O‘ziga o‘xshash trafik to‘g‘risida tushuncha




Download 8,17 Mb.
bet8/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

O‘ziga o‘xshash trafik to‘g‘risida tushuncha

Turli mamlakatlarning olimlari tomonidan keyingi 10 yilliklar mobaynida o‘tkazilgan juda ko‘p tadqiqotlar shuni izohlaydiki, paketlar kommmutatsiyasi asosidagi zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarining trafigi, telefon tarmoqlarini kanallar kommutatsiyasida o‘zini yaxshi namoyon etgan Markov modellari va Erlang formulalariga asoslangan odatdagi usullardan foydalanishga imkon bermaydigan alohida tuzilmaga ega. Teletrafikaning bu xususiyatlariga e’tibor qilmaslik, yuklanishni to‘g‘ri baholamaslikka va o‘zini oqlamaydigan qarorlar chiqarishga olib keladi.


Bu xususiyat teletrafikaning o‘ziga o‘xshashlik effektini namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. O‘ziga o‘xshash trafikda nisbatan past, o‘rta daraja sharoitida ma’lum miqdordagi yetarlicha kuchli chiqarib tashlashlar bo‘ladi, bu esa xatto trafikning o‘rtacha intensivligi mazkur kanalda uzatish mumkin bo‘lgan darajadan ancha past bo‘lganida ham o‘ziga o‘xshash trafikni tarmoq orqali o‘tishidagi kechikishlari va djitterlari ancha ortadi.
O‘ziga o‘xshash jarayonlar uzun xotirali jarayonga kiradi, bu esa ularning nisbatan yaqindagi o‘tishini bilgan holda ularning kelajagini bashorat qilish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, teletrafikani bashorat qilish xizmat ko‘rsatish sifatini (QoS) oshirishni ta’minlovchi tarmoqlarning ishlash algoritmini ishlab chiqishda nihoyatda muhim. Xizmatlar provayderlari uchun tarmoqlarning yuklanishini bashorat qilish, ularni o‘z vaqtida rivojlanishini rejalashtirishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtga kelib, Ethernet, SS7, VoIP, TCP va boshqa keng tarqalgan protokollardan foydalanishda o‘tkazuvchi tarmoqlarda trafik o‘ziga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lishi keltirilgan. Xuddi shunga o‘xshash omillar paketlar kommutatsiyali uyali telefon tarmoqlarida ham aniqlangan. Bundan keyin o‘ziga o‘xshash jarayonlarning xususiyatlarini tasvirlab beruvchi ayrim holatlarni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, X =([X1, X2,…) – diskret argument (vaqt) ning keng ma’nodagi barqaror tasodifiy jarayonning yarim cheksiz kesmasi.
X jarayonning o‘rtacha va dispersiyani mos holda µ<∞ va σ2<∞ orqali, X jarayonning avtokorrelyatsion funksiyasi esa quyidagicha,
, , . (1.9)
X jarayon keng ma’noda barqaror bo‘lgani uchun o‘rtacha µ, dispersiya D{x}=σ2=b(0), korrelyatsiya koeffitsienti r(k) va avtokorrelyatsiya b(k) t vaqtga bog‘liq emas va r(k)=r(k), b(k)=b(-k).
Quyida keng ma’noda qat’iy o‘ziga o‘xshash jarayonning ta’rifini keltiramiz.
Ta’rif. Agar
, ,
bo‘lsa, N=1-(β/2), 0<β<1 parametr bilan X jarayon keng ma’noda qat’iy o‘ziga o‘xshash (KMQO‘O‘) deyiladi, ya’ni KMQO‘O‘ jarayon o‘zining korrelyatsiya koeffitsientini m uzunlik bloklari bo‘yicha o‘rtachalashtirilgandan so‘ng o‘zgartirmaydi.
Boshqacha aytganda, agar ulanish X(m) jarayon ikkinchi tartibli statistik tavsiflarga nisbatan kamida dastlabki X jarayondan farq qilmasa, u holda X – KMQO‘O‘ bo‘ladi.
Ta’rif. Agar
,
bo‘lsa, u holda N=1-(β/2), 0<β<1 parametri bilan X jarayon keng ma’noda asimptotik o‘ziga o‘xshash (KMAO‘O‘) (second-order asymtotical self-similarity) deyiladi. Bu ta’rifning ma’nosi shundan iboratki, agar m uzunlikdagi bloklar bo‘yicha o‘rtachalashtirilgandan so‘ng va m→∞ bo‘lganida, u KMQO‘O‘ jarayonga yaqinlashsa, u holda X jarayon KMAO‘O‘ jarayon bo‘lib hisoblanadi.
KMQO‘O‘ tushunchasi bilan birga oddiy o‘ziga o‘xshash jarayon tushunchasi mavjud bo‘lib, uni atamada ko‘proq farqlash uchun tor ma’noda o‘ziga o‘xshash (TMShO‘) jarayon deb ataymiz.
Ta’rif. Agar
,
ifoda o‘rinli bo‘lsa, H=1(β/2), 0<β<1 parametrli X jarayon tor ma’nodagi o‘ziga o‘xshash deyiladi.




    1. Download 8,17 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘ziga o‘xshash trafik to‘g‘risida tushuncha

Download 8,17 Mb.