asos qilib olinadi. Boshqaruvchi komponentlarni jo‘natuvchidan ajratish, ulardan har birini mustaqil ishlab chiqish va modifikatsiyalash imkonini beradi. Tabiiy majburiy talab shundan iboratki, bunda boshqariladigan komponentni uzatib beruvchi, komponentga axborotli paketlarni jo‘natish jadvali orqali uzatishi mumkin bo‘lsin. Boshqariladigan komponentning boshqa marshrutizatorlar bilan axborot almashishi uchun marshrutlashtirishning standart protokollarini (JCPF, IS-IS, BGP-4) ishga tushiradi. Shu axborot asosida avval marshrutlashtirish jadvali, keyin esa har bir interfeysdagi qo‘shni tizimlar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olgan holda paketlarni jo‘natish jadvali shakllantiriladi va modifikatsiyalanadi. Tizim yangi paketni olganda jo‘natuvchi komponentni, uning sarlavhasidagi axborotni tahlil qiladi, jo‘natish jadvalidagi tegishli yozuvni izlaydi va paketni chiqish interfeysiga yo‘naltiradi. Deyarli barcha ko‘p sathli kommutatsiya tizimlarining jo‘natuvchi komponenti, shu jumladan, MPLS ham paketlarning ketma-ket belgilaridan foydalanishga asoslangan. Belgi – bu paket sarlavhasida qayd qilingan uzunlikdagi qisqa maydondir.


    MPLS yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin:

    • ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini;

    • operator tarmog‘i ichida paketlarni eng qisqa an’anaviy marshrutlar bo‘yicha tezkor siljitish;

    • virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish;

    • resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan holda yo‘nalishlarni tanlash va o‘rnatish.




    Download 8,17 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.