bo‘lgan talablar
Ovoz
|
Tanlash tezligi
|
Bitlar soni
|
Bitlardagi tezlik
|
Telefon bo‘yicha ovoz
( 3,4 kHz gacha)
|
8000 m/s
|
12
|
96 Kbit/s
|
Keng polosali nutq
( 7 kHz gacha)
|
1600 m/s
|
14
|
224 Kbit/s
|
Ikki tomonlama keng polosali nutq
(20 kHz gacha)
|
44,1 m/s
|
kanalga 16
|
Har ikkala kanalga
1,412 Mbit/s
|
Tasvir
|
Piksellar
|
bit/piksel
|
Bitli tezlik
|
Rangli tasvir
|
512x512
|
24
|
6,3 Mbit/s
|
CCIR TV
|
720x576x30
|
24
|
300 Mbit/s
|
HDTV
|
1280x720x60
|
24
|
1.327 Gbit/s
|
1.5-jadvalda eng keng tarqalgan multimedia turlari uchun o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan talablar keltirilgan. Ma’lumotlarni yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish turlari mavjud. Ma’lumotlarni yo‘qotishli siqishda ma’lumotlardan ortiqcha ma’lumotlarni o‘chirishdir, bu ko‘pincha buzilishlar yoki shovqinlarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Ma’lumotlarni yo‘qotishsiz siqishda ma’lumotlar yo‘qolmaydi va olinadigan ma’lumotlar uzatiladigan ma’lumotlar bilan bir xil bo‘ladi. Odatda ma’lumotlarni yo‘qotishli siqish ma’lumotlarni yo‘qotishsiz siqishga qaraganda katta siqish darajasini beradi. Lekin ayrim ilovalarda ma’lumotlarni yo‘qotilishiga ruxsat etilmaydi (masalan, tibbiyot telemetriyasini uzatishda).
Xatoliklarga bo‘lgan talablar
Yuqorida ta’kidlanganidek, turli multimedia turlarini tarmoq bo‘ylab uzatishda xatoliklarni bo‘lishiga turli talablar qo‘yiladi. Xatoliklar paketlarning shikastlanishida va yo‘qolishida vujudga keladi. Uzatishda xatoliklarga ruxsat etiladigan ilovalarning ko‘pchiligi xatoliklarni niqoblash texnikasini qo‘llaydi (error concealment techniques - FEC), u boshqa paketlardagi ma’lumotlar asosida yo‘qotilgan ma’lumotlarni qayta tiklash imkonini beradi.
FECdan foydalanilganda paketlar oqimida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni tuzatish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shiladi. Lekin, paketlarni uzatish jarayonida FEC darajasidan tashqarida xatoliklar paydo bo‘lsa, ular aniqlanmay qolishi mumkin. Demak, paketlarni xatoliksiz uzatish uchun FECni kerakli drajasini ta’minlash uchun, multimediali ilova uchun kommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llaniladigan xatoliklar turini bilish muhim. Masalan, simsiz tarmoqlar simli tarmoqlarga qaraganda xatoliklardan yuqoriroq himoyalanish darajasini talab qiladi, chunki ularda paketlarni yo‘qolish ehtimolligi sezilarli yuqori. FECdan foydalanish bilan erishiladigan, paketlarni takroran uzatilishini minimallashtirish simli tarmoqlarda juda qimmat bo‘lishi mumkin, chunki ularda paketlarni yo‘qolish ehtimolligi juda kichik. FECni qo‘shimcha ma’lumotlarini uzatish uchun tarmoqni o‘tkazish qobiliyatini oshirishga ham qo‘shimcha harajatlar talab qilinadi.
Multikastni qo‘llash
Multikastda bitta manba bir vaqtda bir necha multimediali ma’lumotlarni oluvchiga qo‘llaniladi. U eng ommaviy taqsimlangan multimediali ilovalarni qo‘llaydi. Masalan, bir necha qatnashuvchilar bilan videokonferensiya Internet-telefoniyadagi eng keng qo‘llaniladigan xizmatlardan biri hisoblanadi.
Multikastni ikki tomonlama ma’lumotlarni uzatishga qaraganda bir tomonlama ma’lumotlarni uzatishda ta’minlash oson. Masalan, Internet-radiodan foydalanishda multikast ma’lumotlarni jo‘natuvchiga balanddan, uni oluvchiga tarmoqli va daraxt tugunlarida mos zahiralangan paketlarni aloqa daraxtini yaratish bilan ta’minlanadi. Lekin ikki tomonlama kommunikatsiyada, masalan, Internet-telefoniyada bir necha qatnashuvchilar uchun turli qatnashuvchilardan ovozli oqimlarni to‘g‘ri aralashtirish uchun qandaydir funksiyaga ega bo‘lish zarur. Aks holda har bir qatnashuvchini qolganlar bilan ko‘plab ikki tomonlama aloqa kanallarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi, bu uzatish tarmog‘iga juda yuqori yuklamani berishi mumkin.
Seanslarni boshqarish
Seanslarni boshqarish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Multimedia turining tavsifi. Bu ma’lumotlar multimedia (ovoz, video yoki ma’lumotlar), kodlash sxemalari, seansning boshlanishi va oxiri, xostlar ishlatadigan IP-adreslari va boshqalar kabi seansning parametrlarini ko‘rsatish uchun taqsimlangan multimediali ilovalar zarur. Ko‘pincha sessiyani uning boshlanishigacha tavsiflash muhim, chunki seans qatnashchilari multimediani qabul qilish bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Seans haqida ogohlantirish. Qatnashuvchilarni bo‘lajak seans haqida ogohlantirishga imkon beradi. Masalan, Internetda turli kanallar bo‘yicha tarqaladigan yuzlab radiostansiyalar mavjud. Seans haqida ogohlantirish bunday radiostansiyalarga potensial tinglovchilar uchun tarqatish jadvali haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga imkon beradi.
Seansni identifikatsiyalash. Multimediali seans ko‘plab oqimlardan, shu jumladan uzluksiz (ovoz, video) va diskret (matn, tasvir) oqimlardan tashkil topgan. Masalan, jo‘natuvchi bitta kanal bo‘yicha ovoz va videoni ikkita turli oqimlar sifatida jo‘natishi mumkin, ular olinganida sinxronlashgan bo‘lishi kerak. Yoki aksincha, jo‘natuvchi ovoz va videoni birgalikda jo‘natishi, lekin qayta tiklashni oluvchilarning imkoniyatlariga bog‘liq ravishda sifat bo‘yicha bir necha darajalarga bo‘lish mumkin.
Seansni boshqarish. Turli oqimlardagi ma’lumotlar ichki aloqalarga ega bo‘lishi mumkin va bu uni uzatishda hisobga olinishi kerak. Bu multimediani sinxronlashtirish deyiladi va vaqt belgilarini (time stamps) uzatiladigan paketlarga qo‘yib chiqilishi bilan erishilishi mumkin. Shu bilan birga, bunday oqimli multimediani oluvchilar oddiy videomagnitofonlarda bajariladigandek qayta eshittirishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishni istab qolishi mumkin
|