• Misli kabellar
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet11/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    2.1. Fizik sath. Uzatish muhiti

    Axborotni uzatish muhiti sifatida mis kabellar, tolali optik kabellar va atrof fazo (simsiz aloqa) bo‘lishi mumkin. Magistral aloqa uchastkalarida asosan optik kabellar keng qo‘llaniladi. Keng polosali ulanish tarmog‘ida asosan mis kabellar qo‘llaniladi. Shuning uchun asosan ulanish tarmoqlarida qo‘llaniladigan misli kabellar turini ko‘rib chiqamiz.



        1. Misli kabellar

    Ulanish tarmoqlarida qo‘llaniladigan misli kabellarning turlarini klassifikatsiyasi 2.4-rasmda keltirilgan.


    Bu kabellarni tok o‘tkazuvchi simlari 0.32; 0.4; 0.5 va 0.7 mm diametrli misli simdan tayyorlangan va polietilen bilan izolyatsiyalangan. Izolyatsiyalangan simlar juft yoki to‘rtta ko‘rinishda o‘ralgan. Kabellarni ishonchliligini oshirish uchun va qobiqqa namlikni kirmasligi uchun gidrofrob to‘ldirgich bilan germetiklangan kabellar ishlab chiqilgan.

    Ulashnish tarmog’i uchun misli kabellar





    Qog’ozli va polietilen izolyatsiyali past chastotali telefon kabellar



    Buralgan juftlikli abonent liniyalari uchun kabellar

    Uy ichiga o’tkaziladi-gan past chastotali kabellar

    Strukturali tizimlar uchun kabellar (STK)

    Televideniya uchun koaksial kabellar (TBK)

    2.4-rasm. Misli kabellarning turlari


    TPEPZ – telefon, polietilen izolyatsiyali, alyumin folgali ekranli, gidrofrob to‘ldirgichli, polietilen qobiqli;
    TPPZPB - TPEPZga aynan o‘xshash, lekin bronlashgan lenta qatlamli va polietilen shlangali.
    Ko‘rsatilgan past chastotali kabellar ko‘pgina tarmoqlarda qo‘llaniladi. Tarmoq rivoji uchun bu kabellarni imkoniyatlarini bilish zarur. Avvalo chastotalardagi uzatish xarakteristikalarini 2 dan yoki 10 MHz gacha. Ko‘rsatilgan diapazonlarda, terminallardan abonentgacha yuqori tezlikli trafikni uzatish imkoni baholanadi.
    Bunda aniqlanadigan xarakteristikalar quyidagilar hisoblanadi:

    • turli haroratda misli juftlikni so‘nishi kilometrda (α [dB/km]);

    • yaqin va uzoq oxirlardagi misli juftliklar orasidagi o‘tuvchi so‘nish (A) [dB]; A1[dB];

    • o‘tuvchi va tashqi halaqitlar kattaligi;

    • to‘lqinli qarshilik (IZbI Om);

    • shleyfning qarshiligi R0 [Om/km].

    2.1-jadval


    TPVAD turidagi kabel

    Kabel markasi

    Qo‘llanilish muhiti

    TPVAD 1x2x0.5
    2x2x0.5
    3x2x0.5
    4x2x0.5

    Bino ichida 200 kHz chastotagacha signallarni uzatish uchun silindr o‘zakli kabellar

    TPVAD 2(1x2x0.5)
    2(2x2x0.5)
    2(4x2x0.5)

    Bino ichida 2048 kHz chastotagacha signallarni uzatish uchun ikkita parallel ekranlashtirilgan guruhli kabellar

    Past chastotali kabellarni qo‘llash muhiti–abonent ulanuvchi tarmoqdir:

    • 200 kHz gacha ekranlashtirilgan va ekranlashtirilmagan;

    • 2048 kHz gacha faqat ekranlashtirilgan.

    Bu kabellarning konstruksiyasi 0.1, 100, 200 kHz chastotalarda, qurilish uzunligida yaqindagi oxirda zanjirlar orasidagi o‘tuvchi so‘nishni ta’minlaydi, mos holda 90, 80, 70 dB.
    Strukturalashgan kabelli tizimlar (SKT) (Structured Cabling System, SCS) – lokal tarmoqlar uchun universal kabel yotqazishni tashkil etadi. SKT markaziy elementi misli va bimetall juftlikli kabeldir. Kabelni shakllantirishda misli juftliklar o‘zaro qo‘shimcha tarzda o‘raladi va hosil bo‘lgan o‘ram ekranlashgan yoki ekranlashmagan izolyatsiyali qobiqqa joylashtiriladi.
    Quyida SKT kabelning xarakteristika va tuzilishi keltirilgan:

    • UTP (Unshielded Twisted Pair) – ekranlashtirilmagan juftlik;

    • STP (Shielded Twisted Pair) – ekranlashgan juftik.




    2.5-rasm. EN 50173 standarti bo‘yicha kabelli tarmoqni umumiy tuzilishi

    2.6-rasm. Ekranlashtirilgan kabelning tuzilishi S-STP 600/900/1000/1200

    2.7- rasm. UTP 300 ekranlashtirilmagan kabelning tuzilishi




        1. Download 8,17 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.