• Videokonferensiya.
  • Masofadan tibbiy xizmat ko‘rsatish.
  • Videomonitoring.
  • Radio va televizion dasturlarni olib ko‘rsatish.
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet6/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Yuqori sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday xizmat tushuniladiki, bu xizmat yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi chiqishlarni va eshittirishni uzatishni amalga oshiradi.
    Videotelefoniya. Mazkur xizmat ikki abonent o‘rtasida insonlar nutqini uncha yuqori bo‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga oshiradi. Bu xizmat mijozlari tegishli kommutatsiya qurilmasi orqali haqiqiy vaqt rejimida bir-birlarini eshitishlari va ko‘rishlari mumkin.
    Videokonferensiya. Mazkur xizmat abonentlar guruhi o‘rtasida tovushli va videotrafikni uzatishni amalga oshiradi, bunda tovush va videosignallar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda (turli transport birikmalari bo‘yicha) tarmoq orqali uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli protokol bilan ta’minlanadi.
    Masofadan tibbiy xizmat ko‘rsatish. Mazkur xizmat bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qo‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur xizmat trafigi haqiqiy vaqt miqyosida uzatilgan tovush va video ma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
    Videomonitoring. Mazkur xizmat xonalarning videokuzatuvini amalga oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qo‘riqlash, turli xil noan’anaviy vaziyatlar to‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar to‘planadigan joylarni doimiy monitoring (haqiqiy vaqt rejimida) qilish uchun qo‘llaniladi.
    Radio va televizion dasturlarni olib ko‘rsatish. Mazkur xizmat radio va televizion kanallarni raqamli telekommunikatsiya tarmog‘i orqali uzatib ko‘rsatishni amalga oshiradi.
    Raqamli televideniya. Mazkur xizmat uning mijozlari talabiga ko‘ra yuqori sifatli raqamli televideniya ko‘rsatuvlarini (badiy filmlar, musiqali videokliplar, sport translyatsiyalari) amalga oshiradi.
    Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishida asosiy yo‘nalish xizmatlarning turli xil ko‘rinishlarini, shu jumladan, multimediali xizmatlarni ham qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediali trafikning turli xil ko‘rinishlarining tarmoq resurslariga bo‘lgan talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish vaqtiga alohida cheklashlar qo‘yilmaydi. Bunday trafikka qo‘yiladigan talablarning hammasi – bu yangi minimal o‘tkazish qobiliyatini ajratishdir. Haqiqiy vaqtda videokonferensiya o‘tkazish uchun trafik boshqa misol bo‘lishi mumkin. U katta o‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki qabul qiluvchiga videokadrlarni yetkazib berish vaqtini minimallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, agar axborotli paketlarning kechikishlari nihoyatda nomuntazam xususiyatga ega bo‘lsa, videokonferensiya seansini o‘tkazish sifati qoniqarli bo‘lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga ko‘pgina parametrlar bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yiladi. Bu parametrlar quyida batafsil ko‘rib chiqiladi.
    Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediali trafikni tavsiflash, tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

    • uzatish tezliklarining keng diapazoni – telefon trafigini uzatishdagi kabi bir necha Kbit/s dan to videokonferensiyani uzatishdagi kabi yuzlab Mbit/s gacha;

    • uzatilayotgan multimediali axborot oqimlarining turli xil statistik xossalari (haqiqiy vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qo‘yadi);

    • tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish texnologiyalari va protokollarining ko‘pligi (Gigabit Ethernet, ATM, MPLS va boshqalar);

    • uzatilayotgan axborotlarga ko‘p darajali ishlov berishni, buning oqibatida xizmat ko‘rsatish sifati ishlov berishning bir necha darajasiga bog‘liq bo‘lib qoladi.





      1. Download 8,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.