|
Tarmoqlarda multimediali trafikka xizmat ko‘rsatish sifati parametrlari
|
bet | 9/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeTarmoqlarda multimediali trafikka xizmat ko‘rsatish sifati parametrlari
Turli xil ko‘rinishdagi trafikni uzatishda har bir foydalanuvchiga telekommunikatsiya transport ulanishi taqdim etilishi kerak bo‘lib, u shu trafikka mos xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro tavsiyalar va standartlarga muvofiq ta’minlashi kerak.
Ulanish sifatining quyidagi asosiy parametrlari ajratiladi: ulanish o‘rnatilgan vaqti; ulanishni o‘rnatish ehtimolligi; ulanishning uzilish ehtimolligi; kechikish; yo‘qolish ehtimolligi; djitter.
Ulanishni o‘rnatilish vaqti t(cn) – abonent tomonidan tegishli multimediali xizmatni taqdim qilishga talabnoma bergan paytda, bu xizmatni taqdim etish boshlangan paytgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i tarzida aniqlanadi.
Ulanishni o‘rnatish ehtimolligi P(cn) – tegishli xizmat taqdim etilgan talabnomalar sonining shu xizmatni taqdim etishga talabnomalarning umumiy soniga nisbatidir.
Ulanishning uzilish ehtimoli P(rj) – tegishli xizmat to‘liq taqdim qilinmagan talabnomalar sonining xizmat ko‘rsatilgan talabnomalarning umumiy soniga nisbati tarzida aniqlanadi.
Kechikish τi – i-bloki jo‘natuvchilariga tegishli xizmatning trafigi ma’lumotlarini i-blok jo‘natuvchilariga uzatishning boshlanishi bilan va foydalanuvchining shu blokni qabul qilib olishining tugashi vaqti orasidagi vaqt oralig‘i tarzida aniqlanadi. τI kechikish uzatilayotgan ma’lumotlar bloklarining telekommunikatsiya tarmog‘i uzellari orasidagi aloqa kanallari bo‘yicha paketlashtirish, uzatish va tarqatish vaqtlari, shuningdek, bu bloklarni oraliq kommutatorlar va tarmoq marshrutizatorlari navbatlarida kutishlari vaqti yig‘indisidan tashkil topadi.
Asinxron telekommunikatsiya tarmog’ida ma’lumotlar bloklarining kechikishi har bir blok uchun har xil bo‘lishi mumkin va u tasodifiy kattalikni ifodalashi mumkin bo‘lib, u quyidagi tarzda ifodalanadi:
, (1.10)
bu yerda: - trafikning i-ma’lumotlar blokini paketlashning tasodifiy vaqt kattaligi, M – xizmatning ikki abonent o‘rtasidagi aloqa kanallarining umumiy soni; N – xizmatning ikki abonent orasida joylashgan kommutatsiyalash qurilmalari soni; -aloqa kanali bo‘yicha trafikning i-ma’lumotlar bloki tarqalish vaqtining tasodifiy kattaligi; - j-kommunikatsiya qurilmasida trafikning i-ma’lumotlar blokiga xizmat ko‘rsatish vaqtining tasodifiy kattaligi; - j-kommutatsiya qurilmasida trafikning i-ma’lumotlar blokining navbatda kutish vaqtining tasodifiy kattaligi.
O‘rtacha kechikish uzatilayotgan ma’lumotlar bloklarining barcha kechikishlarining o‘rtacha qiymati sifatida aniqlanadi:
, (1.11)
bu yerda N(b) – yetkazib berilgan ma’lumotlar bloklarining umumiy soni.
Yo‘qotishlar ehtimolligi P(rs) - manzilga yetkazib berilmagan ma’lumotlar blokining, topshirilganlarning umumiy soniga nisbati bilan belgilanadi.
Djitter σ(τ) – mos xizmat trafigining ma’lumotlar blokini uzatishni kechikishi τ(max) va τ(min) o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanadi:
, (1.12)
bu yerda
, , (1.13)
dispersiya esa
. (1.14)
Transport ulanish parametrlarining abonentlarga taqdim etilayotgan xizmat sifatiga ta’siri 1.7-jadvalda keltirilgan.
1.7-jadval
Transport ulanish parametrlarining xizmatni taqdim etish sifatiga ta’siri
Sifat parametrlari
|
Xizmat turi
|
Telefon
|
Videokonferensiya
|
Talabga ko‘ra video
|
Ma’lumotlar uzatish
|
Kechikish
|
Katta
|
Katta
|
O‘rtacha
|
Kam
|
Ulanishni o‘rnatish vaqti
|
Katta
|
Katta
|
O‘rtacha
|
O‘rtacha
|
Djitter
|
Katta
|
Katta
|
Katta
|
Kam
|
Yo‘qotish ehtimolligi
|
O‘rtacha
|
O‘rtacha
|
O‘rtacha
|
Katta
|
Ulanishni o‘rnatish ehtimolligi
|
Katta
|
Katta
|
Katta
|
Katta
|
Ulanishni uzilish ehtimolligi
|
Katta
|
Katta
|
Katta
|
Kam
|
Eslatma. Katta, o‘rtacha, kam atamalari quyidagilarni aniqlaydi: katta – telekommunikatsiya ulanishining xizmatni taqdim etish sifatiga kuchli ta’siri. Bu parametrning katta qiymatiga yo‘l qo‘yilmaydi; O’rtacha – taqdim etilayotgan xizmat sifatiga telekommunikatsiya ulanishining paramertlarini o’rtacha ta’siri. Bu parametrning uncha katta bo‘lmagan qiymatiga yo‘l qo‘yiladi; Kam – taqdim etilayotgan xizmat sifatiga telekommunikatsiya ulanishining paramertlarini kuchsiz ta’siri. Bu parametrning katta qiymatiga yo‘l qo‘yiladi.
Yetkazib berish vaqti va djitterning qiymatlari haqiqiy vaqt masshtabida amalga oshiriladigan xizmatlar uchun tarmoqning muhim tavsiflari hisoblanadi.
Telekommunikatsiya sohasida Yevropa tadqiqot markazining (RACE - Research on Advanced Communication in Europe) tadqiqotlari natijasida olingan multimediali xizmatlarning asosiy turlari uchun aniqlangan ulanishni o‘rnatish va ulanishni uzish ehtimolligi vaqti, ulanishni o‘rnatish ehtimolliklari, paketni yo‘qolish ehtimolligi, djitter, kechikishlarni yo‘l qo‘yilgan qiymatlari 1.8-jadvalda keltirilgan.
1.8-jadval
Multimediali trafikni uzatishda xizmat ko‘rsatish sifati parametrlarining
ruhsat etiladigan qiymatlari
Xizmat turi
|
Xizmat ko‘rsatish sifat parametrlari
|
t(cn) ,c
|
R(rj)
|
τ, ms
|
R(rs)
|
στ , c
|
IP-telefoniya
|
0.5...1
|
10-3
|
25...500
|
10-3
|
100...150
|
Videokonferensiya
|
0.5...1
|
10-3
|
30
|
10-3
|
30...100
|
Talab bo‘yicha raqamli video
|
0.5...1
|
10-3
|
30
|
10-3
|
30...100
|
Oddiy ma’lumotlarni uzatish
|
0.5...1
|
10-6
|
50...1000
|
10-6
|
-
|
Televizion ko‘rsatuvlar
|
0.5...1
|
10-8
|
1000
|
10-8
|
-
|
|
| |