To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi




Download 8,17 Mb.
bet13/118
Sana17.05.2024
Hajmi8,17 Mb.
#240348
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
Bog'liq
R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshke

2.4. To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi tarmoqlarida G.652 tavsiyasiga mos keladigan optik tolalar va optik kuchaytirgichlarsiz regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 100...200 km gacha bo‘lgan STM-16 (2,5 Gbit/s) sathidagi sinxron multipleksorlar qo‘llaniladi. Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini nazariy chegarasi uchinchi shaffoflik darchasida, ya’ni 193 GHz chastota tartibida taxminan 3-109 ARKni tashkil etadi. STM-16 uchun ARK soni 3-105 teng.


Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar hajmining oshishi o‘z navbatida foydalanuvchilarga multimedialardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarning sonini oshirishga majbur qiladi, natijada kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ham oshadi. Lekin ma’lumotlarni uzatish hajmining oshishi va mavjud bo‘lgan optik tolalar orqali o‘tkazuvchanlik qobiliyatining tez to‘lishi yana muammolarni yuzaga keltirdi.
Aloqa sohasida axborotlarni uzatish tezligini oshirish nuqtai nazaridan talablarning oshishi, shuningdek yangi regionlarni qamrab olish yangi optik tolali texnologiyalarni, ayniqsa WDM (WDM -Wavelength Division Multiplexing) to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratishga ega bo‘lgan multipleksorlash deb ataluvchi texnologiyani yaratilishiga olib keldi. Bitta optik tolada uzatilayotgan to‘lqin uzunliklari soniga bog‘liq holda CWDM, DWDM va HDWDM texnologiyalari mavjud:
- 200 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi СWDM (Coarse WDM) tizimlari, ular 16 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi;
- 100 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi DWDM (Dense WDM) tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi;
- 50 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi HDWDM tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lgan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi.
WDM texnologiyasining afzalligi:
- kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
- ma’lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi;
- bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkonining mavjudligi;
- tor oraliqli yarim o‘tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga egaligi (spektr nurlanish kengligi 0.1 nm);

  • keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik filtrlardan foydalanish imkoniyati;

  • qo‘llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini arzonligi.


Download 8,17 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Download 8,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi

Download 8,17 Mb.