• Sinxron raqamli ierarxiya
  • R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95




    Download 8,17 Mb.
    bet12/118
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,17 Mb.
    #240348
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
    Bog'liq
    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

    Tolali optik kabellar

    Multiservisli tarmoq haqidagi zamonaviy tushuncha abonent terminaligacha yoki oraliq tugallanishgacha (gibrid usul tola-mis) qo‘llaniluvchi tolali-optik kabellar bilan uzluksiz bog‘liq.


    Optik tolalarda yorug‘lik nurini aks qaytish effekti qo‘llaniladi. Tola silindr yoki to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda ishlab chiqariladi. To‘g‘ri burchakli tolalar mikrosxemalarda, silindr ko‘rinishidagi tolalar kabellar asosida qo‘llaniladi (2.8-rasm.).
    Ulanish tarmoqlarida qo‘llaniladigan kabellar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    • narxining nisbatan pastligi;

    • talab etilgan o‘tkazish oralig‘i;

    • ulanish uchastkalarida so‘nishning kichikligi;

    • nurlanish manbalari va qabul qilgichlar bilan oddiy ulanish;

    • turli haroratlarda ishlashi;

    • namlikka, bosimga va tebranishlarga chidamlilik.




    2.8-rasm. Optik tolalarning tuzilish namunasi
    Optik kabellar ulanish tarmoqlarida qo‘llanilishiga qarab ob’ekt, taqsimlagich va magistral turlarga ajraladi. Ob’ektlarda qo‘llaniladigan optik kabellar (abonent liniyasi) 1-2 tolali ko‘rinishda tayyorlanadi (2.9-rasm).



    2.9-rasm. Ob’ektda qo‘llaniladigan kabellarning tuzilish namunasi

    Magistral va taqsimlagich liniyalar uchun modulli, lentali va profillashtirilgan tuzilishli kabellar qo‘llanilishi mumkin. Tolani erkin yotqazish mexanik va termik ta’sirlarni kompensatsiyalash imkonini beradi. Bu tolalarning tuzilishi 2.10-rasmda keltirilgan.



    2.10-rasm. Optik kabellarning tuzilishi:
    a) tolali taqsimlovchi optik kabel; b) 20 ta tolali taqsimlovchi optik kabel;
    v) profil o‘zakli 12 ta tolali optik kabel



      1. Sinxron raqamli ierarxiya

    Hozirgi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarida pleziaxron raqamli ierarxiya (PDH) va sinxron raqamli ierarxiyaning (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) multipleksorlash qurilmalari qo‘llanilmoqda. Birinchi bo‘lib mahalliy birlamchi tarmoqning raqamli uzatish tizimlari (RUT) yaratildi: IKM-30 va uning turlari. So‘ngra shahar va hududiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan PDH-RUT IKM-120, IKM-480, shuningdek tolali optik uzatish tizimlari ishlab chiqildi va qo‘llanildi. PDHda multipleksorlashni kamchiliklaridan biri raqamli oqimlarni ajratishni murakkabligi hisoblanadi. 140 Mbit/s raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikli oqimni ajratib olish uchun u to‘liq demultipleksorlanishi kerak (2.11-rasm). SDH tizimlarida bu masalani bajarish oddiy.



    2.11-rasm. PDH va SDH tizimlarida raqamli oqimlarni ajratish / birlashtirish jarayonlarini qiyoslash

    Bu yerda 2 Mbit/s tezlikli oqimni kiritish va chiqarish kirish/chiqishli multipleksor (add/drop multiplexer, ADM) yordamida amalga oshiriladi.


    ITU-T tavsiyasiga asosan SDH uzatish tizimining tezligi 155.52 Mbit/s. SDH RUT telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘ylab signallarni transportlash uchun mo‘ljallangan, standartlashtirilgan axborot tuzilishining yig‘indisini tashkil etadi. Ulardan asosiysi N-tartibli STM-N sinxron transport modul hisoblanadi (2.2-jadval).

    2.2-jadval


    STM-N ning raqamli hajmi

    SDH sathlari

    1

    2

    3

    4

    5

    STM turi

    STM-1

    STM-4

    STM-16

    STM-64

    STM-256

    B, Gbit/s

    0.155

    0.622

    2.5

    10

    40

    NE1

    63

    252

    1008

    4032

    16128

    NARK

    1 890

    7 500

    30 000

    120 000

    480 000

    Izoh: B-uzatish tezligi; E1(NE1)-birlamchi raqamli oqimlar soni; NARK- asosiy raqamli kanallar soni.

    SDH RUTning asosiy afzalligi ishonchli, boshqariluvchi transport tarmoq hisoblanadi, ular quyidagilar hisobiga bajariladi:



    • har bir segmentni nazorat qiluvchi segmentlashtirilgan aloqa liniyasi;

    • qurilmalarni, qurilma bog‘lamalarini, liniyani zahiralash va liniyani avtomatik zahira liniyaga o‘tkazish;

    • TMN boshqarish tarmog‘i yordamida transport tarmoqni qayta tuzish imkoni.

    SDHda tashkil qilinadigan liniyani zahiralashning keng tarqalgan usullaridan biri bu tarmoqni halqali topologiyasini qo‘llash hisoblanadi (2.12-rasm).



    2.12-rasm. Bir yo‘nalishli halqa

    Halqa tuzilishida axborot asosiy va zahira yo‘nalishi orqali uzatiladi. Halqaning qaysidir uchastkasida avariya bo‘lsa, o‘sha uchastkadan aylanib o‘tish zahira yo‘l orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. SDH – bu zamonaviy axborot tarmog‘ining tuzilish qurilmasi – yashovchan, yuqori sifatli transport aloqa tarmog‘idir.


    SDH quyidagilarga imkon beradi:

    • ko‘p sifatli raqamli kanallarni tashkil qiladi;

    • regeneratorlarsiz liniya traktini qurish;

    • kross-konnektorlar va kirish-chiqish multipleksorlarni qo‘llash hisobiga oson tuzilishli va tarmoqlangan raqamli tarmoqni yaratish;

    • operativ nazorat va ulanish qurilmasi hisobiga foydalanuvchilarga ishonchli kanallar va traktlarni taqdim etadi, shuningdek ishonchli tarmoq tuzilishi;

    • tarmoqni operativ boshqarishni amalga oshiradi;

    • ATM texnologiyasini qo‘llab yuqori ishlab chiqaruvchi raqamli tarmoq qurish.




    Download 8,17 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




    Download 8,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95

    Download 8,17 Mb.