• Mobillikni qo‘llash
  • Multimediali trafik klassifikatsiyasi Multimediali trafik.
  • IP-telefoniya.
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet5/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Xavfsizlik

    Multimediani uzatish jarayonini muhokama etishda ko‘pincha xavfsizlik masalalari haqida unutib qo‘yiladi. Lekin real vaqt xizmatlaridan foydalanishning ortishi bilan xavfsizlik masalalari yetarlicha muhim bo‘lib qoladi. Bunday multimedia uchun xavfsizlik uchta jihatlar – yaxlitlik, asliga to‘g‘rilik, shifrlanish bilan ifodalanadi. Masalan, ommaviy uzatish ma’lumotlarni yaxlitligi va asliga to‘g‘riligini, xususiy uzatish esa shifrlanishini talab qiladi. Buning uchun turli kriptografik sxemalarni qo‘llash mumkin.


    Yana bir muammo multimedia komponentlariga mualliflik huquqlarini saqlanishi hisoblanadi. Masalan, dastlabki to‘lov bo‘yicha filmlarning yetkazib berilishini ko‘rib chiqamiz. Olingan filmlardan tijorat maqsadlarida foydalanish imkoniyati mavjud. Multimediaga qo‘shimcha ma’lumotlarni qo‘shadigan zamonaviy raqamli texnologiyalar bunday buzishlarning oldini olishga yordam berishi mumkin.



        1. Mobillikni qo‘llash

    Simsiz va sotali tarmoqlardan yanada keng foydalanish multimedia ilovalarini mobillikka tortadi. Sotali tarmoqlar juda katta maydonlarni qamrab oladi va yuqori mobillik darajasini ta’minlaydi. IEEE 802.11x kabi simsiz tarmoqlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan oraliqlarni qamrab oladi va cheklangan mobillik darajasiga ega. Lekin bunday tarmoqlar katta uzatish tezliklariga ega va foydalanuvchilarni ulash uchun qulayroq.


    Mobillik jihati multimediali tarmoqlarni o‘zgarishiga olib keladi. U mobil terminallarni marshrutlashtirish, simli va simsiz tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishi va boshqa muammolarni ko‘taradi.



      1. Multimediali trafik klassifikatsiyasi



    Multimediali trafik. Multimediali trafik deganda insonning sezgi organlari qabul qilib oladigan turli xil axborotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning raqamli oqimi (odatda tovushli va/yoki video axborot) tushuniladi. Ma’lumotlarning multimediali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv xizmatlarni taqdim etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediya xizmatlarining bugungi kunda eng ko‘p tarqalganlari videotelefoniya, multimediali ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish hisoblanadi.
    Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediali trafikning ikkita asosiy turi ajratiladi:

    1. Foydalanuvchilar o‘rtasida haqiqiy vaqt miqyosida axborotni uzatish uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan haqiqiy vaqt trafigi.

    2. Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy taqsimlangan xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar trafigi, jumladan, elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan kirish va boshqalar.

    Haqiqiy vaqt trafigini qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: IP-telefoniya, yuqori sifatli tovush, videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat ko‘rsatish (diagnostika, monitoring, maslahat), videomonitoring, keng eshittirishli video, raqamli televideniya, radio va televizion dasturlarni olib ko‘rsatish.
    IP-telefoniya. Mazkur xizmat tarmoqning ikki abonenti o‘rtasidagi tovush trafigini (nutqni) uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol (Internet Protocol)dan foydalaniladi. “IP-telefoniya” xizmatini tashkil etish uchun mahalliy, korporativ, global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘idan foydalanish mumkin. Umumiy foydalanishda qo‘llaniladigan maxsus shlyuzlar yordamida telefon tarmoqlari abonentlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari abonentlari o‘rtasida IP-telefoniya aloqasi ta’minlanadi.

    Download 8,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.